Burjuaziya vakillari, savdogarlar, yangi zodagonlar, hur-
fikrli dindorlar ham davlat ishlaridan chetlatildi. Mamlakatda
senzura kuchaydi. Mavjud siyosiy raqiblar sud ta ’qibiga
duchor etildi. Natijada ko‘plab fuqarolar chetellarga chiqib
ketdilar. Qirol o‘z tarafdorlariga ichki va tashqi savdoda katta
huquqlar berdi. Bu siyosat narx-navoning ko‘tarilishiga olib
keldi.
Bundan savdogarlar, yangi zodagonlar, hunarmandlar va
barcha oddiy kishilar jabr ko‘rdilar. Buning ustiga shu orada
Shotlandiya Angliyaga hujum qildi. Bu esa vaziyatni yanada
og‘irlashtirib yubordi. Yuqorida qayd etilgan barcha omillar
Angliyada inqilob yuz berishini muqarrar qilib qo‘ydi.
Dostları ilə paylaş: