Bitiruv malakaviy ishi mavzusining maqsadi va vazifalari. Bitiruv
malakaviy ishi mavzusining maqsadi O‘zbekiston Respublikasida davlat xaridini
samarali tashkil etish shart-sharoitlarini, davlat xaridlari samaradorligini
oshirishning xorij tajribalarini o‘rganish asosida davlat xaridini maqbul darajada
tashkil etish orqali barqaror iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlashga qaratilgan
tashkiliy, huquqiy, iqtisodiy va moliyaviy masalalardagi takliflar tizimini ishlab
chiqish hamda ularni ilmiy jihatdan asoslab berishdan iborat. Ushbu maqsaddan
kelib chiqqan holda, tadqiqotimiz oldiga quyidagi vazifalar qo‘yilgan:
- davlat xaridini tashkil qilishning nazariy va huquqiy asoslarini tadqiq
qilish;
- davlat xaridini tashkil qilish amaliyotini tahlil qilish;
- davlat xaridlarini amalga oshirishda elektron savdolardan foydalanish
hamda ularga kichik biznes subyektlarini jalb qilish holati tahlil qilish;
- davlat xaridi tizimining oldingi va yangi holatlari qiyosiy tahlilini amalga
oshirish;
- davlat xaridlarini samarali tashkil qilishning istiqbollari va ustuvorliklarini
o‘rganish;
- davlat xaridini tashkil qilishning xorij tajribalarini o‘rganish;
- izlanishlar asosida davlat xaridlarini samarali tashkil qilishga qaratilgan
taklif va tavsiyalar tizimini ishlab chiqish va ularni ilmiy jihatdan asoslash.
Dostları ilə paylaş: |