Islom Karimov


Neft va gaz sanoatining rivojlanishi



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə23/29
tarix17.09.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#144616
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   29
Islom Karimov-fayllar.org

Neft va gaz sanoatining rivojlanishi. Mamlakat mustaqillik davriga kirishi bilan iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida chuqur o‘zgarishlar davri boshlandi. Respublika iqtisodiyotida amalga oshirilayotgan chuqur islohotlar neft va gaz sanoatini ham o‘ziga qamrab oldi. Chunki, neft sanoati respublika iqtisodiyotining ajralmas tarmog'i boiganligi uchun ham iqtisodiy islohotlarning umumiy jarayonidan ajralib qololmas edi. Shuning uchun ham Prezident Islom Karimov bu sohadagi eng asosiy maqsadni quyidagicha ifodalagan edi: «Yurtimizda yoqilgi-energetika va g‘alla mustaqilligiga erishish muhim strategik vazifa sifatida kun tartibiga qo‘yildi».

Bu sohada asosiy e’tibor har biri alohida tarqoq boigan neft, gaz, neftni qayta ishlash va u bilan bogiiq boshqa sohalarning faoliyatini uyg‘un ravishda muvofiqlashtirish maqsadlarida quduqlami qazishdan tortib tayyor mahsulotni sotishgacha boigan

har birjarayonning faoliyatini bog'lab turuvchi uzluksiz halqalardan iborat boigan yagona ishlab chiqarish majmuyiga birlashtirishni talab qilayotgan edi. Mazkur masala 0‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, hukumat qarorlari va tegishli qonunlar bilan muvaffaqiyatli hal qilindi.

Bu sohadagi institutsional o'zgarishlarning asosiy maqsadi — mamlakat neft va gaz sanoatini bozor iqtisodiyoti munosabatlariga moslashtirishdan iborat bo'lib, mazkur tarmoqqa xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni faollashtirish uchun keng imkoniyatlar yaratishga qaratildi.

Mamlakat Prezidenti Islom Karimov — tashabbusi va sa’y- harakati bilan 1997-yilda ilg'or jahon andozalari talablariga javob bera oladigan zamonaviy Buxoro neftni qayta ishlash zavodi ishga tushirilishi nafaqat yoqilg‘i, balki mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida muhim voqea bo‘ldi. Mamlakat mustaqilligining dastlabki yillarida neft va gaz sanoati tarmoqlarini davlat tasarrufidan chiqarish va ularni o‘ziga xos usulda xususiylashtirish ishlari amalga oshirilishiga hamohang tarzda davlat hissadorlik jami- yatlari, hissadorlik kompaniyalari tashkil qilindi, bu sohada yangi mulkchilik shakllari — xususiy, jamoa va davlat mulklari shakllandi. Bu sohani rivojlanishiga keng shart-sharoitlar yaratish maqsadida demokratik tamoyillar asosidagi huquqiy asoslar ham takomillashtirib borildi. Hozirgi davrga kelib «0‘zbekneftegaz» Milliy xolding kompaniyasi eng yirik ko‘p tarmoqli sanoat majmuasiga aylandi. Kompaniya keyingi yillarda yirik hajmdagi qidiruv ishlari, qazib olish, neft va gaz realizatsiyasi hamda ulami qayta ishlash mahsulotlari, ishlab chiqarish infratuzilmasi barpo etadigan va boshqa shu kabi qator ijtimoiy rivojlanish obyektlarini qurishga erishdi173.

Mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishga doir islohotlar davri- da «0‘zbekneftegaz» Milliy xolding kompaniyasining tashqi va xalqaro aloqalari kengaydi. Ayniqsa, uning rivojlangan mamla- katlardagi kompaniyalar bilan o‘zaro hamkorligi yildan yilga oshib bormoqda. Rossiya, Ukraina, Tojikiston, Qirg‘iziston va boshqa mamlakatlar bilan neft mahsulotlari va suyultirilgan gaz eksporti bo‘yicha savdo aloqalari o‘sib bormoqda. Shuningdek, 2003-yil- dan boshlab, Rossiya, Xitoy, Eron va Turkiyaga polietilen va oltingugurt eksport qilish aloqalari boshlandi. Shuningdek, kom- paniyaning moliyaviy maslahatchi — «BNP-Pariba» (Fransiya) banki bilan hamkorligi ham o‘sib bormoqda. ISO-9001 mah- sulotlarining xalqaro andozalariga mos keladigan «0‘znefte- gazmash» hissadorlik kompaniyasining eksport qilish quwati oshib bormoqda.

Uning xorijiy kompaniyalar — «Xarrikeyn oyl prodakt» (Kanada), «Axema» (Latviya), «Teknip» (Fransiya), «Bentek» (Germaniya) bilan o'zaro aloqalari rivojlanib bormoqda. 1997- yildan boshlab «Dresser-Rend» agregat kompaniyasi, «KeIlog» (AQSh) va «Nisho-Ivai» (Yaponiya) kompaniyalari bilan hamkorlik hamda investitsiyalarini jalb etishga doir faoliyatlari boshlandi. Mamlakat aholisini qish mavsumida gaz bilan ta'minlashni yaxshilash maqsadida 1999-yildan boshlab «VSI Indastriez» (AQSh) kompaniyasi bilan hamkorlikda «Dresser- Rend» kompressorlarini qoilash asosida Xo‘jaobod yerosti gaz zaxirasi ishga tushirildi. Shuningdek, «Teknip» (Fransiya), «Marubeni», «Djey Dji-Si» (Yaponiya) kompaniyalari bilan qator hamkorlik faoliyatlari amalga oshirildi.

Mamlakatda neft mahsulotlari ishlab chiqarish sifatini yaxshilash borasida 2001-yilda Faig‘ona neftni qayta ishlash zavodi qayta qurilishining birinchi bosqichi «Mitsui» va «Toyo injiniring» (Yaponiya) kompaniyalari bilan hamkorlikda o‘z yakuniga yetdi. Bu loyihani moliyalashtirishda Yevropa Tiklanish va Rivojlanish Banki ham o‘z investitsiyalari bilan ishtirok etdi.

Markaziy Osiyo hududidagi eng yirik hisoblangan Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasining qurilishi esa «ABB Lummuus Glabal» (AQSh) kompaniyasi tomonidan boshqarilayotgan konsorsium bilan hamkorlikda amalga oshdi. Konsorsium tarkibida «Mitsui», «Toyo injinering», «Nisho-Ivai» (Yaponiya) va «ABB Soimi» (Italiya) kabi kompaniya va boshqa tashkilotlar ishtirok etib, 2001. yil dekabrida mazkur majmuaning xalqaro taqdimoti bo‘lib o‘tdi.



  1. yil 16-iyunda 0‘zbekiston Respublikasi hukumati bilan «Lukoyl» OAJ o‘rtasida Kandim guruhi, Xauzak va Shodi konlarini o‘zlashtirish bo‘yicha MTK (mahsulot taqsimoti bo'yicha kelishuv) hamda Ustyurt mintaqasida geologiya-razvedka ishlarini olib borish to‘g‘risida kelishuv imzolandi. Loyiha bo‘yicha gaz qazib chiqarishning yillik hajmi 8,8 mlrd. kub. metigacha yetkazish mo‘ljallangan. Loyihani amalga oshirish natijasida qo‘shimcha 7000 ta ishchi o'rinlari barpo etilishi, ajratiladigan investitsiyalar miqdori taxminan 1 mlrd. AQSh dollarini tashkil etishi kelishildi. MTKning amal qilish muddati esa 35 yilga belgilandi. U 2004- yil 24-noyabridan boshlab kuchga kirdi. 0‘zbekiston energetikasining xomashyo bazasi 190 dan ortiq tabiiy gaz, neft, gaz kondensati, ko‘mir konlaridan iborat bo‘lib, ularning umumiy zaxirasi 2,1 — 5,7 mlrd. tonna (neft ekvivalenti bo‘yicha) hajmda baholanmoqda. Tabiiy gaz zaxirasi esa 1,8 — 2 trln. kubometr hajmda ekanligi hisoblangan. Mamlakat MDH davlatlari ichida tabiiy gaz ishlab chiqarish bo‘yicha ikkinchi o‘rinni egallagan.



Hozirgi davrga kelib 0‘zbekistonda yoqilg'i-energetika kompleksi (YoEK) sohasida innovatsiyaviy texnologiyalarni rivojlantirishda va boshqa sohalardagi hamkorlik faoliyatida 12 ta xorijiy kompaniyalar ishtirok etgan. Ularning ichida eng yiriklari sifatida «Lukoyl» va «Gazprom» (Rossiya), Neft va gazni qidirish va qazish bo‘yicha Xitoy milliy korporatsiyasi (CNODC), Malayziya «Petronas Carigali Overseas Sdn. Bhd.» kompaniyasi, CNPC Silk Road GroUp LLC (XXR) va Janubiy Koreyaning neftgaz kompaniyasi (KNOC) kabilarni ko'rsatish mumkin. Bu kompaniyalarning faoliyati natijasida 43 ta izlash va qidirish quduqlari buig‘ilandi, 12 ta yirik uglevodorod koni ochildi. Natijada zaxiralarni o‘sish hissasi 30 foizni tashkil eta boshladi. Albatta, bunday katta rivojlanishlarga asosan zamonaviy innovatsiyalarni joriy etish natijasida erishildi.

Shuningdek, mamlakatda uglevodorodlar zaxiralari o‘sish sur'atlarini oshirish maqsadida «0‘zbekneftgaz» Milliy xolding kompaniyasi tomonidan «0‘zbekiston Respublikasi neft va gaz sohasini 2020-yilgacha rivojlantirish» Konsepsiyasi ishlab chiqildi. Kompaniya ma’lumotlariga binoan hoziigi davrda mamlakatimiz hududida 232 ta gaz va neft koni aniqlangan. Ulardan 103 tasida qazish ishlari ketmoqda, qolganlari esa kelgusi avlodlar uchun konservatsiya qilingan yoki o‘z qidiruv bosqichini davom ettirmoqda. Hozirgi davrgacha qidiruv natijasida o‘rganilgan uglevodorod zaxiralari respublikada tabiiy gaz qazib olishni 32 yil, neft va kondensatni esa 33 yil davom etishini ta'minlay oladi'74.

Hoziigi davrda Suigil konlarida Ustyurt GXK qurish loyihasini amalga oshirish ishlari davom etmoqda. U ishga tushgach, Markaziy Osiyoda birinchi marta yiliga 100 ming tonna polipropilen mahsuloti, yana 400 ming tonna polietilen ishlab chiqaraboshlaydi. Bu «0‘zbekneftgaz» MXK vaJanubiy Koreya kompaniyalari Konsorsiumi bilan hamkorlikdagi loyiha asosida qurilmoqda.

Neft va gaz sanoati sohasida innovatsiyalarni keng qo‘llash natijasida 0‘zbekiston MDH va Yevropa hududida tabiiy gazdan sintetik suyuq yoqilg'i ishlab chiqarishni o'zlashtirgan birinchi mamlakat sifatida tanildi. «0‘zbekneftgaz» MXK Malayziyaning «PETRONAS» kompaniyasi va Janubiy Afrikaning «SASOL» kompaniyasi hamkorlikdagi loyiha asosida GTL (gazni suyultirish) texnologiyasi litsenziyasini olishga erishdi. Bu loyiha asosida quriladigan zavod yiliga umumiy hajmda 1,4 mln tonna tabiiy gazni dizel yoqilg‘isiga, aviakerosinga va suyultirilgan gazga aylantirib, qaytadan ishlab chiqarish quwatiga ega boiadi.

Hozirgi davrga kelib 0‘zbekiston hududida beshta neft va gaz ishlab chiqaruvchi (Ustyurt, Buxoro-Xiva, Surxondaryo, Hisor va Farg‘ona) hamda uchta istiqbolli (Xorazm, 0‘rta Sirdaryo va Zarafshon) mintaqalar mavjuddir. Rasmiy maiumotlarga binoan 2013-yil holati bo‘yicha O'zbekistonda 243 ta neft va gaz konlari ochilgan. Jumladan, 1991 —2012-yillarda 110 ta kon ochilgan. 243 ta uglevodorod xomashyosi konidan 194 tasi erkin gaz qatlamlari, 121 tasi neft va 157 tasi kondensat olinadigan konlar hisoblanadi.

Xulosa qilib aytganda, 0‘zbekistonda mustaqillikning o‘tgan 23 yili ichida zamonaviy yoqilg‘i-energetika kompleksi shakllanib, u rivojlangan va yuz yillab nefl hamda gaz ishlab chiqarayotgan mamlakatlar darajasidan ham oldinga o‘tib ketdi. Qisqa davr ichida mamlakatdagi boy energetika resurslari zamonaviy texnologiyalar asosida o'zlashtirilib, ular mamlakat milliy boyligini asosiy qismi sifatida o‘zini namoyon qildi.

Mustaqillik bizga o‘z milliy davlatimizga ega bo‘lish, milliy erkinlik, millatni rivojlanish va yuksalish, milliy qadriyatlarimizga ega bo‘lish huquqlarimizni tiklab olishimizdan tashqari bizga yana o‘z milliy resurslarimiz va boyliklarimizga egalik qilish huquqini ham berdi. Mustaqillik davrida mamlakatning nafaqat siyosiy, balki iqtisodiy salohiyati ham mislsiz darajada yuksaldi, balki mamlakat rivojlanish strategiyasining ustuvor yo'nalishi sifatida qo'yilgan muhim vazifa — mamlakatda gaz va neft sanoatini rivojlangan mamlakatlar darajasida yuksaltirishga doir islohotlar o‘z natija va samaralarini bera boshladi. Albatta, bu ulkan muvaffaqiyatlar va yutuqlar davlatimiz va jamiyatimiz rivojiga doir siyosatni to‘g‘ri va adolat tamoyillari asosida amalga oshirganligimiz sharofatidir. Mashaqqatlarni bartaraf etib o‘tgan har bir yilimiz yuz yilliklarga teng ekanligini ana shu bir sohadagi yuksalishlarning o‘zi isbotlab turibdi.

Tadbirkorlik va xususiy mulkchilikning rivojlanishi

Mustaqillik davrida bozor iqtisodiyotining asosiy tarmog‘i bo‘lgan xususiy biznes va tadbirkorlikning rivojlanishi ham beqiyos darajada rivojlandi. Ayniqsa, uning huquqiy asoslari fuqarolik jamiyati qurish talablari asosida shakllantirildi. 0‘zbekistonda bozor iqtisodiyoti sharoitlarida iqtisodiyotning asosi bo'lgan xususiy tadbirkorlik mustaqillik davriga kelib shakllandi. Mamlakat tarixida dastlab 0‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 53-moddasida xususiy mulkchilik va tadbirkorlikni rivojlantirishning asosiy sifati qoida mustahkamlab qo‘yildi: Bozor munosabatlarini rivoj- lantirishga qaratilgan 0‘zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma- xil shakllardagi mulk tashkil etadi. Davlat iste'molchilarning huquqi ustunligini hisobga olib, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini, barcha mulk shakllarining teng huquqliligini va huquqiy jihatdan bab-baravar muhofaza etilishini kafolatlaydi. Xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasidadir. Mulkdor faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibdagina mulkidan mahrum etilishi mumkin»175.

Shuningdek, mamlakatda tadbirkorlik va xususiy mulkchilikni rivojlantirish maqsadida uning huquqiy asoslari Fuqarolik kodeksiga 1991-yilda qabul qilingan «Tadbirkorlikto‘g‘risida»gi, 2002-yilda qabul qilingan «Tadbirkorlik faoliyati erkinligini kafolatlash to‘g‘risida»gi qonunlarda shakllantirildi.

Mazkur huquqiy asoslarning asosiy vazifasi fuqarolarning tadbirkorlik faoliyatida erkin ishtirok etishi va manfaatdorligi uchun kafolatlar hamda sharoitlar yaratishdan, ularning ishchan- lik faolligini oshirishdan, shuningdek tadbirkorlik faoliyati subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishdan iborat edi.

«Tadbirkorlik faoliyati erkinligini kafolatlash to‘g‘risida»gi qonunning 18-moddasida tadbirkorlik faoliyati erkinligining konstitutsiyaviy kafolatlari sifatida quyidagi qoida mustahkamlab qo'yildi: «Davlat iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik erkinligini, barcha mulk shakllarining teng huquqliligini va huquqiy jihatdan bab- baravar muhofaza etilishini kafolatlaydi. Xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasidadir. Mulkdor mulkiga o‘z xohishicha egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasamif etadi. Tadbirkorlarga o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari, jamoat birlashmalarining g‘ay- riqonuniy qarorlari, ulaming mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafo- latlanadi»176.

Qonunlarda tadbirkorlik faoliyati subyektlarining o‘zlari ishlab chiqargan mahsulot yoki ko‘rsatilgan xizmatlarning hamda ulardan olgan daromadlar yoki foydaning mulkdori ekanligi belgilab qo‘yildi. Shuningdek, fuqarolarga fermer xo‘jaligi yuritish uchun yer uchastkalari ellik yilgacha bo‘lgan muddatga ijaraga berish qoidasi o‘rnatildi. Undan tashqari mulkdorlarga yana qator imtiyozlar, huquqlar va erkinliklar berildi.

Mamlakatda kichik biznes sohasida yakka tadbirkorlik eng ko‘p tarqalgan xo‘jalik sifatida rivojlandi. 2003-yilga kelib mamlakatda yakka tadbirkorlarning soni 3,5 mln. dan ortib ketdi. Ular asosan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish, savdo- sotiq, umumiy ovqatlanish, xizmat ko'rsatish va hunarmandchilik sohalarida band boidi.

2004-yilga kelib esa respublikada qariyb 283,9 kichik biznes korxonalari faoliyat ko‘rsatdi, ularda mikrofirmalar hissasi — 79,8 foiz, kichik korxonalar esa — 10,3 foiz to‘g‘ri keldi. 2004- yilda respublikaning har 1000 aholisiga 11 ta kichik biznes korxonasi to‘g‘ri keladi. 0‘zbekistonda qayd etilgan korxonalar umumiy sonida kichik va o‘rta biznes korxonalari hissasi 90 foizni tashkil etdi.

0‘zbekistonda kichik biznes qishloq xo‘jaligi sohasida ko‘proq rivojlandi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning asosiy qismini dehqon, fermer xo'jaliklari tashkil etdi. 2003- yilga kelib yalpi ichki mahsulot tarkibida kichik biznesning salmog‘i 35 foizni tashkil etdi. Kichik biznesda mahsulot hajmi, jumladan, yakka tadbirkorlikda ularning hissasi: sanoatda — 14,1 foiz, qurilishda — 41,3 foiz, qishloq xo‘jaligida — 76,4 foiz, savdo-sotiqda — 43,8 foiz, xizmat ko‘rsatish sohasida — 41,3 foizni tashkil etdi.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning aholi bandligi darajasini oshirishdagi roli ham ahamiyatli hisoblanadi. Haqiqatan ham, tadbirkor o‘z mablag‘larini ishlab chiqarish sohasiga kiritar ekan, ayni paytda o‘z daromadlarini oshirish bilan birga jamiyat boshqa a’zolarining ham ish hamda daromad bilan ta'minlanishiga moddiy negiz yaratadi. Mamlakatimizda bu boradagi faoliyat ham kengayib bormoqda: 2000—2008-yillar davomida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida band bo'lganlar soni 3,3 marta oshdi. 2010-yilning 1-yanvar holatiga kichik biznes va xususiy tadbirkorlikda band bo‘lganlar soni 8402,3 ming kishini, shu jumladan, yakka tadbirkorlar 6446,2 ming kishini, kichik korxona va mikrofirmadagi bandlar soni 1956,1 ming kishini tashkil etdi.

' Tajribalar ko‘rsatdiki, kichik biznesning ixchamligi, ha- rakatchanligi, iqtisodiy manfaatlarni nisbatan to‘laroq namoyon eta olishi, bozor konyunkturasi o‘zgarishlariga tez moslasha olishi kabi xususiyatlari uning iqtisodiyotni tubdan o‘zgartirishda eng samarali va qulay vositalardan biriga aylantirdi. Mazkur soha taraqqiyoti uchun alohida shart-sharoitlarning yaratilishi, soliq, bojxona va boshqa to‘lov imtiyozlarining belgilanishi, nisbatan arzon kredit resurslarining taqdim etilishi natijasida qisqa davr ichida kichik biznes korxonalarining soni ahamiyatli darajada oshib bordi. Statistik ma'lumotlarga ko‘ra, 1992-yilda ro'yxatga olingan kichik biznes korxonalarining soni atigi 16,5 mingtani tashkil etgan bo‘lsa, 2010-yilda bu ko‘rsatkich (fermer xo‘- jaliklaridan tashqari) 224,2 mingtaga yetdi, ya’ni deyarli 14 baravar o‘sdi. Amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida kichik biznes subyektlarining yalpi ichki mahsulotdagi ulushini keskin oshi- rishga erishildi.

Bozor iqtisodiyotining eng asosiy o‘zaklaridan biri bo‘lgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning mamlakat iqtisodiyoti salohiyatini oshirishdagi roli va o‘rni tobora mustahkamlanib bormoqda va bu jarayon iqtisodiyotning tarkibida bo‘layotgan ijobiy o'zgarishlarga kuchli ta’sir etmoqda. 2013-yilning o‘zida mamlakatda 26 mingdan ziyod kichik biznes subyekti ish boshladi177.

Ko‘rinib turibdiki, 0‘zbekiston iqtisodiyoti faqat mustaqillik davriga kelib rivojlandi. Bu davrda xalqning siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy erkinliklarga erishishi, 0‘zbekistonning milliy qadriyatlar va rivojlangan mamlakatlar tajribasi asosidagi va mustaqil davlat sifatidagi rivojlanish strategiyasini tanlaganligi, davlatning bosh islohotchi sifatidagi chora-tadbirlari tufayli mamlakatning salohiyati mislsiz darajada o‘sib bordi. Mamlakat jahon hamjamiyati tomonidan iqtisodiyoti rivojlangan davlat sifatida e’tirof etildi.

Bozor islohotlari va iqtisodiyotni liberallashtirish istiqbollari

O'zbekiston iqtisodiyoti «Olzbek modeli»ni tatbiq etish natija-sida jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining noxush oqibatlariga bardoshli ekanligi bilan ham xalqaro hamjamiyatga tanildi. Inqirozga qarshi kurash va uning oqibatlarini bartaraf qilishga doir strategiyani qabul qilinishi jahonda juda ham ozchilikni tashkil etgan mamlakatlar qatorida iqtisodiy rivojla- nish sur'atini ta'minlab berdi. Mamlakat yalpi ichki mahsuloti- ning yillik o‘sishi 2008-2013-yillarda 8 foizdan oshdi. Jahon moliyaviy institutlarining baholashicha dunyodagi eng yuqori ko'rsatkichlardan biri sifatida e’tirof etildi. 0‘zbekiston iqtiso- diyotining o‘sish sur’atlari rivojlangan mamlakatlarga xos tarzda namoyon bo‘la boshladi.

0‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 2010-yil 12-noyabrdagi qo'shma majlisida Prezident I.A. Karimovning «Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi» to‘g‘risidagi ma’ruzasida demokratik bozor islo- hotlarini va iqtisodiyotni liberallashtirishni yanada chuqurlash- tirishga doir ilgari surilgan dastur va uni amalga oshirish jarayoni bu sohada yangi bosqichni boshlab berdi.

Prezident I.A. Karimov o‘z ma'ruzasida iqtisodiyotni liberallashtirishni mamlakatni modernizatsiyalashning omili sifatidagi ahamiyatiga yuksak baho berib, istiqboldagi vazifalar to‘g‘risida quyidagi fikmi bildiradi: «...mustaqil taraqqiyotimizning o‘tgan davrida amalga oshirgan ishlarimizni sarhisob qilar ekanmiz, ularni haqqoniy baholash va islohotlar dasturiga ma’lum o‘zgartishlar kiritish bilan birga, birinchi navbatda ertangi kun talablaridan kelib chiqqan holda, mamlakatimizni isloh etish va modemizatsiya qilish yo‘lidagi izchil harakatlarimizni kuchay- tirishimiz, ularni yangi, yanada yuqori bosqichga ko‘tarishimiz darkor»178.

Mustaqillik davrida Fuqarolik, Yer, Soliq va Bojxona kodekslari, «Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida», «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida», «Chet el investitsiyalari to‘g‘risida», «Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to‘g‘risida»gi, islohotlarning keyingi bosqichida esa «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida», «Xususiy korxona to‘g‘risida», «Valutani tartibga solish to‘g‘risida», «Tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risida», «Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida»gi qonunlar, yangi tahrirdagi Soliq kodeksi va iqtisodiyotni isloh qilish bo‘yicha umumiy hisobda 400 dan ziyod qonun hujjatlari qabul qilindi. Ulaming barchasi mamlakat iqtisodiyotini yanada liberallashtirish va modernizatsiya qilishda mustahkam huquqiy asos bo‘lib xizmat qildi.

Konsepsiyada mustaqillikning o‘tgan davri ichida bozor islohotlarini liberallashtirish natijalari chuqur tahlil etilib, keyingi islohotlarni chuqurlashtirish davri uchun strategik dasturiy maqsadlar ilgari surildi. Unda har bir tadbirkor davlat xususiy mulkdor huquqlarining himoyachisi ekanligini o'zida chuqur his qilgan holda o‘z biznesiga bexavotir investitsiya kiritishi, ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirishi, mahsulot hajmi va olayotgan daromadini ko‘paytirishi, o‘z mulkiga o‘zi egalik qilishi, foydalanishi, tasarruf etishiga shart-sharoitlar yaratish maqsadida xususiy mulkka nisbatan davlat tomonidan berilayotgan asosiy kafolatlami mustahkamlashga qaratilgan «Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonunni ishlab chiqish va qabul qilish taklifi ilgari surildi.

Shu bilan birga, boshqaruv tizimini takomillashtirish, ortiqcha byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish maqsadida «Tadbirkorlik faoliyati sohasida mxsat berish tartib-qoidalari to‘g‘risida»gi Qonunni ishlab chiqish va qabul qilish muhim ahamiyat kasb etishi, unda tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun zarur bo‘lgan mxsat berish tartib-qoidalarining qat’iy cheklangan ro‘yxati va turlarini aniq belgilab qo‘yish, qonunda nazarda tutilmagan ortiqcha ruxsatnoma va mxsat berish tartib-qoidalarining yangi turlari kiritilishini qonun bilan keskin taqiqlashga doir huquqiy asoslarni shakllantirish vazifasi qo‘yildi.

Konsepsiyada mamlakatda o‘tgan davrda bozor iqtisodiyoti sohasidagi o‘zgarishlarning ishonchli qonunchilik bazasini istiqbolda qo‘llash amaliyoti va mamlakatimizda bozor munosabatlari rivojlanishining hoziigi davrdagi yangi real holatidan kelib chiqib, jiddiy qayta ko'rib chiqish zarurligi, jumladan, aksiyadorlik kompaniyalari o‘zlarining bozor munosabatlariga mos maqomiga muvofiq faoliyat yuritishi uchun «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonunni tanqidiy qayta ko‘rib, yangi tahrirda ishlab chiqish va qabul qilish hamda unda korporativ boshqaruv va na- zorat organlarining vakolatlari, huquqlari va javobgarligini yanada aniq belgilash lozimligi ko‘rsatib o'tildi. Mazkur qonundagi aksiyadorlik jamiyatlarining Kuzatuvchilar kengashlari, umumiy yig‘ilishlari, taflish komissiyalarining roli va ahamiyatini oshirish, minoritar, ya’ni qo‘lida aksiyasi kam bo‘lgan aksiyadorlarning kafolatlarini ko‘proq ta’minlash, barcha aksiyadorlami va bo‘lajak investorlarning aksiyadorlik kompaniyalari faoliyati to‘g‘risida axborot olish imkoniyatlarini kengaytirishni ko‘zda tutish maqsadga muvofiqligiga e’tibor qaratildi.

Shu bilan birga, Prezident I.A.Karimov o‘z ma’ruzasida amaldagi «Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat to‘g‘risida»gi Qonun bugungi kunda eskirganligi va zamon talablariga javob bermay qolganligi, shuni e'tiborga olgan holda, «Raqobat to‘g‘risida»gi yangi Qonunni ishlab chiqish va qabul qilish zarurligini ta'kidlab o‘tdi. Ushbu qonunda monopolistik faoliyatni nafaqat tovarlar bozorida, balki moliya bozorlarida ham tartibga solishni nazarda tutish lozimligi, shuningdek, birja savdolarida ham monopoliyaga qarshi mexanizmlarni, aksiyalarni sotib olish, qo‘shish va birlashtirish bitimlarini tartibga solish va nazorat qilish tartib-qoidalarini soddalashtirish bo‘yicha normalami ushbu qonunga kiritishni taklif qildi.

Konsepsiyada mamlakatimizda nodavlat sektoming faoliyati va mavqeyini ta'minlashda asosiy o‘rin tutuvchi 1991-yilda qabul qilingan «Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida»gi Qonun, o‘tgan davr mobaynida 80 tadan ortiq qonunosti hujjati unga uyg‘unlashtirilganiga qaramasdan, bugun qayta ko‘rib chiqishni va yangi tahrirda qabul qilishni talab eta- yotganligi ta’kidlab o‘tildi. Shuningdek, mamlakatda amalga oshi- rilayotgan bozor islohotlarining sur’ati va mantiqiy talablaridan kelib chiqqan holda, erkin bozor iqtisodiyoti munosabatlarini yanada rivojlantirishga xizmat qiladigan bir qator — «Kredit byuro- lari faoliyati va kredit axboroti almashuvi to‘g‘risida», «Garov reestri to‘g‘risida», «Rieltorlik faoliyati to‘g‘risida», «Investitsiya va pay fondlari to‘g‘risida», «lnnovatsiyalar va iqtisodiyotni moder- nizatsiya qilish to‘g‘risida»gi va boshqa yangi qonunlami qabul qilishni hayotning o‘zi taqozo etayotganligiga e'tibor qaratildi.

0‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 2010- yilning 12-noyabrida “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish” konsepsiyasini qabul qilgandan keyin unda taklif etilgan yangi huquqiy asoslami shakllantirish davri boshlandi. Unda taklif etilgan qonunlarning loyihalari ishlab chiqildi, ularning bir qismi parlament tomonidan qabul qilindi. Ayniqsa, 0‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 7-aprelda qabul qilgan «0‘zbekiston Respublikasida investitsiya iqlimi va ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora- tadbirlar to‘g‘risida»gi Farmoni Konsepsiyada ilgari surilgan vazifalarni amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etdi. Farmonga muvofiq, 2014—2015-yillarda investitsiya iqlimi va ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni rag'batlantirish samaradorligini oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar Dasturi tasdiqlandi. Unda ko'rsatilgan maqsad va vazifalarni amalga oshirish iqtisodiyotni liberallash- tirishning yangi bosqichini boshlab berdi.

Hoziigi daviga kelib mamlakatda iqtisodiyotni liberallashtirish islohotlari o‘zining ulkan natijalarini bera boshladi. 2013-yil yakunlariga binoan YalM tarkibida sanoatning ulushi 24,2 foizdan ziyodni tashkil etdi. Holbuki, bu ko‘rsatkich 2000-yilda 14,2 foizdan iborat edi, xolos. 2011—2013-yillaming o‘zida mamlakatda mahalliylashtirilgan mahsulotlar ishlab chiqarish hajmi qariyb ikki barobar oshdi. Faqat 2013-yilning o‘zida 455 ta korxonada mahalliylashtirish dasturi asosida 1 ming 140 ta loyiha amalga oshirildi. Buning natijasida ishlab chiqarish hajmi 1,2 barobar ko‘paydi va import o‘rnini bosish bo‘yicha yakuniy samara 5 mlrd. 300 mln. AQSh dollarini tashkil etdi.

Bozor iqtisodiyotining eng asosiy o‘zaklaridan biri bo‘lgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning mamlakat iqtisodiyoti salohiyatini oshirishdagi roli va o‘rni tobora mustahkamlanib bormoqda va bu jarayon iqtisodiyotning tarkibida bolayotgan ijobiy o‘zgarishlarga kuchli ta’sir eta boshladi. 2013-yilning o‘zida mamlakatda 26 mingdan ziyod kichik biznes subyekti ish boshladi, bu sektorda faoliyat ko'rsatayotgan korxonalarning umumiy soni yil oxiriga kelib 190 mingtaga yetdi. Hozirgi davrda mamlakat YalMning qariyb 55,8 foizi ayni shu sohada ishlab chiqarilmoqda. Vaholanki, 2000-yilda bu ko‘rsatkich 31 foizdan iborat edi. Ayni paytda ishlab chiqarilayotgan jami sanoat mahsulotlarining 23 foizi, ko‘rsatilayotgan bozor xizmatlarining deyarli barchasi, mahsulot eksportining 18 foizi, iqtisodiyot tarmoqlarida ish bilan band bo‘lgan aholining 75 foizi kichik biznes ulushiga to‘g‘ri kelmoqda179.

Hozirgi davrda jahon bozoridagi konyunkturaning beqarorligiga qaramasdan, mamlakatda 2013-yilda eksport hajmining o'sishi 10,9 foizni tashkil etdi. Tashqi savdo faoliyatidagi ijobiy saldo 1 mlrd. 300 mln. dollami tashkil etdi. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish qishloqda ham o‘zining ijobiy natijalarini bera boshladi. 2013- yilda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 2000- yilga nisbatan 2,3 barobar ko‘paydi. Faqat 2013-yilning o‘zida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish 6,8 foizga, jumladan, dehqonchilik — 6,4 foizga, chorvachilik — 7,4 foizga o‘sdi.

Yalpi ichki mahsulotning umumiy hajmida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ulushining kamayish tendensiyasi kuzatilmoqda. Bu holat iqtisodiyotda amalga oshirilayotgan chuqur tarkibiy o‘zgarishlar natijasida industrial mamlakatga xos bo‘lgan holat — yalpi ichki mahsulotning hajmida sanoatning ulushini keskin ko‘payib borayotganligi natijasida ro‘y bermoqda.

2013-yilda Investitsiya dasturini amalga oshirish doirasida mamlakatda 13 mlrd. dollar qiymatidagi kapital qo‘yilmalar o‘zlashtirildi. O'zlashtirilgan kapital qo‘yilmalar umumiy hajmining deyarli yarmini, ya’ni 47 foizini xususiy investitsiyalar — korxonalar va aholining shaxsiy mablag'lari tashkil etdi. Jalb etilayotgan investitsiyalarning asosiy qismi — 70 foizdan ortig‘i, birinchi navbatda, ishlab chiqarish obyektlarini qurishga yo‘naltirildi, eng yangi zamonaviy uskunalar xarid qilishga sarflangan investitsiyalar ulushi esa qariyb 40 foizni tashkil etdi. Umuman olganda, mamlakatimiz iqtisodiyotiga investitsiya kiritish hajmi YalMga nisbatan 23 foizdan iborat bo‘ldi180.

Ko‘rinib turibdiki, mustaqillikning o'tgan davri ichida «0‘zbek modeli» asosida bozor iqtisodiyotiga o'tish, bu sohani liberal- lashtirish o‘zini oqladi. Mamlakatda rivojlangan mamlakatlarga xos iqtisodiy munosabatlar va rivojlanish sur'atlari ro‘y bera boshladi. Jahon moliyaviy va iqtisodiy inqirozi sharoitida ham mamlakat yalpi ichki mahsulotining bir necha yillar davomida yiliga 8 foizdan o‘sib borganligi fikrimizga dalildir. Shu bilan birga, iqtisodiy salohiyatni o‘sishi nafaqat ijtimoiy sohani rivojlanishiga ta'sir qildi, balki jamiyatda yangi ijtimoiy qatlamlami shakllanishiga shart-sharoitlar yaratdi. Mamlakatda mulkdoriar sinfi shakllandi. Xalqimizda xususiy mulkchilikka nisbatan yangi qarashlar shakllandi. Iqtisodiy rivojlanish natijalari aholi farovonligining manbayi sifatida namoyon bo‘la boshladi.

Takrorlash uchun savollar:




  1. Sobiq ittifoq davri iqtisodiyoti va uning inqirozi nimalarda namoyon bo‘ldi?



  2. Prezident I.A.Karimovtomonidan ilgari surilgan «0‘zbek modeli»da bozor iqtisodiyotiga o‘tishga doir qanday o'ziga xos xususiyatlar mavjud?



  3. 0‘zbekistonda bozor munosabatlariga o‘tish qanday kechdi?



  4. 0‘zbekistonda tadbirkorlik va xususiy mulkchilikning rivojlantirish islohotlari qanday kechdi?



  5. 0‘zbekistonda bozor islohotlari va iqtisodiyotni liberal- lashtirish istiqbollari to‘g‘risida nima deya olasiz




Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin