72
Organizmda suyuqliklarning aralashuvi (u qonning ko‘pligi bilan
xarakterlanadi) sangvinik temperament deb ataldi (lotin tilidagi “sangvis”-qon
so‘zidan); limfa ko‘p bo‘lganda flegmatik temperament (grekcha “flegma”-
shilimshiq parda degani); sariq o‘tning ko‘payganini xolerik temperament (grek
tilidagi “xole”-o‘t so‘zidan) va nihoyat, qora o‘t ko‘p bo‘lgan melanxolik
temperament deb (grekcha “meloyna xole”-qora o‘t) ataladi.
Antik fan yaratgan temperamentning organik asosi to‘g‘risidagi ta’limot
hozir faqat tarixiy jihatdan qiziqish uyg‘otadi, xolos.
Kishining temperamenti qanaqaligi haqidagi tasavvur odatda shu shaxs
uchun xarakterli bo‘lgan ayrim psixologik xususiyatlar asosida vujudga keladi.
Har bir kishining o‘z temperamenti bo‘ladi. Lekin har qaysi odamning
temperamentlarida mana shunday individual tafovutlar bo‘lishi bilan birga, bu
temperamentlarning umumiy, o‘xshash belgi va alomatlari ham bo‘ladi. Hamma
xilma-xil temperamentlarni mana shunday umumiy belgilariga qarab ajratish,
ya’ni klassifikatsiya qilish mumkin.
Barcha temperamentlarni qadimdan to‘rt tipga: 1) xolerik, 2) sangvinik,
3) melanxolik va 4) flegmatik temperamentga ajratish rasm bo‘lgan.
Dostları ilə paylaş: