Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti nodira nishonova



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə111/120
tarix19.10.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#157494
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   120
Кулланма ов 230523 MUNDARIJASI BILAN2

Axloqiy tarbiya - inson tarbiyasining muhim qismi hisoblanib, odamga yoshligidan boshlab to‘g‘rilik, halollik, izzat hurmat, burch-masuliyat, sog‘lom turmush tarzi, or-nomus, sharm-hayo, Vatan azizligi, oila muqaddasligi, e’tiqod mustahkamligi xislatlarining singdirib borilish jarayonidir
Axloqsizlik - jamiyatda qabul qilingan axloqiy meyorlardan chetga chiqish: boqimandalik, yolg‘onchilik, ichkilikbozlik, fohishabozlik, o‘g‘rilik, hasad, g‘iybat, tuhmat, vatanfurushlik, e’tiqodsizlik va shular kabi barcha salbiy xislatlarning namoyon bo‘lishi
Analitik - nafaqat ijtimoiy hodisalar va ularning tarkibiy qismlarini tavsiflash, balki ularning paydo bo‘lish sabablarini, ishlash mexanizmlarini aniqlash va ularni ta’minlovchi omillarni aniqlashdan iborat.
Axloqiy ong - Axloq ham ijtimoiy ong shakllaridan biri sifatida kishilarning jamiyatdagi hatti-harakatlari, yashash normalari, yurish-turishlari, prinsiplari, qoidalari shuningdek ularning o’zaro bir-birlariga hamda ijtimoiy birlashmalarga bo’lgan munosabatlarini ifodalaydi.
Aksiologik ong – qadriyatlarni anglash jarayonida vujudga keladigan qadrlash tuyg‘usi, aksiologik tushuncha, qarashlarni, xulosalarni ifodalaydigan va aks ettiradigan ijtimoiy ong shakli. Aksiologik ongda qadriyatlar, ularning mohiyati, mazmuni namoyon bo‘lish shakllari, ahamiyati va xususiyatlari o‘z aksini topadi. Aksiologik ong – ijtimoiy ongning maxsus shakli bo‘lib, biroq ijtimoiy fanlarda ijtimoiy ong shakllari ilmiy tushuncha sifatida qaraladi.
Axborotlashgan jamiyat – ijtimoiy, iqtisodiy rivojlanish eng avvalo axborot tayyorlash, unga “ishlov berish”, saqlash va jamiyat a’zolariga yetkazish bilan bog‘liq bo‘ladigan ishlarga sharoit yaratuvchi jamiyat. Axborotlashgan jamiyat muammolari bilan shug‘ullangan olimlardan D.Bell, A.Toffler, M.Kastels, U.Rostou va boshqalarning ishlarida kuzatish mumkin.
Barkamollik - Barkamollik insonning aqliy axloqiy va bilimdonlik jihatidan yetukligi, o‘zi tanlagan kasbu hunarning ustasi bo‘lishi, shaxs sifatida shakllanib, vatan taraqqiyoti, el-yurt farovonligi uchun jon kuydirishi, ezgu g‘oya va niyatlar bilann bunyodkorlik va yaratuvchanlik qobiliyatiga ega bo‘lishi
Bilish - insonning tabiat, jamiyat va o’zi to’g’risida bilimlar hosil qilishga qaratilgan aqliy, ma’naviy faoliyat turidir. Inson o’zini qurshab turgan atrof-muhit to’g’risida bilim va tasavvurga ega bo’lmay turib, faoliyatning biron-bir turi bilan muvaffaqiyatli shug’ullana olmaydi. Bilishning mahsuli, natijasi ilm bo’lib, har qanday kasb-korni egallash faqat ilm orqali ro’y beradi. Shuningdek, bilish insongagina xos bo’lgan ma’naviy ehtiyoj, hayotiy zaruriyatdir

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin