Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti nodira nishonova



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə20/120
tarix19.10.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#157494
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   120
Кулланма ов 230523 MUNDARIJASI BILAN2

Yangi davrda borliqning mohiyati Xudoning ishlariga emas, balki tabiat qonunlariga bog‘lanadi. Tabiat borliqning butun yashirin manosini qamrab oladi, shu sababli u bilan muloqot qilish, uning tabiiylik darajasini sinab ko‘rish muhimdir. Tabiatni o‘rganuvchi fanlar birinchi darajali ahamiyat kasb etadi. Jamiyatda tashabbuskorlik, faollik va omilkorlikning rivojlanishi individualizmga asoslangan antropotsentristik dunyoqarashni shakllantiradi.
XVII-XVIII asrlarning faylasuflari Golbax, Gelvetsiy, Lametri borliq tushunchasini fizik borliq bilan bog‘laydi. Bu faylasuflarning naturalistik qarashlari mexaniqaning faol rivojlanishi bilan belgilangan va ularning tabiat haqidagi tabiiy-ilmiy tasavvurlarini aks ettirgan. Bundan borliqni «naturallashtirish» g‘oyasi kelib chiqqan.
Jyulen Ofre de Lametri (1709-1751) moddiy dunyo «o‘z holicha mavjud» ekanligiga, uning boshi ham, oxiri ham yo‘qligiga ishongan. Lametri talimoti Epikurning atomistik g‘oyalari, Spinozaning monistik talimoti va J.Lokk sensualizmi tasirida vujudga kelgan. Lametri jonni aql faoliyati funksiyasi va ko‘rinishi deb hisoblagan va Dekartning umrboqiy nomoddiy jon haqidagi g‘oyasi asossiz ekanligini isbotlashga harakat qilgan.
Deni Didro borliq muammolarini o‘rganish sohasiga dialektikani tatbiq etadi. Uning fikricha, butun materiya his qiladi (bu gilozoizm nuqtai nazari). Ammo u «inert hissiylik» va «faol hissiylik»ni farq qiladi. «Faol hissiylik» muayyan tarzda uyushgan materiyadagina namoyon bo‘ladi.
XX asrda borliqqa munosabat. XX asr borliqni tushunishni tarixiylik, insonning mavjudligi, qadriyatlar va til bilan bog‘lab, uning talqinini kengaytirdi. Neopozitivizm falsafiy yo‘nalishi esa, avvalgi ontologiya falsafaning emas, balki ayrim fanlarning predmeti deb hisoblab, falsafadagi borliq muammosini soxta muammo sifatida talqin qildi.
Borliq mohiyatini tushunib etishda eng yangi qarashning o‘zagini insonning ijtimoiy ijodi tashkil etadi. Bunda borliq hayot faoliyati jarayoni sifatida tushuniladi. Fan-texnika taraqqiyotining suratlari tobora jadallashib borayotgan hozirgi sharoitda mazkur dunyoqarash ko‘pincha texnokratik dunyoqarash deb ataladi.
Aslida, borliq keng falsafiy tushuncha bo‘lib o‘ziga butun mavjudlikni, uning o‘tmishi, hozir va kelajagini ham qamrab oladi. Faylasuflar borliqni tushuntirish uchun yo‘qlik tushunchasini unga antipod qilib olishgan va shu asosda borliqning zaruriy mohiyatini ochishga intilganlar.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin