XIX asrning o ‘rtalarida Koreyadagi ichki vaziyat xalq
g‘azabining oshib borishi bilan xarakterlanadi. Missioner-
lardan biri o ‘z yashirin xabarida: «Kichik bir uchqun shunday
yong‘in keltirib chiqarishi m umkinki, uning oqibatlarini
hatto hisobga olib ham bo ‘lmaydi», deya yozgandi. 60-yillar-
ning boshidagi ocharchilik ahvolni yanada og‘irlashtirib
yubordi. Dehqonlarning ko‘plab
qo‘zg‘olonlari ko‘tarildi,
biroq ularning hammasi hukumat tom onidan shafqatsizlik
bilan bostirildi.
Bu orada kapitalistik davlatlarning Koreyaga bosimi ham
kuchaydi. Ayniqsa, amerikaliklar bir necha bor Koreya port-
larini o‘zlari uchun «ochishga» va teng boMmagan shartnomalar
tuzishga urinib ko‘rdilar. Lekin ularning barcha urinishlari
koreyslarning qattiq qarshiligiga uchradi va amalga oshmadi.
Biroq Koreya hukmron tabaqalarining zamon talablariga
mos iqtisodiy islohotlarni o ‘tkazmaganligi mamlakatni tashqi
dunyodan ajratib qo‘yganligi Koreya iqtisodiyotining nochor
ahvolda qolaverishiga sabab bo ‘ldi. Bu esa oxir-oqibat Ko-
reyaning Yaponiya mustamlakasiga aylanib qolishiga olib
keldi.
Buning qanday ro‘y berganligini Siz IX sinfda bilib olasiz.
Dostları ilə paylaş: