Inson va tuproq” kitobi- “Jayron” ekologik markazi



Yüklə 436,66 Kb.
səhifə83/280
tarix27.11.2022
ölçüsü436,66 Kb.
#70820
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   280
Inson va tuproq” kitobi “Jayron” ekologik markazi

Ilonxo`r burgut-
Ilonxo`r sapsan-(Falco perdrinus) — yirtqich qushlar turkumining lochinsimonlar oilasiga mansub qush. Yelkasi, boshi toʻq qoramtir, tanasining ostki qismi oq rangda. Uzunligi 35—50 sm, vazni 500— 1500 gr. Bu qush hamma materiklarda tarqalgan. Oʻzbekistonda qushlar uchib oʻtish davrida va qishlab qolganda uchraydi. Uyasini qoyalarga, qargʻalarning eski uyalariga quradi. 3—4 ta tuxum qoʻyib, urgʻochisi 30 kunga yaqin bosadi. Bolalari 35— 40 kunda uchirma boʻladi. Asosan, ilon, qushlar (kaptar, balchiqchi, oʻrdak, baliqchi, qargʻa, chugʻurchuq, toʻrgʻay va boshqalar)ni ovlaydi. Undan Aeroport, bogʻ va uzumzorlarni qushlardan qoʻriqlashda foydalaniladi. 20-asr oʻrtalarida soni kamayib ketganligi tufayli AQSH, Kanada, Germaniya, Shvetsiya va boshqa mamlakatlarda sapsanni tutqinlikda kupaytirish yoʻlga quyildi. Tabiatda kamyob tur maqomi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga va "Yo`q boʻlib ketish xavfi ostidagi yovvoyi fauna va flora turlarining xalqaro savdosi toʻgʻrisida"gi Konvensiya ilovasiga kiritilgan.
Ilonxo`r-(Circaetus gallicus gm) o`rtacha kattaligi 570 mm, qanotinin g uzunligi 520-610 mm keladigan yirtqich qush. Boshi katta, ko`zi yirik va sariq tumshug`i nisbatan kichik. Orqasi to`q, qorni oq rangda bo`ladi. O`rta Osiyoga Hindiston va Old Osiyodan aprel oyida uchib kelib, avgust-sentabr oyida uchib ketadi. Asosan ilonlar va sariqilonlar bilan oziqlanadi. Bir yoz mobaynida bir juft ilonxo`r bolalari bilan birga 800-1000 tagacha ilon yeydi. Nomi shundan. Ba`zan kaltakesak, echkemar, baqa kabilarni ham yeydi. Tuxum qo`yib ko`payadi. Tuxumining uzunligi 70-80 mm, eni 50-60 mm atrofida bo`ladi. Aprel-may oylarida jo`ja ochadi. O`zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan.
Iloq- (Carex physodes) hiloldoshlar oilasiga mansub o`simlik. Bo`yining balandligi 15-20 sm ga yetadi, ko`p yillik o`simlik. U fevral oyining oxirida ko`karadi. Dastlab barglari paydo bo`lib, oradan 1-1,5 oy o`tgach poya chiqaradi. Uning poyasi ingichka va biroz qirrali bo`ladi. Barglari har kuni 1,5-2 mm o`sadi. Iloqning mevasi aprel oyida pishadi. Mevasi biroz shishgan bo`lib, kattaligi 2 sm ga yaqin. Qo`ng`ir-qoramtir rangda, urug`i meva ichida joylashgan. Iloq urug`idan juda kam ko`payadi, asosan, ildizi yordamida ko`payadi. Iloq mollar uchun yaxshi ozuqa bo`lib, qumni mustahkamlashda ham muhim ahamiyatga ega. Iloq faqat qumli tuproqlarda yaxshi o`sadi.
Ilvirs-(qor qoploni ham deyiladi) (Uncia uncia) mushuksimonlar oilasiga mansub yirtqich hayvon. Ilvirsning faqat bitta turi mavjud. Tanasining uzunligi 103 - 130 sm, dumi 80—105 sm bo`ladi. Ilvirsning juni kulrang-sarg`ish qoramtir xolli boʻladi. Yungi qalin va paxmoq boʻladi. Markaziy va Oʻrta Osiyoning baland togʻli hududlarida doimiy muzliklarda uchraydi. Qishda birmuncha pastroqqa — ignabargli daraxtzorlar orasiga tushadi. Ular 1 - 5 tagacha, odatda, 2—3 ta bola tugʻadi. Togʻ qoʻylari, baʼzan quyon, sugʻur kabi hayvonlar bilan oziqlanadi. Soni va turi toʻxtovsiz qisqarib bormoqda. Shuning uchun Xalqaro va Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan.
In-(uya ham deyiladi) hayvonlar, qushlar, hasharotlar bolalash maqsadida va boshpana sifatida foydalanadigan joy. Umurtqasizlardan hasharotlar, ayniqsa, xilma-xil uya quradi. Umurtqalilar orasida ayrim baliqlar (tikan baliq), suvda va quruqlikda yashovchilar, sudralib yuruvchilar (ayrim toshbaqalar va timsoxlar), koʻpchilik qushlar, bir qancha sut emizuvchilar (kemiruvchilar, odamsimon maymunlar, oʻrdakburun) uya quradi. Sudralib yuruvchilar (ayrim toshbaqalar, timsoxlar) ini qumda qazib, choʻp va barglar toʻldirilgan chuqurdan iborat. Qushlar ini juda xilma-xil b o`ladi. Eng oddiy in xaschoʻp toʻshalgan yer yuzasidagi chuqurcha shaklida boʻladi. Vahmaqush, toʻqimachi, zargʻaldoq kabi qushlar oʻsimlik tolalaridan ancha murakkab in qurishadi. Koʻpchilik kemiruvchilar (sugʻurlar, yumronqoziqlar) va bir qancha qushlar uyasi in ichida joylashgan kameradan iborat. Ayrim yirtqich sut emizuvchilar daraxt kovagida in quradi. Yirik qushlar, sut emizuvchilar (olmaxon) inidan bir necha (baʼzan 10 va koʻproq) yil davomida foydalanishadi. Bir qancha xayvonlar koloniya boʻlib uya quradi (masalan, qushlar bozori).

Yüklə 436,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   280




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin