Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti nodira nishonova



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə24/120
tarix19.10.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#157494
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   120
Кулланма ов 230523 MUNDARIJASI BILAN2

Fazo va vaqtning xususiyatlari. Fazo va vaqt materiyaning asosiy yashash shakllari bo‘lib, ob’ektiv reallikdagi jismlar va ularni tashkil etuvchi elementlarning o‘zaro joylashish tartibi, ko‘lami hamda ular bilan bog‘liq bo‘lgan hodisalarning davomiyligi, ketma-ketligi tartiblarini aks ettiradi. Harakatlanuvchi materiya fazo va vaqtda o‘zining turli shakllarini namoyish qila oladi.
Bu yerda fazo — materiyaning tuzilish tartibi, ko‘lamini, olamdagi narsalarning o‘zaro joylashish vaziyatini ifodalasa, vaqt — jarayonlarning davomiyligini, hodisalarning ketma-ketligi tartibini ifodalaydi. Agar butun ob’ektiv reallik «lahzalar»va «bo‘linmas» o‘lchamlarning birligidan iborat bo‘lsa, ular shu birlikning kichik ulushi bo‘lishi mumkin. Fazo va vaqtga quyidagicha ta’rif berish mumkin: Fazo — bu vaqtning muayyan lahzasida olamni tashkil etuvchi nuqtalarning o‘zaro joylashish tartibi, ko‘lami, vaziyatlari o‘lchamidir. Vaqt — bu fazoning muayyan nuqtasida ro‘y beruvchi hodisalar ketma-ketligi, tartibi va davomiyligi o‘lchamidir.
Fazo va vaqt metrik va topologik xususiyatlarga ega. Fazo va vaqtning metrik xususiyatlari borliqning miqdoriy munosabatlarini aks ettirib, o‘lchanadigan, ko‘zga tashlanadigan va nisbiy tabiatli xususiyatlaridir. Ularga ko‘lam, bir jinslilik, izotroplik kabi xususiyatlar kiradi.
Fazo va vaqtning topologik xususiyatlari esa, borliqning tub sifatiy jihatlarini ifodalaydi. Bunday xususiyatlarga uzuksizlik, bog‘langanlik, o‘lchamlilik, kompaktlik, tartiblanganlik singari xususiyatlar kiradi. Vaqtning topologik xususiyatlariga orqaga qaytmaslik, bir o‘lchamlilik kabi xususiyatlar qo‘shiladi.
Fazo (vaqt)ning metrik o‘zgarishlari borliq strukturasini jiddiy o‘zgartira olmaydi, topologik o‘zgarishlar esa borliqning sifatiy o‘zgarishiga sababchi bo‘ladi. Masalan, bir bog‘langan sistemaning ko‘p bog‘langan sistemaga o‘tishi fazo topologiyasini tubdan o‘zgartiradi, yaʼni fazoning ikki nuqtasini tutashtiruvchi turlicha yo‘llar paydo bo‘ladi.
Noosfera” tushunchasi grek tilidan olingan “noos” “aql” degan maʼnoni anglatadi. Shunday qilib etimologik jihatdan noosfera – aql doirasiga oid tushunchadir. Bu tushuncha fransuz faylasufi Eduard Lerua (1870-1954) va Per Teyyar de Sharden (1881-1955)lar tomonidan XX asrning 20-yillarida takldif etilgan va ishlab chiqilgan.
Noosfera taʼlimoti rus faylasufi V.I.Vernadskiy (1863-1945) tadqiqotlarida yana ham rivojlantirildi va mukammallashtirildi. Noosfera konsepsiyasi taraqqiyotining muhim ilmiy-falsafiy natijasi sifatida tabiat va jamiyatning ko-evolyusiya (hamkorlikda, paralel, o‘zaro bog‘liqlikda rivojlanish) nazariyasining shakllanganini eslab o‘tish mumkin. Bu ikki yirik tizimning bir-biriga qarshi turishi va kurashi emas, balki ularning uzviy birligi insoniyatning keyingi taraqqiyotini taʼminlashi mumkin.
Inikos. Tabiat obektlari va hodisalarining umumiy xossasi sifatidagi inikos – avvalo, o‘zaro ta’sirdir. U bir jism boshqa jismga ta’sir ko‘rsatishini, boshqa jism esa birinchi jism tasiriga javob berishi yoki undan tasirlanishini nazarda tutadi (AV; VA). Bunday o‘zaro tasir tarzida namoyon bo‘ladigan inikosda, bir jism o‘ziga xos xususiyatlarining boshqa jismda aks ettirish jarayoni tushuniladi.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin