Iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə128/267
tarix26.04.2022
ölçüsü0,64 Mb.
#56398
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   267
Iqtisodiyot nazariyasi

Undurma sanoatda renta - foydali qazilma konlarining joylashishi (yer yuzasiga nisbatan) va ularning boyligi jihatdan farqlar natijasida vujudga keladi.

Agrosanoat majmuasi qishloq xo'jalik mahsulotlarini yetishtirish, uni saqlash, qayta ishlash va iste'molchilarga yetkazib berish bilan bog'liq xo'jalik tarmoqlarining birligi.

Ishlab chiqarish infratuzilmasi — bevosiga qishloq xo'jalik ishlab chiqarishiga xizmat ko'rsatuvchi soxalar.

Ijtimoiy infratuzilma odamlar yashash va turmush faoliyatining umumiy sharoitlarini ta'minlaydigan sohalar.

Agrosanoat integratsiyasi qishloq xo'jaligi bilan unga xizmat qiluvchi va mahsulotni iste'molchiga yetkazib beruvchi tutash tarmoqlar o'rtasida ishlab chiqarish aloqalarining rivojlanishi hamda ularning uzviy birikish jarayonidir.

Agrobiznes — tadbirkorlik faoliyatining qishloq xo'jaligi va u bilan bog'liq sohalardagi namoyon bo'lish shakli.

Takrorlash uchun savol va topshiriqlar

1. Agrar munosabatlarning mazmunini iqtisodiy munosabatlarda tutgan o'rnini va xususiyatlarini ko'rsatib bering.

2. «Yerga egalik» va «yerdan foydalanish» tushunchalarini izoxlang. Yer rengasi nazariyalarining umumiy tomonlari va tub farqlarini ko'rsatib bering. Yer rentasining asl mazmunini tushuntiring.

3. Differensial (I va II) va absolut rentaning hosil bo'lish shart-sharoitlari, manbalari va taqsimlanishini tushuntirib beriig. Monopol renta nima? Qazib oluvchi va undirma sanoatda renta qanday hosil bo'ladi?

4. «Ijara haqi» va «yer rentasi» ning farqlarini izohlang.

5. Agrobiznesning iqtisodiy mohiyatini tushuntiring va uning asosiy turlariga tavsif bering.

6. Agrosanoat majmuasi va agrosanoat integratsiyasi tushunchalari iqtisodiy mazmuniga o'z fikringizni bildiring.


Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   267




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin