Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti nodira nishonova


Sharq mutafakkirlari: Abu Nasr Forobiy



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə18/120
tarix19.10.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#157494
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   120
Кулланма ов 230523 MUNDARIJASI BILAN2

Sharq mutafakkirlari: Abu Nasr Forobiy (873-950)-musulmon Sharqida Arastudan keyin “ikkinchi ustoz” unvoniga muyassar bo‘lgan yirik mutafakkir va alloma. Uning qalamiga 160 dan ziyod asar mansub bo‘lib, ular asosan qadimgi yunon olimlari asarlaridagi tabiiy-ilmiy va falsafiy muammolarni sharhlash hamda bu sohalarning dolzarb masalalarini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Mutafakkir olamni ikki ko‘rinishda: “vujudga vojib” (olloh) va “vujudi mumkin” (barcha moddiy va ruhiy narsalar) misolida talqin qiladi, barcha narsalar “vujudi vojib” tufayli yashash huquqiga ega bo‘ladi. Ular o‘zaro bir-biri bilan sababiy tarzda bog‘lanadi. Sababsiz oqibat bo‘lmaganidek, oqibatsiz sabab ham bo‘lmaydi, deydi Forobiy. Olam sifat, miqdor, substansiya - javhar, aksidensiya-oraz (muhim bo‘lmagan xossa), imkoniyat, zaruriyat va tasodifiyat, makon va zamon, harakat va rivojlanish kabi tushunchalarda ifodalanadi. Ular fazoviy jismlar, aqlli mahluq (inson), aqlsiz jonivorlar, o‘simliklar, minerallar va to‘rtga unsur-suv, olov, havo va tuproq kabi oltita ko‘rinishda namoyon bo‘ladi.
Abu Rayhon Beruniy (973-1048) deyarli barcha fan sohalarida ijod etgan buyuk qomusiy alloma va mashhur mutafakkirdir. U yaratgan 152 ta asrdan 28 tasi bizgacha etib kelgan. Beruniy Abu Nasr Iroq rahbarligida yoshligidan riyoziyot va falakiyotni o‘rganib, 16-17 yoshlaridayoq Quyoshning choshgohdagi balandligini armila bilan o‘lchagan. Oradan 30 yil o‘tgach, Beruniy yoshligida o‘zi o‘lchab olgan natijalarni tahlil qilar ekan, ular anchagina ishonchli bo‘lganligini ta’kidlaydi. Yoshlik yillarida u quyosh tutilishini kuzatish bilan shug‘ullanadi. 22 yoshida Beruniy Markaziy Osiyoda birinchi bor Yer globusini yaratdi. O‘zidan oldingi ajdodlar qoldirib ketgan ko‘plab kitoblarni o‘rganadi va bizgacha etib kelgan, turli xalqlarning yil hisoblari haqidagi ilk yirik asari “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” (“Osorul boqiya”)ni yaratadi. Unda yunonlar, rimliklar, forslar, sug‘diylar, xorzamiylar va boshqa ko‘plab qabila va xalqlarning barcha davrlari, bayram hamda taqvimlari, shuningdek Sharqning turli mamlakatlarining madaniyat va adabiyot tarixi to‘la bayon etilgan.
Uning tabiatni o‘rganishdagi xizmati kattadir. Alloma jismlarning o‘zaro tortishuvi, Quyosh va Oyning tutilishi, zarra, inersiya va sun’iy tanlanish, rivojlanish anomaliyasi, Yer qa’rida ro‘y beradigan geotektonik siljishlar, Yer qiyofasining tadrijiy tarzda o‘zgarib turishi, Yer yuzida odamlarning turli-tuman qiyofasini ilmiy asoslovchi geografik determinizm ta’limotini ilgari surgan. Beruniy barcha unsurlar, shuningdek, og‘irroq unsurlar­ning boshqa unsurlardan oldin markazga intilishi to‘g‘risida gapirib, “Hamma unsurlar markazga qarab intiladi, lekin vazminroqlari boshqa unsurlardan o‘zib ketadi”4, deb ta’kidlaydi. Beruniy “Hindiston” asarida unsurlarning Erga oddiy intilishi to‘g‘risida emas, balki barcha og‘irliklarning Yer markaziga tortilishi haqida fikr yuritadi. Beruniyning Ibn Sinoga bildirgan e’tirozlarida muhitning og‘irligini e’tirof etishi bu fazo jismlari bilan Yer o‘rtasidagi tortilish kuchlari borligini tan oladigan fikrga yaqinlashganligini ko‘rsatadi.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin