Jismoniy-tarbiyada-pedagogik-nazokat pdf



Yüklə 46,59 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/6
tarix13.12.2023
ölçüsü46,59 Kb.
#175315
1   2   3   4   5   6
jismoniy-tarbiyada-pedagogik-nazokat

Pedagogik nazokat 
pedagogik mahorat bilan 
birga yillar davomida 
ustozlar tajribasini o'r- 
gangan holda va o'z hayotiy 
hamda kasbiy faoliyati 
tajribalaridan kelib chiqib 
shakllantirilib boriladi. 
O'qituvchining ma’naviy 
yetuklik darajasi, nazokat 
sirlarini o'rganishda 
o'quvchilar bilan muloqot 
qilish ko'nikma va 
malakalarini egallashi, 
maxsus psixologik bilimlarga 
ega bo'lishida, o‘z ustida 
tinimsiz mehnat qilishi 
natijasida erishiladi. Avvalo 
bu bilimlar o'quvchilar yosh 
xususiyati psixologiyasini va 
bolalarning individual 
xarakterini bilish bilan 
bog'liq. 


Axloq asoslarini bilish, xatti-harakatlarda axloqiy ma’noni 
kasb ettirish ham katta ahamiyatga ega. Shu bilan birga, 
o'quvchi ruhiyatiga ijobiy-tarbiyaviy ta’sir etish yo'llarini bilish 
o'qituvchilarning kundalik faoliyatiga aylanishi lozim. 
o'quvchilarni chin ko'ngildan sevish, o'z muhabbatini o'zaro 
munosabatda ko'rsata olish. o'quvchibr xulqi va ruhiyatidagi 
yashirin ichki tuyg'ulami anglashga harakat qilish, ko'rish va 
kuzatish. sinf jamoasidagi har qanday sharoit va muhitga 
moslashish, sinf jamoasi bilan o'zaro hamkorlikni ta’lim-
tarbiyaviy maqsadga muvofiq yo'lini tanlash, o'quvchilar bilan 
norasmiy suhbatlarda o'z ichki hissiyotini sezdirmaslik, aksincha 
ular ishonchini qozonish.
Pedagogik nazokat asosida o'qituvchi o'quvchilar bilan muloqotda 
qarama-qarshilikka yo'l qo'ymasligi o'zaro munosabatni to'g'ri tashkil 
etishga yordam beradi. Bizga ma’lumki, o'qituvchining fikr-
mulohazalarida nisbiylik va subyektivlik alomatlari ham mavjud. U 
hammaga birdek, to'g'ri munosabatda bo'la olmasligi tabiiy holdir, lekin u 
mohiyatan barcha o'quvchilarga holis niyatli, yaxshilik qilishga intiluvchi, 
adolatli kishi ekanligiga ishonch uyg'otishi kerak. Bu holat pedagogik 
nazokatning muhim xususiyatlaridan biridir 



Yüklə 46,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin