Jahon tarixi



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/137
tarix26.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#148709
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   137
8-sinf Jahon tarixi [uzsmart.uz]

Yangi ixtirolar. 
XVI—XVII asrlar yangi ixtirolar davri ham 
bo ‘ldi. Odamlar uchun energiyaning yangi manbalari juda 
zarur edi. Busiz ishlab chiqarishni yanada rivojlantirishning 
iloji yo‘q edi.
XVI asrdan boshlab odamlar suv va shamoldan energiyaning 
manbayi sifatida yanada kengroq foydalana boshladilar. 
Shuningdek, tokarlik dastgohining ixtiro qilinishi katta aha- 
miyatga ega bo‘ldi. Ixtirolarning anchagina qismini tog‘-kon 
sanoati sohasidagi ixtirolar tashkil etdi. Chunki shaxta konlari 
chuqurligi 200 metrdan 800 metrgacha yetgan edi. Bu esa 
shaxtalardagi suvni chiqarib tashlash ishini dolzarb muam-
39


moga aylantirib qo‘ydi. Inson zakovati bu muammoni o‘sha 
davr sharoitida hal etishning yo‘lini topdi. Chunonchi, shax- 
talardagi suvni tortib oladigan nasos ixtiro qilindi. Bu ixtiro 
shaxtadan suvni qo‘l kuchi bilan chiqarishga jalb etilayotgan 
600 kishining o‘rnini bosdi.
XVII 
asrda rada portlatish yo‘li bilan olina boshlandi. Tog‘- 
kon sanoati va metallurgiya rivojlangan hududlarda o‘rmonlar 
m aydoni tobora qisqarib bordi. Bu omil toshko‘m irdan 
foydalanishning o‘ylab topilishiga olib keldi. Angliya ko‘mir 
qazib chiqarish markaziga aylandi.
Panteizm 
— xudo bilan tabiat bir narsa, ular bir butunni
tashkil qiladi, deb hisoblovchi ta’limot.
Savol va topshiriqlar 1
 2
 3
 4
 5
1. N. Kopemik qanday olamshumul kashfiyotni amalga oshirdi?
2. Nima uchim inkvizitsiya J. Brunoni gulxanda kuydirib o ‘Idirishga
hukm qildi?
3. G. Galileyning ijodi va ayanchli taqdiri haqida nimalarni bilib
oldingiz?
4. Cherkov ilm-fan namoyandalariga qarshi kurashda qanday usiiUami
qo ‘llagan ?
5. X V I—X V II asrlarda qanday yangi ixtirolar amalga oshirildi?
BUNI 0 ‘QING
1992-yilda Rim Papasi Ioann Pavel II (marhum) G. Galileyga 
nisbatan inkvizitsiya sudi qarori bekor qilinganligi va G. Galileyning 
oqlanganligini e’lon qildi. Ayni paytda u inkvizitsiyaning buyuk olimga 
nisbatan o ‘tkazgan zulmi uchun kechirim so‘radi.

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin