132
psixogimnastik mashqlarga quyidagilarni kiritish mumkin:
1) o‗qituvchi guruhni aylana shaklida turishlarini so‗raydi va a‘zolarni
navbatma-navbat o‗rtaga chiqib, guruh bilan xohlagan tarzda,
lekin samimiy
salomlashishni so‗raydi. Keyin guruhdan kimning salomi ko‗proq yoqqanini
so‗raydi;
2) guruh a‘zolari o‗qituvchi atrofida yarim aylana shaklida turishadi.
Navbat bilan guruh a‘zolari o‗rtaga chiqib, xoxlagan a‘zo bilan so‗zsiz, lekin
ochiq yuz bilan mimika vositasida salomlashish va biror fikrni bildirishi so‗raladi;
3) hamma doira shaklida o‗tiradi va o‗qituvchi olib kelgan koptok navbat
bilan muloqot katnashchilariga otiladi, faqat kimga otilsa, o‗sha odamning kuchli,
yaxshi
bir sifati aytilib, so‗ngra yana otiladi. O‗qituvchi koptokning albatta har
bir kishiga tegishini nazorat qiladi.
Bu kabi mashqlar munozara qatnashchilari o‗rtasida o‗zaro tanglikning
bo‗lmasligi va o‗z fikrini bayon etayotganda o‗qituvchidan tortinmasligi uchun
o‗ziga xos trening hisoblanadi.
O‗qituvchi
munozarani boshlar ekan, ishtirokchilar ongiga quyidagilarni
yetkaza olishi kerak:
a) mashg‗ulot har bir ishtirokchiga albatta foydali bo‗ladi va ular bir-
birlariga yordam berish uchun kelganlar;
b) munozara o‗zaro muloqotning bir shakli bo‗lib, har bir ishtirokchi bir-
biriga ochiq va samimiy munosabatda bo‗lsin;
c) munozara ishtirokchilarining o‗zaro tajribalarini
almashinishlari uchun
qulay sharoitdir;
d) fikr bayon etishda kerak bo‗lsa tavakkal qilaylik, lekin indamaslik
shiorimiz bo‗lmasin;
e) munozara paytida ko‗p yozish shart emas;
f) agar biror narsa tushunarli bo‗lmasa, uni so‗rashdan tortinmang;
g) bilgan bilimlarimizni bir-birimizdan ayamaymiz, chunki boshqalar ham
bundan manfaatdor bo‗lsinlar, «yashiringan bilim - bilim emas»
ligini
unutmaylik!
133
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, bugungi kunda ta‘limda zamonaviy
didaktika va ta‘lim tarkiblarining samaradorligini oshirish imkoniyatlari,
yangi
g‗oya va texnologiyalarning ilmiy ishlab chiqilishi va amaliy asoslanishi
qo‗llanilmoqda. Zamonaviy texnologik mutaxassis bo‗lish uchun ta‘lim
texnologiyalarining barchasini, shu jumladan pedagogik komponentlarini chuqur
o‗rganib, tahlil qilish lozim.
Pedagogik lug‗atda pedagogik texnologiya tushunchasiga turli xil yo‗llar
bilan yondashilgan, shuning uchun bizning tushunchada pedagogik texnologiyalar
har xil mualliflarning ta‘riflarini umumlashtiruvchi sermazmun yig‗imdir.
Pedagogik
texnologiya
ko‗proq sifatli natijaga erishishga qaratilgan.
qo‗llanadigan pedagogik texnologiya natijasi esa, birinchi navbatda, pedagogning
mahoratiga, pedagogik klassifikatsiya turlaridan mohir foydalana olishiga, ilmiy-
kasbiy tajribasiga, shaxsiy xususiyat hamda insoniy fazilatlariga bog‗liq.
A
uditoriya bilan ishlashning ijtimoiy psixologik shartlari, o‗quv faoliyatini
samarali bo‗lishi uchun faol o‗qitish metodlari va ularni tashkil etish usullarini
bilish muhim bo‗lib, yangi pedagogik va didaktik texnologiyalarni joriy etishning
o‗z psixologik qonuniyatlari mavjud. Dars mobaynida munozara, breynshtorming
va treninglarni o‗tkazish, dars samarasini oshiradi.
Har qanday muammoni
yechish uchun qo‗llash mumkin bo‗lgan bahs turlari va asosan yozma bahsni
o‗tkazish qoidalari bor. ―Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi‖ va ―Ta‘lim
to‗g‗risidagi Qonun‖da o‗qitishning yangi texnologiyalari va o‗qituvchi-pedagog-
psixologlarga qo‗yilgan yangi talablar ham ta‘lim sifatini oshirishga, ham
o‗qituvchining kasb mahoratini yuksak bo‗lishiga xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: