Kasbiy psixologiya



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/54
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#205585
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   54
Касбий психология Ўқув қўлланма (1)

temperament
-
 
shaxs faoliyati va hulqining dinamik (o‘zgaruvchan) va 
emotsional-hissiy tomonlarini xarakterlovchi individual xususiyatlar majmuidir. 
Temperament - insonning turli vaziyatlarda narsa, hodisa, holat va 
insonlarning hatti-harakatlariga nisbatan reaksiyasini tushuntirib beruvchi 
xususiyatlari majmuidir. 
Temperament xususiyatlari shaxsning ichki - biologik, psixofiziologik 
tuzilmasi bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, ularning namoyon bo‘lishi uning aniq bir 
vaziyatlarga munosabatini, ekstremal vaziyatlarda o‘zini qanday tutishini belgilab 
beradi. Masalan, inson turli vaziyatlarda o‘zini turlicha tutadi: talabalar safiga 
qabul qilinganligi to‘g‘risidagi axborotni eshitgan bolaning o‘zini tutishi, yoki 
hayotning og‘ir sinovlari (yaqin kishisining o‘limi, ishdan haydalishi, do‘stining 
xoinligi kabi) paytida odam beixtiyor namoyon qiladigan reaktsiyalari uning 
temperamentidan kelib chiqadi. Shuning uchun ham ikkala vaziyatni ham kimdir 
og‘ir - bosiqlik bilan, boshqasi esa o‘zini yo‘qotgudek darajada his - hayajon bilan 
boshdan kechiradi. Shuning uchun ham temperamentning shaxs shakllanishi va 
ijtimoiy muhitda o‘ziga xos mavqeini egallashidagi ahamiyati juda katta. 
Temperamental xususiyatlar aslida tug‘ma hisoblansa-da, shaxsga bevosita 
aloqador va anglanadigan bo‘lgani uchun ham ma’lum ma’noda o‘zgarib boradi. 
Shuning uchun ham tug‘ilgan chog‘ida sangvinikka o‘xshash harakatlar namoyon 
qilgan bolani umrining oxirigacha faqat shundayligicha qoladi, deb bo‘lmaydi. 
Temperament lotincha «temperamentum» degan so‘zdan olingan bo‘lib, uning 
ma’nosi «aralashma» demakdir. 


70 
Temperament deganda biz, odatda, kishining tabiiy tug‘ma xususiyatlari 
bilan bog‘liq bo‘lgan individual xususiyatlarini tushunamiz. 
I.P.Pavlov temperamentni quyidagicha ta’riflaydi. «Har bir ayrim kishining 
va shuningdek, har bir ayrim hayvonning ham eng umumiy xarakteristikasidir, har 
bir individning butun faoliyatlariga muayyan qiyofa beradigan nerv sistemasining 
asosiy xarakteristikasidir». (Polnoe sobranie sochineniy, III tom, 2-kitob, 103-bet).
Temperament, psixologik jihatdan olganda, kishidagi hissiyotning 
qo‘zg‘alishlarida va kishidagi umumiy harakatchanlikda ko‘rinadigan individual 
xususiyatdir.
Har qaysi kishidagi hissiyotning qo‘zg‘alish tezligi, kuchi va barqarorligi 
har xil bo‘ladi. Bir xil odamlarning hissiyoti tez, kuchli qo‘zg‘aladi va barqaror 
bo‘ladi. Ba’zi kishilarda esa bunday qo‘zg‘alish sust, zaif bo‘lib, uzoqqa 
bormaydi. Temperamentning bunday xususiyatlari kishidagi hissiyotning 
qo‘zg‘alishlari bilan birga, organizmning atrofdagi muhit ta’siriga javoban 
ko‘rsatadigan ixtiyorsiz reaksiyalarida ayniqsa yaqqol ko‘rinadi. Bu xususiyatlar 
tashqi tomondan kishining mimikalarida, pantomimikalarida, har xil beixtiyor ish-
harakat va imo-ishoralarida ko‘rinib turadi. Kishi hissiyotining bunday 
qo‘zg‘aluvchanlik xususiyatlari diqqatning kuchi va barqarorligida, iroda 
sifatlarida, aqliy jarayonlar, jumladan, nutq tezligida aks etadi. Mana shunday 
ixtiyorsiz faollikning qanday yuz berishiga qarab, bir xil odamlarni «tez», 
«betoqat», «serg‘ayrat», «jo‘shqin» deymiz. Ba’zilarini esa «sustkash», 
«lapashang» va hokazolar deb yuritamiz. Bu xildagi individual xususiyatlardan 
kishining temperamenti (mijozi) tarkib topadi. 
Ayrim temperamentlarning alomatlari kishining bolalik chog‘larida 
yaqqol namoyon bo‘ladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin