Jeneva bitimi Vyetnam, Laos va Kampuchiya xalqlariga mustaqillik berishni ko'zda tutdi, ular neytralitetint kafolatladi, ular hududiga chet el qo'shinini kiritish, harbiy bazalarni yaratish va yangi qurol-aslahatlarni olib kirishni man etdi. Amerika hukumati Jeneva konferensiyasi qarorlariga qarama-qarshi o'laroq, Janubiy Vyetnamga harbiy yordam ko'rsatish haqida qaror qabul qildi.