74
kirishmaydilar, lekin qandaydir ish yoki bir o‘yin boshlasalar,
bunda chidam va
matonat ko‘rsatadilar.
Flegmatik temperament
- hissiyotning juda sekin, kuchsiz qo‘zg‘alishi va
uzoq davom etmasligi bilan farq qiladi. Flegmatik temperamentli kishilar
hissiyotlarining tashqi ifodasi kuchsiz bo‘ladi. Bu xil temperamentli odamlarni
xursand qilish, xafa qilish yoki g‘azablantirish ancha qiyin.
Flegmatiklarning psixik jarayonlari sust bo‘ladi.
Bu xil temperamentli
odamlar nihoyat og‘ir, yuvosh, bosiq, harakatlari salmoqli bo‘ladi. Agar bir
faoliyatga kirishsalar, uni qat’iyat bilan davom ettiradilar.
Flegmatik temperamentli bolalar yuvosh, mo‘min qobil bo‘ladi. Ular
ko‘pchilikka
aralashmaydigan, tortinchoq va hech kimga tegmaydigan, birovni
ranjitmaydigan bo‘ladilar. Agar birov ular bilan urish chiqarmoqchi bo‘lsa, o‘zlarini
chetga olishga harakat qiladilar.
Ular shovqin - suronli, harakatli o‘yinlarga moyil
bo‘lmaydilar. Bu xil temperamentli bolalar jizzaki bo‘lmaydilar va odatda ular o‘yin
- kulgilarga moyil emaslar.
Flegmatik temperamentli kishilar (bolalar) tashabbus ko‘rsatishga moyil
bo‘lmaydilar, lekin ular faoliyatini yo‘lga qo‘yilsa, ancha qunt bilan ish ko‘radilar,
yaxshi o‘qib ketishlari mumkin.
Dostları ilə paylaş: