Islom Karimov


Qishloq iqtisodiyotining yuksalishi



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə22/29
tarix17.09.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#144616
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   29
Islom Karimov-fayllar.org

Qishloq iqtisodiyotining yuksalishi. Mustaqillik arafasida iqtisodiyotning muhim tarmog‘i bo‘lgan qishloq xo‘jaligini kam samaradorligining eng asosiy sababi bu sohaga ma'muriy- buyruqbozlik usulida rahbarlik qilish natijasi edi. Xo‘jaliklar rahbarlari mayda-chuyda masalalarni ham o‘zlari mustaqil hal qilolmas, faqat yojqoridan buyruq kutib turishardi. Hatto, ekish, hosilni yig‘ishtirib olish, chorvani oziqlantirish me'yorlari, chorvaning turi va soni, qancha maydonga ekin ekish, paxta yetishtirish hajmi va hosildorligi faqat yuqoridan belgilanardi.

Respublikada ishlab. chiqarilayotgan paxta adolatsiz narx siyosati tufayli arzon bahoda olib chiqib ketilishi (0‘zbekistonda yetishtirilgan paxta hosilining faqat 7 foizi qoldirilar edi) natija- sida ijtimoiy-iqtisodiy ahvol yildan yilga og‘irlashib bordi.

Rahbariyatning xarid narxlarini qayta ko‘rib chiqish, xomashyo yetishtirish sermehnat ekin ekanligini so‘rab qilgan takliflari inobatga olinmadi. Narxlar pastligicha qolaverdi. Aslini olganda, o‘tgan asrning 80-yillarida o‘zbek paxtasining xarid narxi jahon narxlaridan 5 baravar kamroq edi. XX asrning 90-yillari oxiriga kelib ham 0‘zbekiston 450—500 ming tonna kartoshkani chetdan sotib olar edi. Kartoshkaning deyarli yarmi yoida chirib ketar, qolgan qismi esa o‘zining foydali. xususiyatlari va ta'mini yo'qotar edi.

0‘zbekiston mustaqillik davrida qishloq xo'jaligida amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlar va institutsional o‘zgarishlar natijasida zamonaviy fermer xo'jaligi mamlakatiga aylandi. Ularning soni 2008-yilda 217,1 mingtaga yetdi va bu xo‘jaliklarning 5787,7 minggektaryerida 1621,4 ming ishchi faoliyat ko‘rsata boshladi. Fermer xo‘jaliklari 86 % paxta, 79,8 % g‘alla, 3,7 % chorvachilik mahsulotlari va 39,6 % meva va sabzavot mahsulotlarini yetkazib berdi. 2007-yilda fermer xo‘jaliklarining qishloq xo‘jaligi yalpi mahsuloti ishlab chiqarishdagi ulushi — 34,7 %ni (2000-y. — 10,0 %) tashkil etdi.

0‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 6-oktabr- dagi «Fermer xo‘jaliklari tasarrufidagi yer uchastkalari maydo- nini maqbullashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoyishi asosida respublikadagi fermer xo‘jaliklarini yiriklashtirish, ularni faoliyati samarasini va iqtisodiy salohiyatini oshirish maqsadida ularning soni 215 ming 776 tadan 107 ming 381 taga yoki 51 foizga kamaytirildi.

Shuningdek, 0‘zbekiston Respublikasi Prezidentining2009- yil 22-oktabrdagi «Fermer xo‘jaliklari tasarrufidagi yer uchastkalari maydonlarini yanada maqbullashtirish chora-tadbirlari to‘g‘- risida»gi farmoyishi ijrosini amalga oshirish maqsadida yer maydonlari to‘liq inventarizatsiyadan o‘tkazilib, fermer xo‘ja- liklarining faoliyatini tanqidiy baholash asosida ularning yer maydonlarini maqbullashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli va puxta o‘ylangan ishlar amalga oshirildi. Natijada, 26 ming 753 ta (24,9 foiz) fermer xo‘jaliklari tugatilib, fermer xo‘jaliklarining umumiy soni 80 ming 628 tani tashkil etdi. O'rtacha bir fermer xo‘jaligiga to‘g‘ri kelgan yer maydoni 62,4 gektardan iborat boidi. 2012- yilga kelib mamlakatdagi jami haydaladigan yerlaming 85 foizdan ortig'i, yetishtiriladigan qishloq xo'jaligi mahsulotlarining asosiy qismi aynan fermerlar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

Hozirgi davrga kelib bozor iqtisodiyotiga o'tish qishloqda ham o‘zining ijobiy natijalarini bera boshladi. 2013-yilda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 2000-yilga nisbatan 2,3 barobar ko‘paydi. Faqat 2013-yilning o‘zida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish 6,8 foizga, jumladan, dehqonchilik



  1. 6,4 foizga, chorvachilik - 7,4 foizga o‘sdi.



Qishloq xo'jaligini bozor iqtisodiyoti asosida chuqur isloh etish aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan to‘liq ta'minlashga zamin tug'dirish barobarida ularni chet mamlakatlarga eksport qilishga ham keng imkonlartug'ildi. Xususan, g'alla yetishtirish 2000-yilga nisbatan 2 barobar, kartoshka — 3,1 barobar, sabzavot



  1. 3,2 barobar, uzum — 2 barobar, go'sht va sut — 2,1 karra, tuxum 3,4 barobar oshdi. 2013-yilda 7 mln. 800 ming tonna g‘alla, 8 mln. 400 ming tonna sabzavot yetishtirildi. 3 mln. 360 ming tonnadan ortiq paxta xomashyosi tayyorlandi172.



Mustaqillik davrida qishloq aholisining uy-joyga nisbatan o‘sib borayotgan ehtiyojlarini qondirish maqsadida yakka tartibda uy- joy qurish bo‘yicha kompleks ishlarni amalga oshirishning yaxlit institutsional tuzilmasi tashkil etildi. Hoziigi 0‘zbekiston qishlog‘i



  1. eski tuzumning barcha asoratlaridan xoli boigan, erkin va obod maskandir. Qishloqda mulkdorlar qatlamini o‘sib borishi, uning qiyofasini zamonaviylashish jarayorii, madaniy yuksalishi, qishloq aholisining dunyoqarashidagi tub o‘zgarishlar — mustaqillik sharofati tufayli yuz bermoqda. Bu «0‘zbek modeli» yoiining to'g'riligini va muqarrarligini anglatadi.




Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin