Bitiruv malakaviy ishi qisqacha tavsifi. Bitiruv malakaviy ishi kirish qismi,
uchta bob, xulosa va takliflar hamda foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
Bitiruv malakaviy ishining matni 66 sahifadan iborat bo’lib, 17 ta jadval, 10 ta
rasm va 53 ta adabiyotni o’z ichiga oladi.
Bitiruv malakaviy ishining kirish qismida mavzuning dolzarbligi, bitiruv-
malakaviy ishining maqsad va vazifalari, bitiruv-malakaviy ishining predmet va
obyekti, bitiruv malakaviy ish mavzusining ma’lumot bazasi va nazariy-amaliy
ahamiyati yoritilgan.
Bitiruv malakaviy ishining birinchi bobida davlat xaridlarini tashkil
etishning nazariy va huquqiy asoslari o‘rganildi. O‘rganish jarayonida davlat
xaridining iqtisodiy mohiyati va uning iqtisodiyotdagi ahamiyati, davlat xaridini
tashkil etishning huquqiy asoslari tadqiq etildi.
Bitiruv malakaviy ishining ikkinchi bobida davlat xaridlarini samarali
tashkil etishning amaldagi holati tahlil qilindi. Tahlil jarayonida davlat xaridlarini
amalga oshirishda elektron savdolardan foydalanish hamda ularga kichik biznes
subyektlarini jalb qilish holati, shuningdek davlat xaridi tizimining oldingi va
yangi holatlari qiyosi ko‘rib chiqildi.
Bitiruv malakaviy ishining uchinchi bobida davlat xaridini tashkil etishning
xorijiy mamlakatlar tajribasi tadqiq etildi va ulardan O‘zbekistonda davlat xaridini
samarali tashkil etishda foydalanish imkoniyatlari yoritildi.
Bitiruv malakaviy ishining xulosa va takliflar qismida har bir bob bo‘yicha
shakllangan xulosalar umumlashtirilgan va tadqiqot natijasiga ko‘ra shakllangan
taklif va tavsiyalar tizimlashtirilgan holda keltirilgan.
Dostları ilə paylaş: |