Inson va tuproq” kitobi- “Jayron” ekologik markazi


Aprel-(lotincha Aprilis so`zidan olingan) – Grigoriy taqvimida yilning toʻrtinchi oyi. Aprel oyi 30 kundan iborat. Arabi ot-



Yüklə 436,66 Kb.
səhifə10/280
tarix27.11.2022
ölçüsü436,66 Kb.
#70820
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   280
Inson va tuproq” kitobi “Jayron” ekologik markazi

Aprel-(lotincha Aprilis so`zidan olingan) – Grigoriy taqvimida yilning toʻrtinchi oyi. Aprel oyi 30 kundan iborat.
Arabi ot-salt miniladigan qadimiy ot zoti. Seleksiya yo`li billan Arabiston yarim orolida milodiy 1-min yillikda chiqarilgan. Bu ot zoti cho`l sharoitiga yaxshi mosashgan, ochlik va suvsizlikka chidamli, uzoq masofaga yaxshi yuradi. Arabi ot juda chiroyli, tusi to`riq, kulrang yoki jigarrang bo`ladi. Bo`yining balandligi 150 sm, ko`krak qafasining aylanasi 175 sm, to`pig`i aylansi 18-19 sm bo`ladi. Arabi ot Hindiston, Misr, Turkiya, Fransiya, Ispaniya, Germaniya, AQSH kabi mamalakatlarda ham boqiladi.
Archa-(Juniperus) – sarvdoshlar oilasiga mansub doim yashil daraxt. Uning 70 ga yaqin turi bor. Archga shamol yordamida changlanuvchi, ignabargli o‘simlik. Archaning erkaklik qubbasi sarg‘ish, 3 – 6 changdonli qipiqsimon changchilardan tashkil topgan. Urg‘ochi qubbalari yashil bo‘lib, qarama-qarshi yoki oldinma-keyin o‘rnashgan urug‘chibarg va urug‘kurtaklardan iborat. Qubbalari yumaloq (diametri 5 – 20 mm), ichida 1 – 10 dona urug‘ bor. Archa mart–may oylarida gullaydi. Mevasi qo‘ng‘ir, ikkinchi yili (sentabr – noyabrda) pishib, qish yoki bahorda to‘kiladi. Archa urug‘ini yaxshi undirish uchun uni yozda stratifikatsiya qilib, kuzda sepiladi. 2 – 3 yoshli ko‘chati ekiladi. Archaning ko‘pchiligi o‘rta mintaqalarda o‘sadi. Baʼzi turlari tropik hududlardagi tog‘larda ham uchraydi. Archaning xo‘jalikdagi ahamiyati katta. Yog‘ochi meʼmorlikda, o‘ymakorlikda va qalam yasashda ishlatiladi. Baʼzi turlaridan xushmanzara o‘simlik sifatida foydalaniladi. Qubbalaridan turli moddalar (efir moyi, qatron, qand, mum va organik kislotalar) olinadi. Qubbasining damlamasi tabobatda balg‘am ko‘chiruvchi va ovqat hazm qilishni yaxshilovchi dori sifatida ishlatiladi.
Archazor- archa daraxtidan tashkil topgan o‘rmon. Archazorlarlar 600 – 700 yil (ayrimlari 2000 yilgacha) yashaydi, tog‘larda suv to‘plash, tuproq eroziyasi oldini olish, sel toshqinlarini bartaraf etish kabi muhim vazifalarni bajaradi. Asosan Yer yuzining Shimoliy yarim sharidagi tog‘li hududlarda joylashgan. O‘zbekiston davlat o‘rmon fondi hisobida 190 ming gektarga yaqin archazor bor. O‘zbekistonda asosan, Tyanshan, Turkiston, Chatqol, Hisor tog‘larida katta-katta archazorlarlar mavjud.
Ariq- sug`orish shoxobchalarining Turkistonda ishlatiladigan mahalliy nomi. Qadimdan har bir ariq sug`oriladigan voha, kesib o`tadigan maydon, shahar, qishloqlar yoki uni ochgan kishi nomi bilan atalgan. Katta ariq anhor deyiladi. Eski kanallarning ba`zilari hozir ham ariq deb nomlanadi. Masalan, Toshkentda Zaxariq, Kaykovus arig`i, Xorazmda Yangiariq.

Yüklə 436,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   280




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin