138
artistlar, rassomlar va boshqa kishilarimizga nasliy yo‗l bilan berilgan barcha
imkoniyatlarning ro‗yobga chiqishi uchun har qanday sharoit maydonga
kelganligining
dalili bo‗la oladi.
Bolalar maktab yoshiga yetgach, shaxs shakllanishining yangi mazmuni
boshlanadi, Kichik maktab, o‗smirlik va katta maktab yoshi davrlarida shaxs
shakllanishining yuqori bosqichi namoyon bo‗ladi.
Inson shaxsini o‗rganish masalasi bilan falsafa, psixologiya, pedagogika kabi
fanlar shug‗ullanadi. Hozirgi davrda inson muammosi aniq va gumanitar
fanlarning umumiy tadqiqot ob‘ektiga aylanib bormoqda. Shunga qaramasdan, bir
tomondan, insonni o‗rganishda differensiatsiya hodisasi yuz bermoqda, ikkinchi
tomondan, inson taraqqiyotining sintetik tavsifi bo‗yicha integratsiya holati ko‗zga
tashlanmoqda. Inson bir qator fanlarning tadqiqot ob‘ektiga ekanligini to`liq tarzda
tasavvur etishi uchun uni biosotsial va sotsiobiologik jihatdan o‗rganish maqsadiga
muvofiq ish yuritishi lozim. Ma‘lumki, inson hayoti va faoliyatining operatsional
(o‗quv, operatsiya, harakat, malaka) mexanizmi uning ontogenezida funksional
mexanizmga o‗sib o`tadi, binobarin, unda komillik belgisi shakllanadi, natijada u
kamolot cho‗qqisining muayyan darajasiga erishadi.
Inson - jamiyat - tabiat - turmush munosabatlarini tekshirgan rus olimlari
S.L.Rubinshteyn, L.S.Vigotskiy, A.N.Leont`ev, B.G.Ananev odamning ular bilan
har xil turdagi va ko‗rinishdagi strukturaviy, funksional, fazoviy va makoniy
aloqalar tizimi mavjudligini ta‘kiddab o‗tganlar.
Dostları ilə paylaş: