Individual pedagogik yordam


Bola ijtimoiylashuvida umumiy muammoli vaziyatlarni shartli ravishda uchta guruhga ajratish mumkin



Yüklə 57,59 Kb.
səhifə3/6
tarix07.01.2024
ölçüsü57,59 Kb.
#208099
1   2   3   4   5   6
Ижтимоий 12-мавзу

Bola ijtimoiylashuvida umumiy muammoli vaziyatlarni shartli ravishda uchta guruhga ajratish mumkin:
Muammolarning birinchi guruhi bolaning o‘ziga nisbatan salbiy munosabati bilan bogliq. Bu o‘z-o‘zini qadrlash tuy'usini yo‘qligi, o‘zini past baholash, o‘zini rad etish kabi sabablar bilan bogliq. Masalan, farzandning ota-onalar tomonidan tashlab ketishi, tengdoshlar tomonidan rad etilishi va shunga o‘hshash sabablar bolaning o‘ziga nisbatan salbiy munosabati hamda yolgizlik tuygusini keltirib chiqarishi mumkin.
Ikkinchi guruhga o‘z-o‘zini bilish, o‘zini anglash sohasidagi muammolar kiradi.
Ushbu muammolar o‘smirlar uchun alohida ahamiyatga ega chunki ularning oldida hayotiy va professional o‘z taqdirini o‘zi belgilash vazifasi paydo bo‘ladi.
O‘z taqdirini o‘zi belgilash, istiqbollarni loyihalash tajribasining yetishmasligi o‘smirlarda vaqtini to‘gri tashkil qila olmaslik va taqdirini belgilashda muammolarga duch kelishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Muammolarning uchinchi guruhi muloqotda uchraydi va bolaning ushbu sohadagi qobiliyatsizligi bilan bogliq.
Maktabgacha yoshdagi bolalarga individual psixologik va pedagogik yordamning maqsadi bola shaxsini uning yoshi va individual imkoniyatlari doirasida to‘liq rivojlantirish va tarbiyalash uchun psixologik va pedagogik sharoitlarni ta’minlashdan iborat.
Maqsad maktabgacha yoshdagi bolalarga individual psixologik pedagogik yordam ko‘rsatish muammolarini hal qilish zarurligini belgilaydi:
-bolalarning ruhiy salomatligini, shu jumladan ularning hissiy farovonligini himoya qilish va mustahkamlash;
- har bir bolaning boshqa bolalar, kattalar va dunyo bilan munosabatlar sub’ekti sifatida qobiliyatlari va ijodiy salohiyatini rivojlantirish;
- bolalarning yoshi, individual, psixologik va fiziologik xususiyatlariga mos ijtimoiy-madaniy muhitni shakllantirish;
-oilani psixologik va pedagogik qo‘llab-quvvatlash va ota-onalarning bolalar salomatligi masalalarida malakasini oshirish
2Bolaga shaxsiy pedagogik yordamni amalga oshirishning asosiy bosqichlari quyidagi ketma-ketlikda qurilgan:

Yüklə 57,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin