Jahon tarixi


-§. Amerika Qo‘shma Shtatlarining



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/137
tarix26.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#148709
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   137
8-sinf Jahon tarixi [uzsmart.uz]

14-§. Amerika Qo‘shma Shtatlarining
tashkil topishi
Shimoliy Amerika. 
Buyuk Britaniyaning mustamlakasi 
bo‘lgan Shimoliy Amerikada XVIII asrning o ‘rtalaridan 
boshlab yagona ichki bozor shakllana boshladi, savdo
aloqalari rivojlandi. Ayni paytda Amerikaga yevropaliklarning 
ко‘chib kelishi boshlangan davrdan keyingi ikki asr davomida 
ко‘chib kelganlarning yagona tarixiy taqdiri ham yuzaga keldi. 
Chunonchi, ingliz tili umumiy tilga aylandi. Yevropadan ko‘- 
chib kelganlar endi o‘zlarini «amerikalik» deb atay boshla- 
dilar. Amerikaliklarning o‘ziga xos turmush tarzi ham shakl- 
landi. Hududning umumiyligi, mustamlakalarning iqtisodiy 
va x o ‘jalik m anfaatlari, til va dinning yagonaligi yangi 
xalq — amerika xalqining shakllanishiga olib keldi.
Mustaqillik uchun kurash. 
Ayni paytda Buyuk Britaniya 
qirollik hukumati mustamlakalardan olinadigan daromadni 
yanada ko‘paytirishga urindi. Bu esa Buyuk Britaniya bilan 
mustamlaka shtatlar o ‘rtasidagi nizoni tobora kuchaytira 
boshladi. 1763-yilda qirol mustamlakalardagi yevropaliklarning 
Amerika g‘arbiga siljishini taqiqlovchi qaror chiqardi. Bu 
qaror mahalliy hindular bilan urush kelib chiqishining oldini 
olishi kerak edi. Mamlakat g‘arbida juda ko‘p yerlar bo‘sh 
yotardi. К о ‘chib borgan yevropaliklar qirol hukumatining 
taqiqlov qarorini o ‘zlarining haq-huquqlarini nazar-pisand 
qilmaslik, deb qabul qildilar.
1765-yilda amerikalik inglizlar Buyuk Britaniyaning mus- 
tamlakachilik siyosatiga qarshi kurashish maqsadida «Ozodlik 
farzandlari» deb ataluvchi tashkilot tuzdilar.
Bu tashkilot Buyuk Britaniyadan olib kelinayotgan ingliz 
tovarlarini boykot qilish harakatini boshqarib turdi. Bunga 
javoban Buyuk Britaniya hukumati mustamlakalar savdo port- 
larini yopib qo‘ydi.
Bu hoi mustamlaka shtatlar iqtisodiy ahvolining yomon- 
lashuviga olib keldi.

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin