Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti nodira nishonova


Bilishda sub’ekt va ob’ektning o‘zaro aloqasi



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə28/120
tarix19.10.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#157494
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   120
Кулланма ов 230523 MUNDARIJASI BILAN2

Bilishda sub’ekt va ob’ektning o‘zaro aloqasi. Inson bilishning sub’ektini, insonni qurshab turgan borliq esa bilishning ob’ektini tashkil etadi. Lekin biz bilamizki, abstrakt inson ham, abstrakt borliq ham yo‘q va bo‘lmaydi. Shu sababli bilishning sub’ektini borliqdagi predmet va hodisalar bilan bevosita yoki bavosita muayyan tabiiy va ijtimoiy munosabatlarda bo‘luvchi, jamiyatning aniq bosqichiga xos, ijtimoiy mohiyatga ega bo‘lgan aniq bir kishi yoki kishilar guruhi tashkil qiladi. Bilishning ob’ektini esa, sub’ektning bilish doirasiga kirgan, uning bilishi qaratilgan borliqdagi aniq predmetlar, hodisa va jarayonlar tashkil etadi. Tadqiqotchi-olim, faylasuf, sanʼatkor va boshqalarning, umuman insonning bilimlar hosil qilish uchun ilmiy faoliyati qaratilgan narsa, hodisa, jarayon, munosabatlar bilish obʼektlari hisoblanadi. Bilish obʼektlari moddiy, maʼnaviy, konkret, mavhum, tabiiy va ijtimoiy bo‘lishi mumkin. Bilish obʼektlari eng kichik zarralardan tortib ulkan galaktikagacha bo‘lgan borliqni qamrab oladi. Bilish obʼektlariga asoslanib, bilim sohalari tabiiy, ijtimoiy-gumanitar va texnik fanlarga ajratiladi.
Bilish bilan shug‘ullanuvchi kishilar va butun insoniyat bilish subʼekti hisoblanadi. Ayrim olingan tadqiqotchi-olimlar, ilmiy jamoalar, ilmiy tadqiqot institutlari ham alohida bilish subʼektlaridir. Ilmiy faoliyat tabiat va jamiyat mohiyatini bilishgagina emas, balki insonning o‘ziga ham qaratilishi mumkin. Inson va butun insoniyat ayni bir vaqtda ham bilish obʼekti, ham bilish subʼekti sifatida namoyon bo‘ladi.
Bilishning sub’ekti va ob’ekti bilan bir qatorda, bilishning predmeti ham mavjuddir. Bilishning predmeti — bu bilish ob’ektining sub’ekt bilishi qaratilgan, sub’ektning bilish faoliyati doirasiga kirgan tomonlari, xususiyatlari va munosabatlaridir. Fanning o‘rganish sohasi tobora konkretlashib boradi. Tabiatshunoslik fanlarini bilish predmetiga qarab botaniqa, zoologiya, geografiya, ixtiologiya va boshqa sohalari vujudga kelgandir. Tadqiqot predmeti fanlarni bir-biridan farqlashga imkon beradigan muhim belgidir.
Bilishning sub’ekti, ob’ekti va predmeti o‘zgarmas, qotib qolgan narsalar emas, balki bilish jarayonida ular doimo o‘zgarib boradi. Shu bilan birga, ayni bir vaqtdagi va ayni bir makondagi sub’ekt va ob’ekt boshqa bir vaqt va boshqa bir makonda sub’ekt va ob’ekt munosabatida bo‘lmasligi mumkin. Insonning bilishi jarayonida sub’ekt bilishi zarur bo‘lgan ob’ektini bilib olgach, bu ob’ekt sub’ektning bilish doirasidan chiqariladi va u endi bilishning ob’ekti bo‘lmay qoladi. Insonning bilishi ana shu «sub’ekt -ob’ekt-predmet» munosabatlari asosida yuzaga keluvchi ijtimoiy-tarixiy jarayondir. Inson bilishining tabiatini ayni shu «sub’ekt-ob’ekt-predmet»lar o‘rtasidagi munosabatlarni o‘rganish asosida to‘g‘ri tushunish mumkin. Bunda doimo sub’ektning faolligi muhim rol o‘ynaydi. Bilishda sub’ektning bu faolligi uning muayyan maqsadga qaratilgan amaliy-ijtimoiy bilish faoliyatida namoyon bo‘ladi. Chunki inson borliqni faqat bilib olish uchungina o‘rganmaydi, balki u borliq va uning qonunlarini bilib olishi bilan tabiatga va jamiyatga hamda o‘ziga faol ta’sir ko‘rsatib, tabiatni, jamiyatni va o‘zini o‘zgartirib boradi. Bu inson bilishining amaliyot bilan chambarchas bog‘liqligini ko‘rsatadi. Aslida, inson bilishi uning hayoti jarayonidagi amaliy faoliyati asosida vujudga keladi. Inson o‘z amaliy va nazariy faoliyati jarayonida borliq va uning qonunlarini hamda o‘zini bilib boradi.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin