Jahon tarixi



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/137
tarix26.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#148709
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   137
8-sinf Jahon tarixi [uzsmart.uz]

Savol va topshiriqlar 1
 2
 3
 4
 5
 6
1. Angliyada nima uchun fuqarolar urushi ro ‘y berdi?
2. Fuqarolar urushining oqibatlari nimalardan iborat b o ‘Idi?
3. Angliyada harbiy diktatura qay tariqa o'matildi?
4. O.Kromvelning Angliya tarixida tutgan o'miga baho bering.
5. 1688-yilgi saroy to ‘ntarishi го у bermasligi mumkinmidi?
6. Angliya butjua inqilobining tarixiy ahamiyati haqida nimalarni
bilib oldingiz?
Mustaqil ish
«Iqtisodiy bilim asoslari» darsligingiz materiallari asosida bozor 
munosabatlari tushunchasiga berilgan ta ’rifni va bozor iqtisodiyotinmg 
asosiy belgilarini aniqlang.
13-§. Angliyaning dunyoda birinchi sanoat
mamlakatiga aylanishi
Davlat tuzumi. 
XVIII asrda Angliya cheklangan mo- 
narxiya davlati edi. Davlat boshlig‘i qirol bo‘lib, huku- 
matni parlament saylovida g‘olib chiqqan ikki 
siyosiy
47


partiyadan
biri tuzardi. Butun hokimiyat parlament qo‘lida 
edi. Parlamentning Jamoa palatasida tori va vigilar partiyalari 
faoliyat ko‘rsatgan.
Torilar qirolning huquq va manfaatlarini himoya qilar 
hamda mavjud tartiblarning buzilmasligi uchun kurashgan.
Vigilar esa parlament huquqlarini himoya qilardi. Mam- 
lakatda muhim iqtisodiy va siyosiy islohotlar o‘tkazilishining 
tarafdori edi.
1707-yilda parlament Angliya va Shotlandiya o‘rtasidagi 
uniyani qonunlashtirdi. Endi mamlakat Buyuk Britaniya deb 
ataladigan bo‘ldi. 1716-yilda parlament vakolati 6 yillik etib 
belgilandi. Shu tariqa mamlakatda professional, doimiy ishlay- 
digan parlamentga asos solindi.
Tashqi siyosat. 
Bu davrda Buyuk Britaniya tashqi siyosatini 
ikki asosiy yo‘nalish belgilab bergan. Ularning birinchisi — 
Yevropa qit’asida hech qaysi davlatning kuchayib ketishiga 
yo‘l qo‘ymaslik bo‘lsa, ikkinchisi yangi-yangi mustamlakalar 
egallash edi.
XVIII 
asrda Buyuk Britaniyaning asosiy raqibi Fransiya 
bo‘ldi. Ikki davlat o‘rtasida ispan taxti tufayli kelib chiqqan 
urush (1701—1714) Buyuk Britaniya uchun foydali sulh tuzi- 
lishi bilan yakunlandi. Unga ko‘ra, Gibraltar Buyuk Brita- 
niyaga o‘tdi.
XVII—XVIII asrlarda Shimoliy Amerikada 13 ta mustam- 
laka shtatlari tuzildi va ular qirol tayinlagan gubernatorlar 
tomonidan boshqarildi.
1763-yilda Fransiya Kanadadan ham siqib chiqarildi. Ayni 
paytda Hindistonning bir qismi ham Buyuk Britaniyaning 
mustamlakasiga aylantirildi.

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin