AR = Bo‘limlar foydasi: Bo‘limlar aktivi AR = Bo‘limlar foydasi: Bo‘limlar aktivi
Boshqaruv hisobida umumiy qoida mavjud bo‘lib unga ko‘ra, agar
taklif etilayotgan investitsiya loyihalaridan tushadigan foyda mavjud
kapital qiymatidan yuqori bo‘lsa, xo‘jalik yurituvchi subyekt taklif
etilayotgan sarmoyalarni qabul qilishi kerak. Javobgarlik markazlari
faoliyatini baholashda qoldiq foyda ko‘rsatkichi ushbu umumiy qoidani
inobatga oladi.
Qoldiq foyda (QF) – bu xo‘jalik yurituvchi subyekt ma’muriyati
tomonidan belgilangan, mas’uliyat markazlari tomonidan minimal foyda
me’yoridan ko‘proq ishlab topilgan foydaga aytiladi. Qoldiq foyda
formulasi quyidagicha hisoblanadi:
QF = Bo‘lim foydasi – (Bo‘lim aktivlari x Maqsadli foyda me’yori) Qavs ichidagi ko‘rinish foydaning qiymati bahosi bo‘lib, u
javobgarlik markazlari uchun belgilangan foyda me’yorining minimal
ko‘rinishidir. Javobgarlik markazlari tomonidan ushbu miqdordan
yuqori topilgan har qanday miqdor xo‘jalik yurituvchi subyektga foyda
keltiradi.
3.Mas’uliyat markazlari faoliyatini baholashda
nomoliyaviy mezonlar
Mas’uliyat markazlarining faoliyati nafaqat moliyaviy, balki,
nomoliyaviy omillarga, ya’ni ijodkorlikka, ishlab chiqarishga, mahsulot
sifatiga (xizmat), mijozlarning talablarini qoniqtirish darajalariga ham
bog‘liq. Ushbu omillarning har biri hisobga olinishni, o‘ziga yarasha
baholanishni, imkon qadar takomillashuvni va ularning qabul qilinishini
talab qiladi.
Bozor iqtisodiyoti tobora rivojlanishi, buning oqibatida o‘zaro
raqobatning kuchayishi natijasida ko‘pgina xo‘jalik yurituvchi
subyektlar mavjud moliyaviy ko‘rsatkichlarni to‘ldirishda nomoliyaviy
mezonlarni ham hisobga olish, ularni boshqarish masalalari bilan tobora
intensiv shug‘ullanib borishmoqda. Bu jarayonda eng qiyin ish - nafaqat
nomoliyaviy ko‘rsatkichlarni aniqlash, balki nimani baholash, nimani
rad etish, nimaga e’tibor berish kabi masalalarni ijobiy yechish ham
muhimdir
Xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatining nomoliyaviy tomonlari
moliyaviy natijalarga ta’sir etishi sababli ko‘pgina menejerlar ishlab
chiqarish jarayoni, mahsulot va mijozlar kabi omillarni o‘lchab, hisobga
olishga harakat qiladilar. Ammo, buning barobarida, bir aforizmni
yoddan chiqarmaslik lozim “Hamma narsani bilib turib, hech narsani
bilmaymiz”. Kerakli ma’lumotni qoldirib, qolgan barcha ma’lumotlarga
to‘la ega bo‘lishga harakat qilib, biz natijada keraksiz, ahamiyatsiz
ma’lumotlarga ega bo‘lib qolamiz.
Xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatini baholaydigan moliyaviy va
nomoliyaviy ma’lumotlarni boshqaradigan mezonlar to‘plamini aniqlash
– hozirgi iqtisodiy sharoitda xo‘jalik yurituvchi subyekt ma’muriyati
oldida turgan boshqaruv nazoratining asosiy muammolaridan biri.
4.Javobgarlik markazlari bo‘yicha xarajatlar hisobini
tashkil etish
Xo‘jalik yurituvchi subyekt doirasida samarali tarzdagi boshqaruv
tizimini tashkil qilish maqsadida javobgarlik markazlariga bo‘linishi
quyidagi bir qator talablarga javob berishi kerak:
- har bir javobgarlik markazi albatta xo‘jalik yurituvchi subyektning
tashkiliy va faoliyat ko‘rsatuvchi tuzilmasi tarkibida bo‘lishi va bu
tuzulmalar bilan tizimli bog‘langan bo‘lishi kerak;
- javobgarlik markazlarida ishlab chiqarilayotgan mahsulot (ish,
xizmat) hajmini aniqlash imkoni bo‘lishi, xarajatlarni hisobga olish va
ularni taqsimlash uchun asos bo‘lishi kerak;
-javobgarlik markazlari rahbarlarining (menejerlarining) vakolatlari
va mas’uliyatlari doirasi va chegaralarini aniq belgilab berish imkoni
bo‘lishi kerak;
- javobgarlik markazi bo‘yicha hisobot shaklini tuzish imkoni
bo‘lishi talab etiladi.
Har bir xo‘jalik yurituvchi subyektda javobgarlik markazlarini tashkil qilish yana bir qator ijtimoiy hamda psixologik omillarga ham bog‘liq. Jahon amaliyotida bir xo‘jalik yurituvchi subyekt doirasida
bo‘linmalarni mustaqil tarzda boshqaradi. Bo‘linmalarni mustaqil tarzda
boshqarish uchun kerak bo‘ladigan barcha boshqaruv qarorlarini ham
o‘zlari qabul qiladi. Bu tizimning bir qator ijobiy va shu bilan bir
qatorda kamchiliklari ham mavjud. Javobgarlik markazini chiziqli
boshqarish shaklida tashkil qilishning yutuqlari quyidagilardan iborat:
-mutaxassis-xodimlar tomonidan o‘zlarining vazifalarini bajarishga
shaxsiy javobgarligini belgilab beradi va motivatsiyani kuchaytiradi;
-rahbarlar tomonidan qo‘shimcha tarzdagi hamda asoslanmagan va
samarasiz topshiriqlar berilavermaydi, ana shunday holatlarning oldi
olinadi;
-mutaxassis-xodimlar o‘zlariga belgilab berilgan topshiriqlarni tezda
bajarishlari mumkin va ular o‘zlari uchun mehnati natijalarini tahlil
qilib borishlari mumkin bo‘ladi;
-mutaxassis-xodimlar vazifalarini bajarish borasida markaz
rahbariga bo‘ysunishlari natijasida ijro va mehnat intizomi mustahkam
bo‘ladi.
5.Javobgarlik markazlari bo‘yicha daromad va
xarajatlarni aniqlash
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarda segmentar hisobotni tuzishda eng
muhim bosqich, bu segmentlar, ya’ni mas’uliyat markazlari bo‘yicha
daromad va xarajatlarni aniqlashdir.
Segmentlarning daromadlari va xarajatlarini hisobga olish bo‘yicha
buxgalteriya hisobining 14-sonli “Segmentar hisobot” nomli xalqaro
standarti (BHXS)ga ko‘ra, segmentar hisobotda daromad va xarajatlar
quyidagi moddalar bo‘yicha hisobga olinishi, maqsadga muvofiq:
- tashqi mijozlardan olinadigan daromadlar;
- xo‘jalik yurituvchi subyektning boshqa segmentlari bilan
bo‘ladigan muomalalardan olinadigan daromadlar;
- aktivlarning balans summasi;
- boshqa segmentlarning majburiyatlari;
- asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarni sotib olish xarajatlari;
- amortizatsiya xarajatlari;
- boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatida ishtirok etishdan
olingan sof foyda yoki zararlar va investitsiyalar hissasi;
- daromadlar va xarajatlar, aktivlar va majburiyatlarni taqqoslash
Yuqorida qayd qilingan, ya’ni buxgalteriya hisobining 14-sonli
“Segmentar hisobot” nomli xalqaro standarti (BHXS)ga ko‘ra,
segmentar hisobotda segment daromadlariga quyidagi ko‘rsatkichlar
tegishli emasligi ko‘rsatilgan:
- moliyaviy qo‘yilmalarni sotishdan olingan foizlar, dividendlar va
daromadlar (bunday daromadlar segmentning asosiy faoliyati bo‘lgan
hollar bundan mustasno);
- favqulodda daromadlar (fors-major majburiyatlar).
BHXS me’yoriga ko‘ra segment xarajatlari – bu bevosita segment
tarkibiga kiritilishi mumkin bo‘lgan xarajatlar yoki ularning xo‘jalik
yurituvchi subyekt umumiy xarajatlarining bir qismi sifatida namoyon
bo‘lishidir. Segmentlar xarajatlarini quyidagi moddalar bo‘yicha hisobga
olish tavsiya etilgan:
- asosiy materiallar sarfi xarajatlari;
- yordamchi materiallar sarfi xarajatlari;
- bevosita mehnat (ish) haqi xarajatlari;
-texnologik ehtiyojlar uchun boshqa bevosita xarajatlar;
Segment xarajatlariga quyidagilar kiritilmaydi:
- qisqa va uzoq muddatli moliyaviy qo‘yilmalar bo‘yicha xarajatlar
(ular segmentning asosiy faoliyati bo‘lgan hol bundan mustasno);
- daromad (foyda) solig‘i;
- favqulodda xarajatlar (fors-major majburiyatlari).
Xo‘jalik yurituvchi subyektning hisob amaliyoti an’analariga
muvofiq segmentar hisobotni buxgalter boshqaruv hisobi ma’lumotlariga
asoslanib tuzadi.
Javobgarlik markazlari bo‘yicha hisobda bo‘lgan talablarning
o‘sishiga axborot texnologiyalari va telekommunikatsiya vositalarining
rivojlanishi natijasida imkoniyatlarning o‘sishi ham bevosita ijobiy ta’sir
qiladi. Javobgarlik markazlari bo‘yicha hisobning kengayib borayotgan
imkoniyatlarining sabablarini ikki yo‘nalish bo‘yicha guruhlash
mumkin: 1) zamonaviy hisoblash kompyuter dasturlari ma’lumotlarni
o‘z vaqtida olishga va uni talab qilingan o‘lchamlarda aniqlashga
imkoniyat yaratadi; 2) internet, yo‘ldosh aloqa televideniyesi, uyali
telefon aloqasi ma’lumotlarni vaqtning haqiqiy tartibida ixtiyoriy
masofaga uzatish imkonini beradi.
Shunday qilib, iqtisodiyot va axborot texnologiyalaridagi obyektiv
jarayonlarning amalga oshishi munosabati bilan javobgarlik markazlari
bo‘yicha hisob istiqboldagi yo‘nalish hisoblanadi.