Jahon tarixi



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/137
tarix26.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#148709
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   137
8-sinf Jahon tarixi [uzsmart.uz]

1688-yilgi saroy to‘ntarishi. 
1658-yilda Kromvel vafot etdi. 
Yangi zodagonlar va buquaziya mamlakatda Respublika tuzu- 
midan norozi katta yer egalari kayfiyatini ham hisobga olib 
monarxiyani qayta tiklashga qaror qildilar. BoMajak monarx 
oldiga inqilob natijasida yangi zodagonlar va buquaziya qo‘lga 
kiritgan imtiyozlarni tan olish hamda parlament bilan kelishib 
ishlash shartini qo‘ydilar. Shu tariqa o‘zaro kelishuvga ko‘ra 
1660-yilda monarxiya qayta tiklandi. Taxtga qatl etilgan qirol 
Karl I ning o‘g‘li Karl II o‘tqazildi.
Biroq vaqt o‘tishi bilan u inqilob qatnashchilarini ta ’qib 
etish, ularning yer-mulklarini tortib olish siyosatini yurita 
boshladi. Hatto parlamentni bir necha bor tarqatib ham yubor- 
di. Bir so‘z bilan aytganda u mamlakatda qirolning mutlaq 
hokimiyatini tiklashga urindi.
45


1685-yilda uning o‘rnini egallagan ukasi Yakov II esa mam- 
lakatda katolik dinini tiklashga kirishdi. Bu esa aholi o‘rtasida 
keskin norozilikni vujudga keltirdi. Buijuaziya va yangi zoda- 
gonlar bunday sharoitda Yakov II ni taxtdan mahrum qilishdi 
va uning kuyovi — Gollandiya hukmdori Vilgelm III van 
Oran’yeni Angliya taxtiga o‘tqazishga qaror qildilar. Vilgelm 
III protestant edi. Uning Angliya taxtiga o‘tirishi mamlakatda 
katoliklikning kuchayishi xavfmi butunlay bartaraf etardi.
1688-yilda Vilgelm III o‘z qo‘shini bilan Londonga kirib 
keldi va Angliya taxtiga o‘tqazildi. Yakov II esa Fransiyaga 
qochib ketdi. Shu tariqa Angliya tarixida «Sharafli inqilob» 
deb atalgan saroy to ‘ntarishi amalga oshirildi. Bu to ‘ntarish 
uzoq davom etgan qirol va parlament o‘rtasidagi o‘zaro ku- 
rashga chek qo‘ydi. Vilgelm III parlament shartlariga rozi 
bodganligi tufayligina taxtni egallay oldi. Parlament qirolga 
parlament, qirol hamda hukumatning huquq va majburiyatlari 
yozilgan «Huquqlar 
deklaratsiyasi»
deb nomlangan hujjatni 
taqdim etdi. Qirol bu hujjatni imzoladi. Unga ko‘ra, qirol 
qo‘shin, sud, mamlakat moliyasi ustidan b o ‘lgan hukm- 
ronlikdan mahrum bo‘ldi. Shu tariqa parlament bilan qirol 
o‘rtasidagi kurash parlamentning g‘alabasi bilan yakunlandi. 
Angliyada kuchli parlamentli cheklangan monarxiya tuzumi 
o ‘rnatildi.
Topshiriq
V III sinf « 0 ‘zbekiston davlati va huquqi asoslari» darsli- 
gingizdan cheklangan monarxiya yana qanday boshqacha nom
bilan atalishini toping.

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin