71
2. O‘rtacha telolesital (telos - oxiri) - sariqlik moddasi o‘rtacha, hamma qutbda
tarqalgan, lekin ko‘proq vegetativ qutbda joylashgan.
3. Keskin telolesital - sariqlik moddasi ko‘p va asosan vegetativ qutbda joylashgan.
4. Setrolesital (sentros - markaz) - sariqligi ko‘p va tuxum hujayraning markazida
joylashgan.
Yo‘ldoshli sut emizuvchilarda embrionning ona organizmida taraqqiy etishi
va ona organizmidan oziqlanishi munosabati bilan, evolyusiya jarayonda ikkinchi
marta tuxumda sariqlik moddasi kamaygan.
Tuxum hujayrada sariqlik moddasining ko‘pligi uning qutbli bo‘lishiga
sababchi bo‘lgan, chunki sariqlik moddasi og‘irligi tufayli tuxumning pastki
qismiga to‘planib, qutbni hosil qiladi. Tuxumning sariqligi kam yoki butunlay
bo‘lmagan qismi animal qutb deb ataladi. Sariqlik ko‘p tolplangan qismi esa
vegetativ qutb deb ataladi. Animal va vegetativ qutblarni bogllovchi taxminiy
chiziq, tuxum o‘qi deb ataladi. Animal qutb tor bo‘lib, u o‘zida sariqlik
tutmaydigan sitoplazma va yadrodan iborat. Bunday tuxumlarga qushlar,
repteliyalar tuxumi kiradi. Tuxum hujayraning bu qutbi embrion (pusht) hosil
qilishda ishtirok etadi va uni pusht gardishi deb ataladi.
Tuxum hujayralarda maxsus tuxum qobiqlari bo‘ladi. Bu qobiqlar
tuxumning shakli, o‘lchami va tuzilishini o‘zgartirmasdan, noqulay iqlim
sharoitlaridan, qurib qolishdan saqlaydi, mexanik va boshqa ta‘sirotlardan himoya
qiladi.
34-rasm. Sut emizuvchilar tuxum hujayrasining mikroskopik (A)
yltramikroskopik (B) tuzilishi (Yu.I.Afanasev, 1990 bo‘yicha). 1-yadro; 2-
sitoplazma va sariqlik kritmasi; 3-kortikal granula; 4-sitolemma; 5-yaltiroq qobiq;
6-follikulyar hujayralar; 7-vorsinkalar.
Har xil hayvonlarning tuxum qobiqlari turli-tumanligi bilan farq qiladi.
Shunga qaramay, ular uch guruhga bo‘linadi:
Dostları ilə paylaş: