shu tarmoqning asosini tashkil etuvchi korxona (zavod, fabrika,
elektrostansiya, shaxta, kon)lar yig‘indisidir. Sanoat industriya
deb ham ataladi.
Sanoat og‘ir va yengil sanoatga bo ‘linadi. Og‘ir
sanoat
deganda, sanoatning ishlab chiqarish qurollari va vositalarini
ishlab chiqaradigan tarmog‘i tushuniladi. Bunga sanoatning
mashinasozlik,
metallurgiya, energetika, kimyo, neft kabi tar-
moqlarini misol qilib keltirish mumkin.
Yengil sanoat esa sanoatning keng iste’mol
buyumlari
ishlab chiqaradigan tarmog‘idir. Masalan, oziq-ovqat, kiyim-
kechak, gazlama mahsulotlari ishlab
chiqarish bunga misol
bo‘la oladi. Sanoat bugungi kunda shunday ko‘rinishga ega.
U XVIII asrda qanday edi? Sanoat to ‘ntarishi qay tariqa ro‘y
berdi va uning oqibatlari nimalarga olib keldi?
Sanoat to‘ntarishi uchun shart-sharoitning yetilishi.
Sanoat
to ‘ntarishi deganda, qo‘l mehnatiga asoslangan manufaktura
ishlab chiqarishidan mashinalar keng qodlaniladigan fabrika-
zavod ishlab chiqarishiga o ‘tish tushuniladi.
XVIII asr
o‘rtalarida Buyuk Britaniyada shunday to ‘ntarish yuz berishi
uchun barcha shart-sharoitlar mavjud edi.
Birinchidan,
qishloq xo‘jaligi sohasida o ‘tkazilgan islohot
ortiqcha ishchi kuchini vujudga keltirdi. 0 ‘z navbatida,
ortiq-
cha ishchi kuchi shaharlarga ketib sanoatda yollanib ishlashga
tayyor edi.
Ikkinchidan
, tovar sotish bozori shakllandi. Qolaversa, mam-
lakat aholisi va shaharlar soni tobora oshib bordi.
Uchinchidan
,
mamlakatda yer oldi-sotdisi, mustamlaka-
lardan kelayotgan boylik hisobiga katta sarmoya to ‘plab olgan
burjuaziya fabrikalar qurish va ularda texnikani qo ‘llash
imkoniga ega bo‘ldi. Shu tariqa mashinalar
ixtiro qilish hayo-
tiy zaruratga aylandi.
1761-yilda «San’at va sanoatni rivojlantirish jamiyati»ning
yigiruv mashinasini ixtiro qilgan kishiga katta mukofot va’da
qilganligi bejiz emas edi.
Dostları ilə paylaş: