Iqtisodiyot nazariyasi


-§. Milliy iqtisodiyotning qaror topishi va uning



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə131/267
tarix26.04.2022
ölçüsü0,64 Mb.
#56398
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   267
Iqtisodiyot nazariyasi

1-§. Milliy iqtisodiyotning qaror topishi va uning

makroiqtisodiy ko'rsatkichlari
Hammaga ma'lumki, o'tmishda O'zbekiston iqtisodiyoti sobiq sovet ittifoqi iqtisodiyotining tarkibiy qismi hisoblanib, mustaqil milliy iqtisodiyot deb bo'lmas edi. Bizga bir yoqlama rivojlangan paxta yakka hokimligiga, xom-ashyo ishlab chiqarishga va boy mineral — xom-ashyo resurslaridan nazoratsiz, ayovsiz foydalanish asosiga qurilgan, yonilg'i, g'alla va boshqa ko'pgina ishlab chiqarish vositalari iste'mol tovarlarining ta'minlanishi bo'yicha markazga qaram bo'lgan iqtisodiyot meros bo'lib qolgan edi. Mamlakatimiz Prezidenti I. A. Karimov qisqa qilib aytganlaridek, «O'zbekiston bir yoqlama iqtisodiyotga — markazga butunlay qaram, izdan chiqqan iqtisodiyotga ega bo'lgan» mamlakat edi.

1991 yil sentabridan buyon o'tgan qisqa davr mobaynida iqtisodiy mustaqillikni qo'lga kiritib, mamlakatimiz hududidagi barcha tabiiy, mineral xom ashyo boyliklaridan mamlakatimizdagi butun iqtisodiy resurslar va quvvatlardan o'z xalqimiz va uning kelajagi manfaatlari yo'lida foydalanish imkoniyatiga ega bo'ldik.

Yangi energetika, mashinasozlik va boshqa sanoat tarmoqlarining vujudga kelishi, ko'plab yirik inshootlar, korxonalar, zavod va fabrikalar qurilganligi, yonilg'i va g'alla mustaqilligiga erishilganligi iqtisodiyotdagi tarkibiy o'zgarishlar, izchil o'sish sur'atlari milliy mustaqil iqtisodiyot sari harakat natijalaridir.

Shunday qilib, O'zbekistonda bozor munosabatlariga asoslangan yangi, mustaqil rivojlanayotgan, o'z xalqi, millati manfaatlariga xizmat qiladigan milliy iqtisodiyot shakllanib bormoqda.

Milliy iqtisodiyot, barcha tarmoqlar va sohalarni, mikro va makro iqtisodiyotlarni, funksional iqtisodiyotni, ko'plab (Nfratuzilmalarni o'z ichiga olgan yaxlit iqtisodiyotdir.


Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   267




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin