Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti nodira nishonova



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə16/120
tarix19.10.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#157494
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   120
Кулланма ов 230523 MUNDARIJASI BILAN2

Falsafa tarixida borliq muammosi. Tarixdan maʼlumki, faylasuflar borliq haqida turlicha g‘oyalarni ilgari surishgan. Markaziy Osiyo tuprog‘ida vujudga kelgan zardo‘shtiylik taʼlimotida borliq quyosh va olovning hosilasidir, alangalanib turgan olov borliqning asosiy mohiyatini tashkil etadi, deb hisoblangan. “Avesto”da, borliq harakatdagi dunyo, butun jonli va jonsiz narsalarning uyg‘unligidagi mavjudlik deb ifodalanadi.
Qadimgi Hindiston mutafakkirlari borliq sirining tagiga etishga harakat qilar ekanlar, quyosh tunda qaerga ketadi, yulduzlar kunduzi qayoqqa yo‘qoladi kabi savollarga javob topishga uringanlar va bu tasavvurlarni eng qadimgi kitob – Rigvedalarda aks ettirganlar.
Qadimgi Xitoy fan va madaniyati, falsafiy fikrlarning vujudga kelish qonuniyati Sharqning boshqa hududlaridan farq qiladi. Qadimgi Xitoy falsafasi avvalo ijtimoiy muammolarga qarab mo‘ljal olgan, unda inson borlig‘iga, shuningdek ijtimoiy borliqqa ko‘proq etibor berilgan. Ayni vqtda, tabiatning birinchi asoslari ham etibordan chetda qolmagan. Bu qiziqish, xususan, narsalar va hodisalarning butun rang-barangligini belgilovchi besh stixiya (suv, er, daraxt, temir, olov) haqidagi talimotda o‘z aksini topgan. Keyinroq “O‘zgarishlar kitobi”da borliqning butun rang-barangligini tashkil etuvchi bunday birinchi asoslarning sakkiztasi qayd etiladi.
Qadimgi Xitoyning ko‘zga ko‘ringan faylasuflaridan biri Lao-Szidir (VI-V asrlar). Uning ta’limotiga ko‘ra, olam, jamiyat va inson hayoti Dao qonuniga bo‘ysunmog‘i lozim. Daosizm ta’limoti ana shu tariqa shakllangan. Dao qonuni-tabiatning yashash qonunidir, undagi rang-baranglik kurashi va uyg‘unligi abadiyligining e’tirof etilishidir. Bu qonunga ko‘ra, olamning asosini tashkil etuvchi “Si”, ya’ni beshta unsur - olov, suv, havo, Yer va yog‘och yoki metall olamdagi barcha jismlar asosini tashkil etadi hamda ularning yuzaga kelishini ta’minlaydi. Lao-Szining ta’kidlashicha, olamda hech bir narsa doimiy va o‘zgarmas, Harakatsiz holda bo‘lishi mumkin emas.
Daosizmning diqqat markazida tabiat, koinot va inson turadi. Ammo bu ibtidolar mantiqiy - aqliy yo‘l bilan emas, balki mavjudlik tabiatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirib borish yordamida bilib olinadi. Dunyo hech qanday sabablarsiz doimiy harakat va o‘zgarishda bo‘lib, rivojlanadi, yashaydi va sirtqi ta’sir natijasida emas, balki ichki sabab natijasida vujudga kelgan. Borliq haqidagi ta’limotda yo‘l tushunchasi – dao - markaziy maqomdadir. Daosizm aqidasiga ko‘ra, tafakkurning maqsadi, insonni tabiat bilan «qo‘shilib ketishi»dadir, negaki, u uning tarkibiy qismidir.
Daosizmga binoan, dunyodagi hamma narsa bir holatdan ikkinchi holatga o‘tib turadi. Qarama-qarshi kuchlar o‘rtasidagi kurash, ya’ni In va Yan orasidagi munosabat-bizni o‘rab turgan olamni harakatga keltiruvchi kuchlar manbaidir. In va Yan o‘ratasidagi kurash daoni anglatadi. Odamzod bu kurash jarayonida doimo yaxshilik tomonidan turishi, o‘zini qurshab turgan tabiat va atrofdagi olamga mehr ko‘rsatishi lozim. Bo‘lmasa, Dao qonuni buziladi va bunday joyda baxtsizlik, fojia yuz beradi. Lao-Szi bu o‘rinda ekologik falokati nazarda tutgan. “Kishilar Dao qonunini buzmasliklari kerak, aks holda tabiat ulardan albatta o‘ch oladi”, degan edi Lao-Szi. Buni ekologik falokatlar avj olib borayotgan bugungi kun voqeligi ham tasdiqlaydi.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin