Iqtisodiyot nazariyasi


Nomipshl YAMM shu mahsulot ishlab chiqarilgai davrda amal qilib turgan baholarda ifodalangan ishlab chiqarish hajmini bildiradi



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə134/267
tarix26.04.2022
ölçüsü0,64 Mb.
#56398
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   267
Iqtisodiyot nazariyasi

Nomipshl YAMM shu mahsulot ishlab chiqarilgai davrda amal qilib turgan baholarda ifodalangan ishlab chiqarish hajmini bildiradi.

Ma'lum yil uchun YAMM narx indeksini qanday qilish hisoblash mumkinligini ko'rsatuvchi oddiy shartli misol keltiramiz. Faraz qilamiz, 1998 yil Respublikamiz xalq xo'jaligida 1358mlrd so'mlik YAIM ishlab chiqarilgan. 1997 yil YAIM qiymati 976 mlrd so'mni tashkil qilgan.

1998 yilga YAMM narx indeksini aniqpash uchun, 1998 yildaga mahsulotlar narxlari summasini xuddi shu hajmdagi va turdagi tovarlarning 1997 yil narxlari summasiga bo'lib 100 ga ko'paytirish zarur.

Agar biz YAMM narx indeksini qator yillar uchun hisoblasak, olingan indekslar bizga ularni solishtirib taxlil qilish imkonini beradi.

Joriy yildagi nominal YAMMni real YAMMga aylantirishning ancha oddiy va to'g'ridan-to'g'ri usuli nominal YAMMni narx indeksiga bo'lishdir, ya'ni, Real YAMM=nominal YAMM/BI

Iqtisodiyotda yillik ishlab chiqarish hajmining ko'rsatkichi YAMM bilan birga, uning tarkibiy qismlari sifatida hisoblanish mumkin bo'lgan bir qator o'zaro bog'liq ko'rsatkichlar mavjud bo'ladiki, ular milliy iqtisodiyotning turli tomonlarini xarakterlab beradi.

YAMM ko'rsatkichiga sof eksport (eksport va import o'rtasidagi farq) kiradi.Ammo turli mamlakatlarda tashqi savdo faoliyatining salmog'i keskin farqlanadi. Shu sababli milliy iqtisodiyot rivojlanish darajasini taqqoslash uchun ichki milliy mahsulot (IMM) ko'rsatkichidan foydalaniladi. IMM ma'lum vaqg davomida (bir yilda) mamlakat hududida ishlab chiqarilgan va iste'mol qilishga tayyor pirovard mahsulot va xizmatlarning bozor baholaridagi qiymatidir. U barcha ishlab chiqaruvchilar qo'shilgan qiymatlar yig'indisi sifatida chiqadi.

YAMM va IMM ishlab chiqarish yalpi hajmining ko'rsatkichi sifatida bitta muhim kamchilikka ega. Ular mazkur yilda ishlab chiqarish jarayonida foydalanilgan, asosiy kapitalning o'rnini qoplash uchun zarur bo'lgan qiymatni ham o'z ichiga oladi. YAMMdan joriy yilda ishlab chiqarish jarayonida iste'mol, qilingan asosiy kapital qiymati yoki yillik amortizatsiya summasi ayirib tashlansa sof milliy mahsulot (SMM) ko'rsatkichi hosil bo'ladi.




Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   267




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin