Kafedrasi mamatkulov anvar baxtiyarovich



Yüklə 1,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/68
tarix09.04.2022
ölçüsü1,1 Mb.
#55010
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   68
Mamatkulov Anvar Baxtiyarovich Milliy-1

                                           

2

 Burxonov U. Davlat xaridi. -T.: “InfoCOM.uz”, 2010. 10-bet.



 

3

  О  проблемах  управления  государственными  закупками  в  Республике  Узбекистан  и 



направлениях совершенствования. Аналитическая записка. UNDP. - Т.: 2008. 3-стр.

 



 

erishish mumkin. 



O‘zbekiston  hukumati  davlat  xaridi  instrumentlaridan  turli  ko‘rinishlarda 

foydalanib  kelmoqda.  Masalan,  o‘rta  maxsus  ta’lim  tizimidagi  islohotlar  nafaqat 

o‘quv  binolari  sonining  ortishiga  olib  keldi,  balki  respublikada  kapital  qurilish 

sohasining  rivojiga  katta  turtki  berdi.  2000-yillar  boshida  qurilish  kompaniyalari 

nochor ahvolda bo‘lgan bo‘lsalar, hozir ular qurilish-montaj ishlari va loyihalarning 

turli-tumanligi  va  sifati  bo‘yicha  xorijiy  kompaniyalar  bilan  raqobat  qila  oladilar. 

Shuning  bilan  bir  vaqtda,  O‘zbekistonda  ishlab  chiqarilayotgan  qurilish 

materiallarining  turlari  ham  kengaydi.  Kapital  qurilish  sohasiga  davlat  buyurtmasi 

aholi  bandligini  oshirishda  ham  muhim  o‘rin  egallaydi.  Xuddi  shunday  misollarni 

sanoat  va  qishloq  xo‘jaligi  ishlab  chiqarish  tarmoqlari  bo‘yicha  ko‘plab  keltirish 

mumkin. 

O‘zbekiston  Respublikasida  davlat  xaridining  subyektlari  bo‘lib  quyidagilar 

hisoblanadi: 

1) davlat buyurtmachilari – byudjetdan mablag‘ oluvchilar va byudjet hamda 

davlat maqsadli jamg‘armalari mablag‘larini taqsimlovchilar: 

-  byudjetdan mablag‘ oluvchi tashkilotlar; 

-  davlat maqsadli jamg‘armalarining ijroiya direktsiyalari; 

-  Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi,  viloyatlar  hokimliklari 

va Toshkent shahar hokimligi qoshidagi yagona buyurtmachi xizmati; 

-  hukumat  kafolati  ostida  xalqaro  grant  yoki  kredit  olgan  hamda  ushbu 

mablag‘lar hisobidan davlat xaridini amalga oshirayotgan tashkilotlar; 

-  davlat mulki ishtirokida faoliyat yuritayotgan xo‘jalik subyektlari. 

2) tashqi nazorat organlari – O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi; 

3) Hukumat – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi; 

4) davlat va xo‘jalik boshqaruv organlari – nazoratni tashkil etuvchi organlar: 

-  Moliya vazirligi; 

-  Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiya va savdo vazirligi; 

-  Davarxitektqurilish tashkiloti. 

5) tovarlar  va  xizmatlar  etkazib  beruvchilar  –  tovarlar  (xizmatlar,  ishlar) 



10 

 

etkazib beruvchi xo‘jalik subyektlari. 



6) xaridni amalga oshirish jarayoniga ko‘maklashuvchi tashkilotlar: 

-  xizmat ko‘rsatuvchi banklar; 

-  birjalar; 

-  transport-ekspeditorlik kompaniyalari; 

-  maslahat, ekspertiza va boshqa tashkilotlar; 

-  amaldagi  qonunchilik  asosida  ekspert  baholash  xizmatini  amalga 

oshiruvchi boshqa tashkilotlar. 

Davlat  xaridi  borasida  izlanishlar  olib  borgan  bir  qator  iqtisodchi 

olimlarning ishlarini o‘rganish, ilmiy maqola va boshqa ilmiy ishlanmalarini tahlil 

qilish  natijasida  shuni  xulosa  qilish  mumkinki,  davlat  xaridini  tashkil  etishning 

jahon  amaliyotida  bir  nechta  modellari  qo‘llaniladi,  ular  bir-biridan  xaridning 

qamrovi,  unda  ishtirok  etuvchi  subyektlarning  vakolatlari,  savdolarni  tashkil 

etishning markazlashish darajasi kabilar bilan farq qiladi  

Markazlashgan  model  -  bunda  xarid  uchun  buyurtmalarni  joylashtirish 

maxsus  tashkilot  yoki  ijroiya  hukumatning  yagona  tarkibiy  bo‘linmasi  -  xaridni 

tashkil etuvchi tomonidan amalga oshiriladi. Markazlashgan model barcha tarmoq 

va  bo‘limlardan  tushadigan  xarid  arizalari  jamlanadigan  xarid  markazini  tashkil 

etishni  nazarda  tutadi.  Agar  markazlashish  darajasi  yuqori  bo‘lsa,  barcha  turdagi 

xaridga  javobgar  bo‘lgan  maxsus  idora  (yoki  yirik  kompaniyalarda  xarid 

departamenti) shakllantiriladi. 

Markazlashmagan  (taqsimlangan)  model  -  bunda  davlatning  buryutmachisi 

o‘z ixtisosligi bo‘yicha xaridga buyurtmani alohida amalga oshiradi. Taqsimlangan 

modelda  kompaniyaning  har  bir  bo‘limi  (vazirlik,  departament)  o‘z  ehtiyojlari 

uchun  xaridni  mustaqil  tarzda  amalga  oshiradi.  Shu  maqsadda  uning  tarkibida 

xaridni amalga oshiruvchi maxsus tuzilma, bo‘lim tashkil etiladi. 

Ikkala modelning ham  yutuq va kamchiliklari mavjud: taqsimlangan model 

ancha  egiluvchan,  ammo  ko‘p  xarajat  talab  etadi.  O‘z  navbatida,  markazlashgan 

model  yirik  hajmdagi  ulgurji  xarid  tufayli  past  baholarni  ta’minlaydi,  ammo 




11 

 

egiluvchan  emas  va  har  doim  ham  tovarlar  hamda  xizmatlarning  arizada 



ko‘rsatilgan xususiyatlarini o‘zida aks ettirmasligi mumkin. 

Qisman  markazlashgan  modelda  esa,  xaridga  buyurtmani  joylashtirish 

vakolati davlat buyurtmachisi va ixtisoslashgan tashkilot bilan hamkorlikda amalga 

oshiriladi. 

Davlat  mablag‘larini  oqilona  boshqarish,  xarid  tizimi  modellarini 

respublikamizda  o‘tkazilayotgan  iqtisodiy  islohotlar  talablariga  mos  ravishda 

shakllantirish ustuvor yo‘nalishlardan hisoblanadi. Tenderlar orqali xaridni tashkil 

etishda  ochiqlik  va  erkin  raqobatni  ta’minlaydigan  mexanizmni  tashkil  etish, 

narxlar  monitoringini  takomillashtirish,  davlat  buyurtmalari  uchun  shartnoma 

shartlarining bajarilishi yuzasidan mas’uliyatni yanada oshirish, tenderdan tashqari 

savdolarning  xolisligini  ta’minlash  kabi  qator  masalalarni  ham  ilmiy-uslubiy 

jihatdan,  ham  amaliy  jihatdan  o‘rganish  davlat  xaridi  tizimini  boshqarishdagi 

islohotlarning dolzarbligini belgilab beradi. 

Davlat  xaridini  tashkil  etishning  yangicha  tamoyillarga  asoslangan  tizimi 

shakllantirilar  ekan,  tabiiy  ravishda,  bu  sohada  o‘z  yechimini  kutayotgan  qator 

muammolar mavjudligini ko‘rsatish mumkin. Jumladan: 

-  davlat  xaridi  tizimini  boshqarish  bo‘yicha  me’yoriy-huquqiy  bazani 

shakllantirish va takomillashtirish; 

-  davlat 

xaridiga 

yo‘naltirilgan 

byudjet 


xarajatlarini 

boshqarish 

uslubiyotidagi ayrim kamchiliklarni bartaraf etish; 

-  davlat  xaridini  amalga  oshiruvchi  va  uning  nazoratini  ta’minlovchi 

malakali kadrlarni etishtirish masalasi; 

-  davlat xaridini boshqarishning zamonaviy elektron tizimini  shakllantirish 

va rivojlantirish; 

-  kichik  va  xususiy  tadbirkorlikning  davlat  xaridi  tizimidagi  ishtirokini 

kengaytirish; 

-  davlat  xaridini  amalga  oshirishda  mamlakatimiz  miqyosida  davlat 

ehtiyojlari uchun tovarlar va xizmatlarni sotib olish uchun qilinadigan xarajatlarni 

optimallashtirish va boshqalar.  




12 

 

Davlat  xaridlarini  amalga  oshirishda  g‘aznachilik  tizimidan  foydalanishni 



kengaytirish  borasida  alohida  mexanizm  ishlab  chiqilishi  va  amalda  qo‘llanilishi, 

kichik  biznes  korxonalari  tomonidan  ishlab  chiqarilayotgan  mahsulotlarni  xarid 

qilish, ko‘rsatilayotgan ish va xizmatlarga doir davlat buyurtmalarini joylashtirish 

bo‘yicha  ochiq  elektron  tizimning  bosqichma-bosqich  joriy  etilishi  natijasida 

davlat byudjeti mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanishga erishiladi. 

Davlat  ehtiyojlari  uchun  xaridni  amalga  oshirish  mexanizmining  samarali 

bo‘lishi,  ko‘p  jihatdan,  davlat  xaridi  borasida  qaror  qabul  qilayotgan  davlat 

xizmatchilarining  malaka  darajasi,  professional  tayyorgarligi  va  haqqoniyligiga 

bog‘liq.  Ko‘pgina  davlatlarda  davlat  xaridi  bilan  shug‘ullanadigan  xodimlarni 

tayyorlash  va  malakasini  oshirish  bevosita  hukumatning  zimmasiga  yuklatilgan 

vazifa hisoblanadi. 

O‘zbekiston Respublikasi tomonidan yuqorida ko‘rsatilgan yo‘nalishlardagi 

kamchiliklarni bartaraf etishga katta e’tibor qaratilmoqda va davlat xaridini amalga 

oshirishda  qatnashuvchi  boshqa  subyektlar  ishtirokida  davlat  xaridi  jarayonining 

mexanizmlarini hamda uning huquqiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha faol ish 

olib borilmoqda. 

O‘zbekiston  Respublikasida  davlat  byudjetining  g‘azna  ijrosi  sharoitida 

davlat  xaridlarini  amalga  oshirish  jarayoni  mexanizmlarini  amaliyotga  joriy  etish 

bugungi kunda byudjet islohotlarining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. 

Davlat  xaridi  tizimini  boshqarishni  isloh  etish  kompleks  yondoshuvni  talab 

etmoqda.  Islohotlar  faqatgina  maxsus  qarorlar  qabul  qilish  va  davlat  xaridi 

bo‘yicha vakolatli agentlikni tashkil etish bilan chegaralanib qolmasdan, balki turli 

xil  davlat  organlari  o‘rtasida  hamkorlikda  harakatni  yo‘lga  qo‘yish,  ular  o‘rtasida 

vakolatlarni  taqsimlash,  tizimda  kuchlar  nisbatining  tengligini  ta’minlovchi  o‘z-

o‘zini boshqarish mexanizmlarini shakllantirishni talab etadi. 

Shunday  ekan,  respublikamizda  davlat  xaridi  tizimini  boshqarishni 

takomillashtirish,  uning  yaqin  va  uzoq  muddatli  strategiyalarini  shakllantirish 

hamda  ushbu  jarayonlarda  kichik  biznes  subyektlarining  ishtirokini  ta’minlash, 




13 

 

iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning hozirgi bosqichida yechimini kutayotgan 



dolzarb vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda. 


Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin