O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy ustuvor tamoyillari



Yüklə 5,33 Kb.
tarix27.12.2023
ölçüsü5,33 Kb.
#199707
O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy ustuvor

O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy ustuvor tamoyillari.

Egamberdiyeva mohina


XX asrning oxirgi o‘n yilligi insoniyat tarixiga buyuk o‘zgarishlar davri
bo‘lib kirdi, chunki yer yuzida vaziyat, kuchlar nisbati keskin o‘zgarib, bir-biriga
qarama-qarshi bo‘lgan SSSR va АQSh yetakchilik qilgan ikki ijtimoiy-siyosiy
tuzum, ikki harbiy-siyosiy blok barham topdi. Sotsialistik tuzum yemirilishi
bilvosita butun mamlakatlar taqdiriga taʼsir etdi. Dunyo yangilanishi jarayonida
har bir davlat o‘z taraqqiyot ko‘lami bilan jahon hamjamiyatidan munosib o‘rin
olish uchun harakat boshladi. Shular qatori O‘zbekiston ham jahon
hamjamiyatidan munosib o‘rin olish maqsadida o‘zining ijtimoiy-siyosiy
yangilanish dasturini ishlab chiqdi. O‘zbekistonning o‘z taraqqiyot istiqbollari
uchun qulay jo‘g‘rofiy-siyosiy imkoniyatlarga ega ekanligi ham mustaqil tashqi
siyosat yuritish, jahon hamjamiyatidan munosib o‘rin olish uchun imkon berdi.
Istiqlolning dastlabki kunlaridan boshlab O‘zbekistonda xalqaro
tashkilotlarning faoliyatini o‘rganish, xorijiy davlatlar bilan diplomatik, turistik
aloqalarni yo‘lga qo‘yish va bu ishlarda faoliyat yuritish uchun yuqori malakali
milliy kadrlar yetishtirish ehtiyoji kelib chiqdi. Shuni taʼkidlash kerakki,
O‘zbekiston bu ishlarni rejali tarzda amalga oshirdi
“Xalqaro hamjamiyatning to‘la huquqli aʼzosi bo‘lgan O‘zbekiston
Respublikasi xalqaro munosabatlarda mustaqil davlat, xalqaro huquq subʼуekti
sifatida qatnashadi, uning maqsadlari mustahkam tinchlik, qurolsizlanish, o‘z
hududini qurol-yarog‘lardan holi qilish, yadroviy qurolni va boshqa ommaviy
qirg‘in qurollarini yo‘qotish, suveren davlatlar o‘rtasidagi nizo va ziddiyatlarni hal
etishda kuch ishlatish va tazyiqqa yo‘l qo‘ymaslikdan iborat”, – deb 1991-yil 31-
avgustda Oliy Kengash VI sessiyasida qabul qilingan “Mustaqillik haqidagi
Bayonot”da o‘z tashqi siyosatining asosiy yo‘lini belgilab olgan O‘zbekiston
Respublikasi 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan Konstitutsiyamizning 17-
moddasida bu yo‘lni qonun bilan mustahkamladi.
O‘zbekiston Respublikasi tashqi
siyosatining asosiy ustuvor tamoyillari quyidagilarni tashkil etadi:
• milliy-davlat manfaatlarini ustun qo‘ygan holda tashqi siyosatda
davlatlarning suveren tengligini hisobga olish;
• umumbashariy qadriyatlarni ustun qo‘ygan holda nizoli mojarolarni
tinch yo‘l bilan hal etish;
• tashqi siyosatdagi teng huquqlilik va o‘zaro manfaatdorlikni
o‘rnatishda boshqa mamlakatlarning ichki ishlariga aralashmaslik;
• barcha tinchliksevar davlatlar bilan tashqi aloqalarni o‘rnatishga
intilish;
• xalqaro huquq normalarini tan olgan holda jahon hamjamiyatida
xalqaro talablarga rioya qilish;
• tashqi siyosatda ko‘p tomonlama aloqalarni o‘rnatishda xalqaro
tashkilotlar doirasida aloqalarni kengaytirish masalalari kiritildi.
O‘zbekiston Respublikasi butun jahon jamoatchiligi oldida xalqaro
huquqning umumjahon eʼtirof etgan normalariga sodiqligini Konstitutsiya
darajasida ham mustahkamladi. Xalqaro huquqning tamoyillari va normalarining
butun bu majmui Konstitutsiyaga BMT Ustavidan, Inson huquqlari umumiy
deklaratsiyasidan va inson huquqlariga oid boshqa xalqaro huquq bitimlardan,
Xelsinki bitimi, Parij va Madrid xartiyalariga asoslandi. Shuningdek, asosiy
qonunga kiritilgan qonunlarni rivojlantirish maqsadida “Diplomatik
munosabatlarni o‘rganish tartibi”, “O‘zbekistonda xalqaro shartnomalarni tuzish,
ijro etish va bekor qilish” haqida aktlar ham qabul qilindi. Ularda tashqi
siyosatning har tomonlama asoslangan tamoyillari o‘z aksini topdi.

E’tiboringiz uchun rahmat!


Yüklə 5,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin