Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati (1)
Fan bo’yicha talabalarning tasavvur, bilim, ko’nikma va malakalariga qo’yiladigan talablar. “Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati” fanini o’zlashtirish jarayonida bakalavr:
- Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati fanining rivojlanish tarixi;
- jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlarining jamiyatdagi funksiyasi;
- ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya va sportning tashkil qilinishi hamda uning ahamiyati;
- jismoniy tarbiya tizimlari, sportchilarni tayyorlash asoslari, ommaviy-sport va sog‘lomlashtirish ishlari va ularning ahamiyati haqida tasavvurga ega bo‘lishi; - harakatlarga o‘rgatish va yosh davrlariga nisbatan vosita, uslublarni tanlash hamda sport mashg‘ulotining qonuniyatlari;
- jahon madaniyatining rivojlanishi jarayonidagi o‘z xalqining jismoniy tarbiya va sport tizimi taraqqiyotidagi asosiy bosqichlari;
- jismoniy tarbiya va sportning estetik, axloqiy va ma’naviy qadriyatlari;
jismoniy tarbiya va sportdagi didaktik qonuniyatlar;
- aholining har xil guruhlari bilan o‘tkaziladigan sog‘lomlashtiruvchi jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari uslubiyatlarini bilishi va ulardan foydalana olishi; - jismoniy tarbiya va sport tizimlarini;
- O‘zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan xuquqiy va me’yoriy xujjat asoslarini;
- jismoniy tarbiya va sportning vositalari, tamoyillari va uslublarini, mashg‘ulotlarni mazmuni, shakli hamda ularni tuzilish qonuniyatlarini;
- jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlarini rejalashtirish va nazoratlarni olib borishni;
- turli yoshdagilar bilan jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlarini olib
borish asoslarini bilishi va ulardan foydalana olishi ko’nikmalariga ega bo‘lishi kerak; - jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlarini tashkil qilish, rejalashtirish, nazorat qilish va o‘tkazish;
- harakatlarga o‘rgatish, jismoniy sifatlarni rivojlantirish;
- harakatlarga o‘rgatishda qo‘llaniladigan vosita, uslub va tamoyillarni tahlil qilish;
- sport musobaqalarini tashkil qilish va o‘tkazish;
- jismoniy tarbiya va sport ishlarini targ‘ibot qilish;
- jismoniy tarbiya va sport tashkilotlari hamda jamoalarining boshqaruvini quyi va o‘rta bo‘g‘inlarida faoliyat olib borish;
- jismoniy tarbiya va sportda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish;
- sport inshootlarida xizmat ko‘rsatish;
- jismoniy tarbiya va sport tayyorgarligida majmuali nazoratning uslubiyatlari hamda uni tashkil etish malakalariga ega bo‘lishi kerak.