78
)
(
1
2
,
2
1
t
t
n
t
t
t
(19.2)
bu yerda, n — chiqib turgan ustundagi darajalar (graduslar) soni; βt
1
,
t
2
— shishadagi suyuqlikning kengayish koeffitsiyenti (simob uchun
0,00016, spirt uchun 0,001), 1/°C; t
2
— termometr ko‗rsatayotgan harorat,
°C; t
1
— muhitdan
chiqib turgan ustunning o‗rtacha harorati.
Agar chiqib turgan ustun harorati o‗lchanayotgan muhit haroratidan
kam bo‗lsa, unda ∆t tuzatma ishorasi musbat, ortiq bo‗lsa, manfiy bo‗ladi.
Chiqib turgan ustun hisobiga paydo bo‗ladigan xatolik ancha katta bo‗lishi
mumkin va shuning uchun uni e‗tiborga olmaslikning iloji yo‗q.
Vazifasi va qo‗llanish sohasiga ko‗ra suyuqlikli termometrlar odatda
laboratoriya termometrlari, umumsanoat va maxsus vazifalarni bajaruvchi
texnik termometrlar, qishloq ho‗jalik uchun mo‗ljallangan termometrlar,
metrologik, maishiy termometrlarga bo‗linadi.
Suyuqlikli shisha termometrlarning kamchiligiga shkala bo‗yicha
hisoblash noqulayligi, ko‗rsatishlarni qayd qilib, ularni masofaga uzatib
bo‗lmasligi, issiqlik inersiyasining kattaligi (ko‗rsatishlarning kechikishi)
va asboblarning mexanik nuqtayi nazardan mustahkam emasligi kiradi.
Dostları ilə paylaş: