Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti nodira nishonova


Falsafada substansiya va materiya muammosi



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə22/120
tarix19.10.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#157494
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   120
Кулланма ов 230523 MUNDARIJASI BILAN2

Falsafada substansiya va materiya muammosi. Borliqni shakllarga ajratishda uning asosida, mohiyatida nimalar yotishiga eʼtibor qaratish lozim. Shu tariqa falsafada substansiya kategoriyasi shakllangan. Substansiya (lotin. substantia - mohiyat, asosida yotuvchi nimadir) muayyan narsalar, voqealar, hodisalar va jarayonlar xilma-xilligining ichki birligida namoyon bo‘luvchi mohiyat. Substansiya deyilganda falsafada dastlabki paytlarda borliq, tabiat, jamiyat, inson va dunyodagi barcha narsa va hodisalarning asosida yotuvchi moddiy yoki ruhiy mohiyat anglangan. O‘rta asr Sharq falsafasi namoyandalari al-Kindiy, Zakariyo Roziy, Forobiy, Ibn Sino, Ibn Rushd asarlarida substansiya deb hamma narsaning moddiy yoki maʼnaviy asosi, mohiyati tushunilgan. Substansiyaga qarama-qarshi tushuncha «aksidensiya» deb atalgan. Olamning tuzilishini tushunish yana bir tushuncha «substrat” kategoriyasi bilan ham bog‘langandir. Substrat (lot. substratun - asos, to‘shama, taglik) narsa va hodisalarning umumiy moddiy asosi; nisbatan oddiy va sifat jihatdan elementar bo‘lgan moddiy yoki g‘oyaviy tuzilmalar majmuasi. Ayrim falsafiy konsepsiyalarda substrat deb dunyoni tashkil etuvchi mutlaq elementar va bo‘linmas asoslar tushunilgan.
Materiya tushunchasi. Moddiy olamning asosida yotuvchi umumiy mohiyatni axtarish falsafada materiya haqidagi tasavvurlarning maydonga kelishiga va rivojlanishiga sababchi bo‘ldi. Materiya tushunchasi moddiy unsurga nisbatan ham, atomga nisbatan ham, pramateriyaga nisbatan ham umumiyroq bo‘lgan tushunchadir. Materiya olamdagi barcha moddiy obʼektlarni, butun obʼektiv reallikni ifoda etuvchi eng umumiy tushunchadir. Faylasuflar barcha moddiy obʼektlarga xos xususiyatlarni umumiy tarzda ifodalash uchun qo‘llaydigan tushuncha materiya deb ataladi. Demak, materiya moddiy obʼektlarga xos eng umumiy tushuncha, falsafiy kategoriyadir.
XX asrning o‘rtalariga kelib, kvant mexaniqasi, nisbiylik nazariyasi va hozirgi zamon kosmologiyasi sohalaridagi ilmiy yutuqlar kishilarning obʼektiv olam haqidagi tasavvurlarini tubdan o‘zgartirib yubordi. Olamning klassik mexaniqa nuqtai nazaridan kelib chiqib, nisbatan kichik tezlikda harakatlanuvchi sistemalar haqidagi ilmiy manzarasi o‘rnini yangicha ilmiy manzaralar egallay boshladi. Bu esa materiya haqidagi tasavvurlarning yanada rivojlanishiga sharoit tug‘dirdi.
Materiya obʼektiv reallikdir. Obʼektiv reallik inson sezgilariga bog‘liq bo‘lmagan holda, undan tashqarida mavjud bo‘lgan voqelikdir. Xususan olinganda materiyaning o‘zi yo‘q, balki dunyoda materiyaning ayrim predmet yoki biror konkret buyum shaklidagi ko‘rinishlari uchraydi. Materiya esa materiyaning hamma konkret ko‘rinishlariga xos bo‘lgan barcha universal xususiyatlarini aks ettiruvchi umumiy tushunchadir. Bu dunyoda “umuman odam” bo‘lmasdan, ayrim odamlar uchrashiga o‘xshash fikrdir. Materiyaning falsafiy tushunchasi barcha narsalar voqeligi, moddiy voqelikni o‘ziga qamrab oluvchi, yalpi umumiylik (universallik) belgilariga egalik qiluvchi, butun obʼyektiv reallikni ifodalovchi kategoriyadir.
Materiya va moddiy obʼektlar xilma-xil ko‘rinishlarda va shakllarda uchraydi. Uning modda va nomodda shakllari mavjud.
Materiyaning tashkiliy-struktura darajalari. Materiyaning tashkiliy-struktura darajalari moddiy sistemalarning tashkiliy jihatdan uyushganligi va faolligiga qarab bir-biridan farq qiladi. Bu darajalar fazo-vaqt strukturasining sifatiy xususiyatlari bilan ajralib turadi. Ular: noorganiq daraja (“notirik табиат”), organiq daraja (“tirik tabiat”) va sotsial daraja (“jamiyat”) deb ataladi. Odamlardan tashkil topgan turli murakkablikdagi ijtimoiy sistemalar sotsial darajaga mansubdir. Bu darajada ongga, fikrga ega bo‘lgan insonlar faoliyat ko‘rsatganligi sababli u eng uyushgan va faol daraja hisoblanadi.
Materiyaning miqyosiy-struktura darajalari. Bu moddiy sistemalarning bir-biridan mazkur sistemada hukmronlik qiluvchi fundamental kuchlar bilan farq qiluvchi darajalardir. Ular: mikrodunyo, makrodunyo va megadunyo deyiladi.
a) mikrodunyo (mikroelementlar darajasi). Unga maydonlar va elementar zarralarning o‘zaro tasiri xos. Bu juda kichkina obektlar dunyosi. Mazkur zarralarning mavjudlik vaqti sekundning milliardlab ulushlari bilan o‘lchanadi, harakat tezligi esa Yorug‘lik tezligiga yaqinlashadi;
b) makrodunyo katta obektlar dunyosi. Bu diapazon bilan atomlar, molekulalar, makrojismlar, sayyoralar va yulduzlar, sayyoralar tizimlari qamrab olinadi. Tabiatning mazkur sohasini o‘rganishning asosiy obektlari – yulduzlararo bo‘shliq, galaktika, metagalaktikalar.
v) megadunyo jonli materiya tizimi hozircha faqat Yerda ma’lum. Aksariyat olimlar fikriga ko‘ra, uning vujudga kelishi materiyaning tabiiy va qonuniy o‘z-o‘zidan rivojlanishi mahsulidir. Jonli materiya darajasiga o‘z-o‘zidan uyushish, rivojlanish, inikosning murakkab shakllarini kasb etish, o‘zini o‘zi boshqarish va ko‘payish qobiliyatiga ega bo‘lgan barcha tirik mavjudotlar kiradi. Jonli materiyada hujayrasiz daraja (DNK, RNK kislotalari va oqsillar)ni, hujayrali va ko‘p hujayrali organizmlar – o‘simliklar, hayvonlarni farqlash mumkin. Yuksak darajada uyushgan strukturalar, bir-biri bilan nasl orqali bog‘langan populyasiyalar alohida darajalarni tashkil etadi. Biologik turlar, populyasiyalar va atrof muhitning o‘zaro tasiri biogeotsenozni yaratadi, biogeotsenozlarning o‘zaro tasiri natijasida esa hayotning global tizimi – biosfera vujudga keladi. Biosfera tizimida litosfera, gidrosfera va atmosfera o‘zaro tasirga kirishadi, atmosfera orqali Yer bilan kosmos o‘rtasida almashinuv sodir bo‘ladiJonli materiya tizimining ko‘rsatilgan barcha elementlari o‘rtasida muvozanatni saqlash sayyoramizda hayotni saqlashning zaruriy shartidir.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin