Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati


Nafas olish va chidamlilik. Turli intensivlikdagi siklik mashqlarda chidamlilikni tarbiyalash xususiyatlari



Yüklə 2,72 Mb.
səhifə83/127
tarix13.12.2023
ölçüsü2,72 Mb.
#174578
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   127
Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati (1)

2.Nafas olish va chidamlilik. Turli intensivlikdagi siklik mashqlarda chidamlilikni tarbiyalash xususiyatlari.

Chidamlilikni tarbiyalashda yuklamini kriteriyasi va komponentlari muhim ahamiyat kasb etadi. CHidamlilik mashg‘u-lotlar davomida sportchini bir oz bo‘lsada charchashni his qilishi orqali rivojlanishiga e’tibor bersak yuklamadan so‘ng tiklanish juda oz vaqt ichida sodir bo‘lsa chidamlilikni rivojlanmasligi ma’lum bo‘ladi. Ish hajmi katta bo‘lib charchoq his qilish bilan bajarilsa organizm yuklamaga moslasha boshlaydi va qator mashg‘ulotlardan so‘ng chidamlilikni ortib borayotganligi ko‘zga tashlanadi. Moslashuv organizmdagi o‘zga-rishlar darajasi, yuklamaga javob reaksiyasi xarakteri, uni ko‘lami yo‘nalishi orqali sodir bo‘ladi. Har xil tipdagi nagruzkada charchoq bir xil bo‘lmaydi.
Siklik mashqlarni bajarishda chidamlilik uchun yukla-maning to‘la tavsifini quyidagi besh komponentda ko‘rishimiz mumkin;
1) mashqni absolyut intensivligi (harakatlanish tezligi);
2) mashqni davomiyligi (uzunligi);
3) dam olish intervalining katta kichikligi;
4) dam olishning xarakteri (aktiv yoki passiv);
5) mashqni takrorlashlar (qaytarishlar) soni;
Bu komponentlarni bir-biri bilan o‘zaro uzviy olib borish orqali berilgan yuklama organizmning faqat javob reaksiyasi ko‘lamigagina emas, hatto uning sifati xususiyatini ham turlicha bo‘lishiga olib kelishi amaliyotda isbotlandi. Yuqorida qayd qilingan komponentlarni ta’sirinissiklik mashqlar misolida ko‘rib chiqamiz:
Mashqniabsolyut intensivligi faoliyatni energiya bilan taominlash xarakteriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir qiladi. Harakatlanishning tezligini pastligida katta energiya sarf-lanmaydi. Sportchini organizmini kislorodga talabining ko‘lami uni aerob imkoniyatlaridan oz. Bunda kislorodga bo‘lgan joriy talab, agarda, ishni boshlanishida nafas jarayoni etarli darajada yo‘lga qo‘yilib ulgurmagan payitdagi kislorodga muhtojlikni ko‘p emasligini hisobga olmasak, sarflanayot-ganini o‘rnini qoplamaydi va ish xaqiqiy turg‘un holatdagi sharoitda bajariladi. Bunday tezlik subkritik tezlikdeb nomlanadi. Subkritik tezlik zonasida kislorodga muhtojlik taxminan harakatlanish tezligiga to‘g‘ri proporsiyada bo‘ladi. Agarda sportchi tezroq harakatlanayotgan bo‘lsa kritik tezlikka erishadi, bu erda kislorodga muhtojlik uni aerob imkoniyat-lariga teng. Bu holda ishning bajarilishi bilan kislorod sarflanishining ko‘lami maksimal darajada deb hisoblanadi. Kritik tezligi qanchalar yuqori bo‘lsa sportchini nafas imkoniyati shuncha yuqori bo‘ladi. Tezligi kritik tezlikdan yuqoriligi uchun yuqori kritik tezlikdeb nomlanadi



Yüklə 2,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin