1945-yil 6 va 9-avgustda AQSH harbiy-havo kuchlari bombardimonchilari Xirosima va Nagasaki nomli yapon shaharlariga atom bombasi tashladi. Bu, bemisl qudratli yangi ommaviy qirg'in quroli edi. Xirosimada 90 ming, Nagasakida esa 75 ming tinch aholi halok bo'ldi. Ikkala shahar to'liq vayron etildi, yuz minglab kishilar radioaktiv nurlanishga duchor bo'ldi, nurlanish kasalligi ularni sekin va azobli o'Iimga olib keldi. Bu, AQSHning urushdan so'nggi dunioga yakka hokimlikka da'vosi edi.