Mezodermaning hosil bo’lishi
Gastrulyasiya jarayonida embrionning uchinchi qavati yoki varag‘i- mezoderma
ham hosil qiladi (mesos – o‘rta). Umuman, ko‘pi hujayrali hayvonlar embrion
varag‘ininig soniga qarab, ikki guruhga bo‘linadi:
57- rasm. Amfibiyalarda gastrulyasiya bosqichlarining ketma – ketligi (
B.I.Balinskiy, 1965 bo‘yicha).
A-
blastula; B- gastrulyasiyaning dastlabki bosqichi; v- gastrulyasiyaning o‘rta
bosqichi; Gastrulyasiyasining keyingi bosqichi; I- embrionning sagital kesmasi;
II- shu embrionning 90 0 s birligi holati
bs- blastosel; gs- gastrosel; d.g- blastopor labinig darsal qismi; v.g nlasropor
labining ventral qismi; j.pr- sariqlik tiqini; an- animal qutb; veg- vegetayiv qutb.
Ikki qavatli hayvonlar, bularga bulutlar, kovakichlilar, taroqlilar kiradi.
2. Uch qavatli hayvonlar, bularga yassi, yumaloq chuvalchanglar va ulardan
keyingi hamma tip vakillari kiradi.
Yuksak tuzlgan ba‘zi hayvonlarda mezoderma boshqa qavatlar bilan bir vaqtda
hosil bo‘ladi. Ba‘zilarida esa ekto va entodermadan keyin hosil bo‘ladi. Shuning
uchin ham oldin paydo bo‘ladigan ektoderma va entodenna embrionning
‗birlamchi varaqlari deb ataladi. Keyinroq hosil bo‘ladigan mezoderma esa
embrioning uchlamchi varag‘i deb ataladi.
113
Mezoderma quyidagi ikki usul bilan hosil bo‘ladi:
1. Enterosel usul. Bunda mezoderma cho‘ntaksimon o‘simta shaklida
birlamchi ichakning ikkl yon tomonida hosil bo‘ladi. Agar mezoderma ektoderma
va entoderma bilan bir vaqtda taraqqiy etsa, unda mezoderma bu varaqlarning
chegarasida, ularning biri ikkinchisiga o‗tadigan joydan hosil bo‘ladi. Agar
mezodenna ekto va entodermadan keyin hosil bo‘lsa, bunda entodermadan
rivojlanadi. Mezoderma o‘simtasinnig ichi botib borib, bu bo‘shliqi ikkilamchi
tana bo‘shlig‘i - sefomning boshlang‘ichi hisoblanadi (5S-rasm).
Mezodermani hosil qiladigan material entoderma bilan birgalikda ichga botib
kiradi va u birlamchi ichak yoki axenteron deb ataladi. Mezoderma arxenterondan
uning devorining ichiga botib kirishi natijasida hosil bo‘ladi. Mezoderma va xorda
ajralgandan keyin faqat entoderma qoladi va arxenteron ikkilamchi (definitiv)
ichak bo‘shlig‘iga aylanadi.
2. Teloblaslik usul. Bunda ikkita blastomer ektoderma bilan entodermannig
o‘ratasiga tushib qoladi va undan mezoderma taraqqiy etadi.
58- rasm. Mezodermaning hosil bo‘lish usullari (V. V. Malaxov, 1976 bo‘yicha).
A – teloblaslik; B- entresel; V- delminasiya; G- proliferasion. Qora joylar-
selomik mezoderma.
Birlamchi og‘zli hayvonlarda mezoderma teloblaslik usul bilan. Ikklamchi
og‘zli hayvonlarda esa enterosel usul bilan hosil bo‘ladi. Mezodermadan
parenxima to‘qimasi hosil bo‘ladi. Bu to‘qima postembrional taraqqiyot davrida
biriktiruvchi to‘qimaga aylanadi. Yassi chuvalchanglarda, nemertinlarda,
zuluklarda parenxima hujayra organlar o‘rtasidagi bo‘shliqilarni to‘ldiradi.
Shuning uchun ularni parenximatoz hayvonlar ham deyiladi. Parenxima hujayrada
oziq moddalar to‘planadi va bu oziq moddalar hisobidan regenerasiya va boshqa
anatomik, fiziologik o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Ba‘zi organlar( jigar, o‘pka, bezlar)
parenxima hujayraidan tuzilgan bo‘lib, ular muhim vazilalarni bajaradi. Parenxima
grekcha para - yonida, yenxima -nimadir to‘qilgan, quyilgan, yoyilgan, ya‘ni
organlar o‘rtasida nimadir to‘kilgan, degan ma‘noni bildiradi.
Mezoderma hosil bo‘lishi jarayonida amyobasimon embrion to‘qimalari -
mezenxima hosil bo‘ladi. Mezenxima grekcha mezos - o‘rta, enxima –to‘kilgan,
quyilgan degan ma‘noni bildiradi. Bu to‘qima mezodermadan hosil bo‘ladigan
organlar qurilishida ishtirok etadi, embrionda tayanch vazifani balaradi va embrion
hujayraini oziqlantiradi. Keyinchalik mezenximadan qonning shaklli elementlari,
114
biriktruvchi to‘qimalar – tog‘ay, suyak, silliq tolali muskul, qon tomirlari va teri
hosil bo‘ladi.
Mezenxima embrionning ekto, ento va mezoderma qavatlaridan chiqib
ketgan blastomerlardan hosil bo‘ladi. Postembrional taraqqiyot davridagi kam
differensiallashgan biriktiruvchi to‘qimalar (fibroblastlar, relikulyar hujayra) ham
mezodermadan hosil bo‘ladi. Parenxima faqat mezodermadan, mezenxima esa
embrionning har uchala qavatidan hosil bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |