130
«hakamlar» rolini o‗ynaydilar.
Maktabda bir sinf doirasida yoki talabalar guruhida axloqiy-ma‘naviy
mavzuda bahs uyushtirganda, yuqoridagi usulni qo‗llash imkoniyati bo‗lsa,
suhbatdoshlarning
uchburchak shakldagi berk stol
atrofiga o‗tirishlari mumkin.
Demak, bahslashuvchilarning joylashishlari ham bu o‗rinda ma‘lum ahamiyat
kasb etadi.
Katta guruhlarda bahs yoki munozara uyushtirilganda, boshlovchining roli
ayniqsa kattadir. Chunki u har bir guruhdagi tortishuvlar va fikr
almashinuvlarning boshida turmog‗i kerak bo‗lsa,
ular faoliyatini maqsadga
muvofiq tarzda yo‗naltirib turmog‗i lozim. Kichik guruhdagidan farqli ularoq,
katta guruhlarda boshlovchi u yoki bu ichki guruhga yon bosmasligi, yoki ularni
o‗zining shaxsiy fikriga majburan ergashtirmasligi kerak. Aks xolda, u o‗zining
faoliyati bilan boshqalar tashabbusiga salbiy ta‘sir ko‗rsatishi va bahsning
yo‗nalishini buzib qo‗yishi mumkin. Shuning uchun katta guruhlar
uyushtiriladigan munozaraning mavzusi oldindan tanlangan va unga boshlovchi
ma‘lum ma‘noda tayyor bo‗lishi shart.
Munozaralar yuritishning
yana bir shakli borki, uning nomini rus tilida
«Mozgovaya ataka», inglizchasiga «Brain storming» deb ataladi. Bizning
tilimizda bu tushunchannig aniq analogik tarjimasi yo‗q, lekin uni «Miyaga
xujum» yoki «Fikrlar to‗qnashuvi», «Fikrlar jangi maydoni» deb atash mumkin.
Metodning psixologik mohiyati shundaki, oddiy munozarada bahslashuvchilar
ko‗proq ongli, asosli fikrlarni bayon etishga harakat qiladilar. Bunda esa,
bahslashuvchilarga miyaga qanday fikr qo‗yilib kelsa, uni tanqidsiz va asoslamay
erkin, «tilga nima kelsa», lekin navbatma-navbat aytish imkoniyati beriladi. Bu
narsa ko‗proq
muammo ancha notanish, savol murakkab, yoki noaniq bo‗lgan
sharoitlarda qo‗l keladi. Ya‘ni, bunda «erkin assotsiatsiyalar»ga imkon beriladi
va oxir oqibat guruhning o‗zi ma‘lum ratsional «mag‗izni» ajratib oladi.
Bu usulni birinchi marta amerikalik olim A.Osborn 30-yillardayoq taklif
etgan va bu usul yordamida yirik loyihalarni rejalashtirish va oldindan uning
natijalarini bashorat qilishda ma‘lum yutuqlarni qo‗lga kiritgan edi. Lekin
131
keyinchalik mutaxassislar
uni faqat nostandart, o‗ziga xos yechimi bo‗lgan
vazifalarni muhokama qilgandagina qo‗llash mumkin, degan fikrni bildira
boshladilar. Birok to‗g‗ri tashkil etilgan breyshtormingning amaliy afzalliklari
ko‗p. Faqat bunda quyidagi qoidalarga rioya qilish kerak:
1)
jumlalar juda qisqa bo‗lishi kerak, ularning asoslanishi shart emas;
2)
har qanday jumla yoki fikr tanqid qilinishi mumkin emas, ya‘ni fikrlar
tanqiddan xolidir;
3)
mantiqiy fikrlardan ko‗ra, fantastik yoki qo‗qqisdan, tasodifan miyada
paydo bo‗lgan fikr muhimroq;
4)
fikr yoki bildirilgan qisqa mulohaza qayd etiladi;
5)
bildirilgan fikr yoki g‗oyalar u yoki bu ishtirokchiniki, deb ajratilmaydi,
ya‘ni ular - muallifsizdir;
6)
fikr yoki yaxshi g‗oyalarni tanlash alohida «tanqidchilar» yoki
guruhnnig norasmiy liderlari tomonidan amalga oshiriladi.
Yuqoridagi ta‘kidlangan guruh katta bo‗lgan sharoitda
bahs uyushtirishda
ham generator, ya‘ni fikrlarni birlamchi jamlovchilarlarga ushbu usulda ishlashga
imkon berish tajribada yaxshi natija beradi. Chunki o‗tkazilgan tekshiruvlar va
ko‗plab sinov mashg‗ulotlarining ko‗rsatishicha, aynan shu guruhda
breynshtorming usulining qo‗llanilishi turli-tuman va qarama-qarshi fikrlarning
bayon etilishiga sharoit yaratadi. Aks xolda muhim muammolar bo‗yicha
munozarani boshlash va unda fikrlar rang-barangligiga erishish juda qiyin
bo‗ladi. Bu usul ayniqsa, kattalar auditoriyasida juda yaxshi samara beradi.
Bahsda ishtirok etish va undan manfaatdorlik hissi har bir ishtirokchida
shakllanishi shart va bunda boshlovchi - o‗qituvchining roli katta.
Amaliy
mashg‗ulotlarning bahs-munozara shaklida o‗tkazilishi bolalarga oldindan
aytilishi va ularning tayyorgarlik ko‗rishlari uchun savollar berilib qo‗yilishi
maqsadga muvofiqdir. Bahs ishtirokchilari hayajonlanmasliklari uchun
mashg‗ulot boshlanishidan avval ularning o‗zlarini erkin tutishlari uchun ayrim
Dostları ilə paylaş: