Mavzu: Chidamlilikni tarbiyalash. Ma’ruzaning metodi: “Klaster” har bir talaba mustaqil fikrini bildiradi.
Maqsadi: talabalarning yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanib nazariy bilimlarini amaliy jixatdan mustaxkamlash, mustaqil, ijodiy fikrlash, kasbiy bilimlarini rivojlantirish.
Mashgulot turi: ma’ruza.
Mashgulot jixozi:tarqatma materialar, kompyuter, proektor, prezentatsiya, slaydlar.
Ajratilgan vaqt: 80 minut.
Mashgulotning borishi: 1-Mavzu. Chidamlilikni tarbiyalash. Reja: Tushunchaning ta'rifi. Charchoq va chidamlilik. Chidamlilkining turlari.
Nafas olish va chidamlilik. Turli intensivlikdagi siklik mashqlarda chidamlilikni tarbiyalash xususiyatlari.
Yakkama-yakka bahslashuv va sport o'yinlarida chidamlilikni tarbiyalashning xususiyatlari. Chidamlilikni tarbiyalashning vosita va uslublari.
1.Tushunchaning ta'rifi. Charchoq va chidamlilik. Chidamlilkining turlari. Muskul ishi faoliyatida jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish davomida charchoqka qarshilik ko‘rsatish darajasi chidamlilik sifati deb ataladi. Jismoniy mehnat (sport faoliyati) ni bajarayotgan kishi sekin asta o‘z faoliyatni davom ettirishi qiiynlashayot-ganligini sezadi. Ter quyuilib oqa boshlaydi, yuzida qizillik kuchayadi, rangi o‘zgaradi, muskullarida xorg‘inilik sezadi, hara-kat koordinatsiyasi, harakat texnikasi tarkibidagi element-larning bajarish ketma-ketligi buziladi, nafas olishi ritmi chuqurligi o‘zgaradi. Bajarayotgan harakati tarkibida qo‘shimcha keraksiz harakatlar paydo bo‘ladi, qo‘shilib qoladi. Bunga asosan, organizmda kechayotgan fiziologik, bioximiyaviy va biomexanik o‘zgarishlar sabab bo‘ladi. Faoliyatni davom ettirish esa ruhiy, irodaviy va boshqa sifatlar evaziga bajariladi. Bunday holatni konpensatsiyali charchoq fazasi deyiladi.
Agarda iroda namoyon qilish darajasini ortganligiga qaramay, ish intensivligi pasaya borsa, konpensatsiyasiz charchoq fazasi boshlanganligini kuzatamiz.
Charchoq o‘zi nima? Mehnat (mashq qilish) davomida ish qobiliyatining vaqtinchalik susayishi CHARCHOQ deyiladi. Bir xil ish faoliyati davomida charchoq turli kishilarda turlicha bo‘lishi amaliyotda isbotlangan. CHunki, har bir individning chidamliligini rivojlanganligi turlichadir.
Bobkalonimiz Abu Ali ibn Sinoning ilmiy merosidan charchash mavzusiga katta e’tibor berilgan. Bir minginchi yili yozishni boshlab, bir ming yigirma to‘rtinchi yili mukammal tarixiy ilmiy asarga aylangan «Kitob ul qonun fit Tib”da surunkali jismoniy mashq bajarish charchoqni vujudga kelti-rishiga to‘xtalib uni to‘rt xilga ajratib izoh bergan:
1. Yarali charchash – unda terini yuzida yoki tagida yara kabi narsa seziladi.
2. Qotib charchash – unda kishi go‘yo gavdasini ezilgan yoki majag‘langan gumon qilib tanasida issiqlik va bo‘shashishni sezadi.
3. Shishli charchash – bunda tana odatdagidan qizarganroq bo‘lib, g‘ovlaganga o‘xshash hissiyat sezadi.
4. Ozib charchash – unga uchragan kishi gavdasini qurigan va kovjiraganroq sezadi.
X asrgacha O‘rta Osie xalqlari jismoniy tarbiyasi tari-xida tan tarbiyasining ilmiy-amaliy fikrlari birinchi bo‘lib yuqorida qaydilingan asarda ifodalanganligi e’tibor bersak bu asar charchoqning ichki mexanizmini mukammal bayon etib uni organizmda tiklanishi haqida tibbiy maslahatlar berilgan.
Jismoniy tarbiya amaliyotida aqliy, jismoniy, emotsio-nal, sensor charchoqlarni farqlashimizga to‘g‘ri kelmoqda.