Inson va tuproq” kitobi- “Jayron” ekologik markazi



Yüklə 436,66 Kb.
səhifə11/280
tarix27.11.2022
ölçüsü436,66 Kb.
#70820
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   280
Inson va tuproq” kitobi “Jayron” ekologik markazi

Arnasoy ko`li-Mirzacho‘l bilan Sharqiy Qizilqum tutashgan joydagi ko‘llar. Shimoli-sharqdan janubi-g‘arbga cho‘zilgan tektonik botiqda. Ko‘llar tubining mutlaq balandligi 250 m chamasida. Ko‘llar vujudga kelgunga qadar uning o‘rni geomorfologik jihatdan Qizilqum kabi eol qum relefidan iborat bo‘lgan. Pastqamliklarni esa sho‘rxok va mayda ko‘llar egallagan. 1969-yilda Chordara suv omboridan katta hajmda ortiqcha suvning chiqarib tashlanishi natijasida pastqamliklar suv bilan to‘lib bir necha ko‘l vujudga keldi. Ko‘llar o‘zaro tor o‘zanlar orqali tutashgan. Umumiy uzunligi 32 km, eng keng joyi 12 km, o‘rtacha chuqurligi 1 – 3 m. Arnasoy koʻllariga Markaziy Mirzacho‘l tashlamasi orqali sho‘r zovur suvlari ham kelib quyiladi. Qishda Chordara suv omboridan maʼlum miqdorda suv oqiziladi, shuning uchun ko‘l suvining minerallashuv darajasi unchalik yuqori emas. Arnasoy koʻllaridan ortiqcha suv tor yo‘lak orqali Aydar ko`liga oqib o‘tadi. Ko‘llar qamishzorlar bilan band. Arnasoy koʻllarida suvda suzuvchi qushlar, tovon baliq, zog‘ora baliq, laqqa baliq, sudak, leshch va boshqa baliqlar mavjud. Arnasoy koʻllarida baliq ovlanadi.
Arpa-(Hordeum) – g‘alladoshlar oilasiga mansub bir yillik o`simlik. Yevrosiyo va Amerikada 30 ga yaqin turi ma’lum. Dehqonchilikda arpa O‘rta Osiyo (Turkmaniston janub)da miloddan avvalgi 12– 10-ming yilliqdan ekib kelinadi. Vatani Old Osiyo. Ekma arpa (N. sativum) jahondagi ko‘pgina mamlakatlarda yetishtiriladi. Aarpaning bahori va kuzgi turlarga bo‘linadi. Arpa poyasi poxolpoya bo`lib, 4 – 6 ta bo‘g‘imli, bo‘yi 30 – 35 sm dan 130 – 134 sm gacha bo`ladi. Bargi barg plastinkasi, barg qini, tilcha va quloqchalardan iborat, boshqa g‘alla o‘simliklarining bargidan ko‘ra kengroq. To‘pguli boshoq. Mevasi pardali yoki yalang‘och don, rangi sarg‘ish, och jigarrang va och kulrang bo`ladi. 1000 ta doni vazni 20 – 60 g. Bahori arpaning o`sib rivojlanish davri 55–110 sutka, kuzgisiniki esa 180 – 210 sutka (nav xususiyatlari va eki-ladigan hududga qarab). Arpa eng tezpishar don ekinidir. Arpa o‘zidan changlanuvchi o‘simlik, guli yopiq. Maysalari 4 – 5°da unib chiqadi, o‘sib rivojlanib borishi uchun qulay harorat 22°. Arpa issiqqa chidamli o‘simlik, havo quruqligini yaxshi ko‘taradi. Xalq xo‘jaligida arpadan xilma-xil maqsadlarda (oziq-ovqat, yem, pivo sanoati uchun xom ashyo) foydalaniladi. Lalmi dehqonchilik mintaqasida bahori, sug‘oriladigan yerlarda kuzgi-qishki va ko‘klamgi namdan yaxshi baxra oladigan yuqori hosil beradigan kuzgi arpa yetishtiriladi. Juda erta quruq jazirama issiq boshlanmasidan oldin (mayning oxiri – iyun) pishib yetiladi. Ushbu donli ekin faqat ekish yo`li bilan ko`paytiriladi, yovvoyi holda uchramaydi. Arpa har tomonlama foydali bo`lgan qimmatli o`simlik hisoblanadi.
Arteriya-(yunoncha arteria – havo kanali degan ma`noni bildiradi) – yurak va aortaaan chiqib, o‘pkadagi kislorodga boyigan qonni barcha a’zo va to‘qimalarga eltuvchi qon tomirlar. Arteriya qoni odam vafotidan so‘ng vena tomirlariga o‘tib ketadi. Shu sababli Gippokrat arteriya tomirlaridan jon oqadi, degan. Odatda yurakdan chiqqan barcha tomirlar (qon tarkibidan qat’i nazar) arteriya, yurakka keladigan tomirlar vena tomiri bo‘ladi.
Arxar- arhar, alqor, tog‘ qo‘yi (Ovis) ham deyiladi, yovvoyi qo`y nomi. U tog‘ yon bag‘irlari va qoyalar orasidagi birmuncha tekis va ochiq joylarda yashaydi. Erkaklari urg‘ochilariga nisbatan yirik (tanasi uzunligi 110– 120 sm, bo‘yi 65 – 125 sm, vazni 230 kg gacha), shoxi spiralsimon yoki halqasimon buralgan, uzun (70 – 190 sm), urg‘ochilarining shoxi ingichka yoki butunlay bo‘lmaydi, vazni 50-54 kg ni tashkil etadi. Hozir asosan Chatqol qo‘riqxonasida saqlanib qolgan, daryolarning yuqori oqimida 2000 – 3000 m balandlikda uchraydi, tik qoyalar yaqinidagi notekis bo‘lgan joylarni yaxshi ko‘radi. Bahorga yaqin tog‘ning pastroq qismiga ekin eqilgan dalalarga tushib o‘tlashi mumkin.

Yüklə 436,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   280




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin