Jahon tarixi


Iqtisodiy taraqqiyotning yangi xususiyatlari



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə108/137
tarix26.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#148709
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   137
8-sinf Jahon tarixi [uzsmart.uz]

Iqtisodiy taraqqiyotning yangi xususiyatlari. 
M eydzi 
islohotlari mamlakatda feodal tarqoqlikka chek qo‘ydi. Nati- 
jada yagona yapon ichki bozori vujudga keldi. Mamlakatda 
yagona pul birligi — iyen joriy etildi. Elukumat ishlab chi- 
qarishni industrlashtirish masalasiga Yaponiyani uning ichki 
ishlariga chet davlatlar aralashuvi xavfidan himoya qiluvchi 
asosiy omil deb qaradi. Shuning uchun ham davlat sanoat 
korxonalari qurilishlariga hom iylik qildi. Asosiy sanoat 
korxonalari davlat mablag‘i hisobiga qurildi, keyinchalik ular 
imtiyozli asoslarda turli firmalarga sotildi yoki ijaraga berildi. 
Davlat tadbirkorlikni har tomonlama rag‘batlantirdi va qo‘llab-
125


quwatladi. Meydzi islohotlari tarixga «Meydzi inqilobi» nomi 
bilan kirgan.
0 ‘zingizni sinang:
♦ 1854-yilda ... . 
♦ M a’rifatli boshqaruv — bu ... .
♦ 1867-yil... .
Yapon jangchilari ongiga ... kabi g'oyalar singdirilgan.
Modernizatsiya — z,um ona viyl ash t Irish.
Eksterritorial huquq — chetel fuqarolarining shaxsi,
uy-joyi va mol-mulki daxlsizligi hamda mahalliy davlat
sudining ularni sud qila olmasligi.
Savol va topshiriqlar 1
 2
 3
 4
1. Nima sababdan A Q SH va Yevropa davlatlari uchun Yaponiyani
«ochilish»ga majbur etish zanir edi?
2. Yaponiyada Syogan hokimiyati qay tariqa a g ‘darildi?
3. Imperator Musuxito о ‘tkazgan islohotlar haqida nim alam i bilib
oldingiz?
4. Meydzi islohotlarining Yaponiya taraqqiyotidagi о ‘miga baho bering.
34-§. XVI — XIX asrning 70-yillarigacha
bo‘lgan davrda Koreya
Koreyaning kuchsizlanishi. 
VII sinf «Jahon tarixi» 
darsligidan ma’lumki, 1392-yili hokimiyatga kelgan Li 
sulolasi asoschisi Li Song (1392—1398) Koreyani, awalgi 
sulola davrida atalgan «Когуо» o‘rniga, «Choson» deb atadi. 
Li Song davrida Koreyaning davlat tuzumi Minlar sulolasi 
davridagi Xitoy namunasida qaytadan tashkil qilindi. Ammo 
yangi davr boshlarida Koreya taraqqiyotda qo‘shni dav- 
latlardan tobora ortda qolib bordi. Buning ichki sabablari XIV— 
XV asrlarda o ‘rnatilgan yerga egalik qilishning feodal shakli 
saqlanib qolayotganligida edi. Natijada feodallar (yer-mulk 
egalari) va amaldorlar tomonidan davlat yerlarini egallab olish 
hollari ko‘paydi, qishloq xo‘jaligida sudxo‘rlik avj oldi. Erkin 
dehqonlar soni kamayib ketdi, dehqonlar qo‘zg‘olonlari avj 
oldi. Qishloq xo‘jaligidagi bunday holatga shahar iqtisodi, 
sanoat va savdoning past darajasi mos kelardi. Hunarmandlar 
ham, huddi dehqonlar singari, qaram qilingan edi.
126



Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin