Qishloq xo‘jaligida ham bozor m unosabatlarining qaror
topishi tezlashdi. Bu omillarning barchasi katta mavqega ega
bo‘lgan o‘rta tabaqaning shakllanishiga olib keldi.
0 ‘rta tabaqa vakillari qirol hokimiyatini inkor etmagan.
Aksincha, uning parlament bilan
hisoblashishining tarafdori
bodganlar. Burjuacha hayot tarzi — tejamkorlik, mehnatse-
varlik va izlanuvchanlik jihatlari tobora chuqur ildiz otib bordi.
Inqilobning sabablari.
Angliya qiroli mamlakat parlamenti
va
puritanlarga
qarshi kurash boshladi. Buning oqibatida
vujudga kelgan qarama-qarshilik
inqilobning asosiy sababiga
aylandi. Qirol Yakov I ning maqsadi parlament mavqeyini
yo‘qqa chiqarish va eski feodal tartiblarni saqlab qolish edi.
Qirol mahsulot sifati yomonlashadi, degan bahona bilan yangi
ixtirolarni qo‘llashni taqiqlab qo‘ydi. Bu esa manufaktura
ishlab chiqarishi rivojiga salbiy ta ’sir ko‘rsatdi.
Hukmron
tabaqa, davlat amaldorlari o‘rtasida davlat xazinasini talon-
taroj qilish kuchaydi. Qirol hatto b a ’zi tovarlarni ishlab
chiqarish va sotish uchun ruxsatnomani tadbirkor va savdo-
garlarga xohlagan narxda
sotar edi.
Oqibatda savdogarlar
xarajatlarni qoplash uchun narx-navoni oshirishga majbur
boMardilar. Yakov I ning tashqi siyosatidan burjuaziyaning
ham noroziligi kuchayib bordi. Bunga asosiy raqib — Ispaniya
bilan murosasozlik qilinayotganligi sabab bo‘ldi.
Karl I qirolligi davrida (1625—1649) ham vaziyat o‘zgar-
madi. U jamiyatda yuz berayotgan o‘zgarishlarni tushunish
va ularni qabul qilishni istamadi. Aksincha,
Karl I Fransiya
monarxi kabi cheklanmagan huquqqa ega boMishga intildi.
Ayni paytda, yangi — kapitalistik jamiyat tarafdorlari ham
qo‘l qovushtirib o‘tirmadi. Parlament amalda ularning qo‘lida
edi. 1628-yilda parlament «Fluquqlar to ‘g‘risidagi
bill»
va «Flu-
quqlar to ‘g‘risidagi
petitsiya
»ni qabul qildi. Bu ikki hujjat
qirolga parlament roziligisiz birorta yangi soliq joriy etmaslik
va sudning ruxsatisiz qamoqqa olishlarni taqiqlash majbu-
riyatini yukladi. Bunga javoban
qirol parlamentni tarqatib
yubordi. Shu tariqa mamlakatda qirolning yakka hokimiyati
o ‘rnatildi.
Angliyada 1225-yili qabul qilingan «Erkinlikning buyuk
xartiyasi» hujjati va uning m azm uni yodingizdami?
41
Burjuaziya vakillari, savdogarlar,
yangi zodagonlar, hur-
fikrli dindorlar ham davlat ishlaridan chetlatildi. Mamlakatda
senzura kuchaydi. Mavjud siyosiy raqiblar sud ta ’qibiga
duchor etildi. Natijada ko‘plab fuqarolar chetellarga chiqib
ketdilar. Qirol o‘z tarafdorlariga ichki va tashqi savdoda katta
huquqlar berdi. Bu siyosat narx-navoning ko‘tarilishiga olib
keldi.
Bundan savdogarlar, yangi zodagonlar,
hunarmandlar va
barcha oddiy kishilar jabr ko‘rdilar. Buning ustiga shu orada
Shotlandiya Angliyaga hujum qildi. Bu esa vaziyatni yanada
og‘irlashtirib yubordi. Yuqorida qayd etilgan barcha omillar
Angliyada inqilob yuz berishini muqarrar qilib qo‘ydi.
Dostları ilə paylaş: