Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti nodira nishonova



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə19/120
tarix19.10.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#157494
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   120
Кулланма ов 230523 MUNDARIJASI BILAN2

Abu Ali Ibn Sino (980-1037) buyuk alloma va mutafakkir. U Buxoro yaqinidagi Afshona qishlog‘ida tug‘ilib, Hamadon shahrida vafot etgan. Ibn Sinodan qolgan ma’naviy meros taxminan 280 nomdan ziyoddir. Ular tibbiyot, falsafa, mantiq, psixologiya, axloq, musiqa, farmakologiya va boshqa sohalarga bag‘ishlangan. Olimning “Shifo kitobi”, “Tib qonunlari”, “Bilimlar kitobi”, “Tabiat durdonasi” kabi asarlari mashhurdir.
Uning fikricha, falsafaning vazifasiga mavjudotni — barcha mavjud narsalarni, ularning kelib chiqishi, tartibi, o‘zaro munosabati, biridan ikkinchisiga o‘tishini har tomonlama tekshirish uchun zaruriyat, imkoniyat, voqelik, sababiyatlarini asos qilib oldi. Borliqqa bo‘lgan qarashlarida Ibn Sino barcha mavjud narsalar ikkiga bo‘ladi: zaruriy vujud (vujudi vojib) va imkoniy vujud (vujudi mumkin). Zaruriy vujud hech narsaga bog‘liq bo‘lmagan bir butunlikni tashkil etuvchi Xoliqi olamdir. Shuningdek vujudi vojib kosmologik ongni ham tashkil etib olami kabirni o‘zida ifoda etadi. Qolgan hamma narsalar imkoniy tarzda mavjud bo‘lib, zaruriy vujud – ollohdan kelib chiqadi. Vujudi vojib va vujudi mumkin — sabab va oqibat munosabatidadir.
Islom taʼlimotida esa borliq bu ilohiy voqelikdir. Yaʼni u Olloh yaratgan mavjudlikdir. Bu borada vahdati vujud va vahdati mavjud taʼlimotlari bo‘lgan.
Tasavvuf talimotida borliq muammosi. Tasavvuf talimoti vakillaridan biri Nasafiy ontologiyasi sof Vahdat nimaligini tushunishdan boshlanadi. Uning fikricha borliqning mohiyati bo‘lgan sof (musaffo) Vahdat (birlik), jism va ruhning manbaidir, u kitob va kalomning ham boshi, malakut (farishtalar) va mulk (moddiyat) olamlarining asosi, butun borliq va odamning manbaidir. Uni sufizmda jabarut, deb ataydilar (Jabarut – arab tilida «Buyuklik», ulug‘lik degan manolarni bildiradi). Mulk va malakutda bir jami narsalar Jabarutda (tezis holida) mavjud, deb ko‘rsatiladi (bu Aristotelning «imkoniyat» kategoriyasida yoki potensiyada o‘z ifodasini topgan). Xullas Sharqda ontologiya masalasi Xudo borlig‘i bilan bog‘liq holda o‘rganiladi.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin