7
1-BOB. DAVLAT XARIDINI TASHKIL ETISHNING NAZARIY-
HUQUQIY ASOSLARI
1.1. Davlat xaridining iqtisodiy mohiyati va uning iqtisodiyotdagi
ahamiyati
Ma’lumki, davlat sektorining mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini
ta’minlashdagi roli katta ahamiyatga ega. Uning uzluksiz va samarali faoliyati uchun
tegishli tovarlar, xizmatlar va ishlar bilan o‘z vaqtida ta’minlab turish zarur bo‘ladi.
Davlat xaridlari esa ayni shu maqsadda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.
Davlat xaridlari – bu davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan tovarlar,
bajariladigan ishlar va xizmatlarga aytiladi, ya’ni davlat xaridi davlat ehtiyojlari
uchun tovarlar va xizmatlarni qisman yoki to‘liq davlat mablag‘lari evaziga sotib
olinishidir. O‘zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksida “Davlat xaridlari –
byudjet tizimi byudjetlarining mablag‘lari hisobidan tovarlarni (ishlarni,
xizmatlarni) xarid qilish” deb ta’rif berilgan.
Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan tovarlar, bajariladigan ishlar va
xizmatlarga quyidagilar kiradi:
- tovarlarga – xom-ashyo, materiallar, uskunalar, qattiq, suyuq va gaz
holatidagi predmetlar, elektr-energiyasi, shuningdek, tovarlarni yetkazib berish
bo‘yicha xizmatlar qiymati (agar u tovarning bahosidan yuqori bo‘lmasa) kiritiladi;
- ishlarga – qurilish, ta’mirlash, bino, inshoot va obyektlarni qurish yoki
ta’mirlash bilan bog‘liq faoliyat turlari, shuningdek, gruntlarni qazish, yangidan
qurish, jihozlash, qurilish-montaj ishlari uchun qurilish maydonlarini tayyorlash va
boshqa qurilish ishlari (masalan, geodeziya, burg‘ulash bo‘yicha ishlar, aero va
sun’iy yo‘ldosh orqali sur’atga olish, seysmik tadqiqotlar o‘tkazish (agar ushbu
xizmatlar bahosi asosiy ishlar bahosidan yuqori bo‘lmasa)) kiradi;
- xizmatlarga – tovar va ishlarga taalluqli bo‘lmagan barcha xarid predmeti
kiritiladi.
Davlat xaridi davlat infratuzilmasini moddiy va moliyaviy jihatdan ta’minlash
maqsadida amalga oshiriladi. Davlat infratuzilmasini umumiy tarzda ikkita yirik
8
tarkibiy qismga ajratish mumkin
2
:
- iqtisodiy infratuzilma (transport, aloqa, kommunal xizmatlar, kundalik
iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish uchun birlamchi bo‘lgan infratuzilmalar);
- ijtimoiy infratuzilma (maktablar, kasalxonalar, kutubxonalar yoki boshqacha
aytganda, jamiyat a’zolarining kundalik hayoti, ijtimoiy ehtiyoji uchun zarur bo‘lgan
birlamchi infratuzilmalar). Ijtimoiy sohalar uchun davlat xaridini amalga oshirish
zarurati umumjamiyat manfaatlaridan kelib chiqadi va u mavjud qonuniy-me’yoriy
aktlar orqali tartibga solinadi.
O‘zbekistonda davlat xaridining hajmi YaIMning 11 foizini tashkil etgani
holda, uning iqtisodiy o‘sishga ta’sir etuvchi muhim omil ekanligini ko‘rsatadi
3
.
Davlat xaridi YaIMning shakllanishiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatadi. Shuni
inobatga olib, davlat xaridini amalga oshirish sohasida olib borilgan oqilona siyosat
makroiqtisodiy siyosatga jiddiy ta’sir etuvchi instrument sifatida yuzaga chiqadi.
Davlat xaridini iqtisodiyotning ma’lum sohalarida amalga oshirish orqali,
o‘sha sohalar rivojiga va aholi bandligi hamda daromadlari darajasiga ijobiy ta’sir
etiladi. Jumladan:
- kichik biznes va xususiy tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqarilayotgan
tovar va xizmatlarni sotib olishda tanlov jarayonlarini joriy etish orqali, kichik
biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga ta’sir etishi mumkin;
- sotib olinayotgan tovarlarning sifat talabini xalqaro andoza talablariga
tenglashtirish orqali milliy ishlab chiqaruvchi korxonalar mahsulot sifatini
oshirishga ta’sir etishi mumkin;
- ochiq tenderlarni e’lon qilish orqali raqobatni rivojlantirishga ta’sir etish
mumkin bo‘ladi.
Yuqorida sanab o‘tilgan holatlarda faqatgina mamlakat darajasida davlat
xiridini boshqarishning samarali mexanizmlari mavjud bo‘lgan sharoitda, ya’ni
xaridni oqilona rejalashtirish va uning iqtisodiyotga ta’sirini to‘g‘ri baholash orqali
Dostları ilə paylaş: