77
chuqurligi va barqarorligi, emotsional jihatdan sezgirlik
melanxolikning qimmatli
fazilatlari hisoblanadi. Biroq bu tip vakillarida tegishli tarbiyaviy ta’sirlar
yetishmagan taqdirda o‘zlarining shaxsiy kechinmalariga butunlay berilib ketish,
ortiqcha uyatchanlik rivojlanishi mumkin.
Shunday qilib, temperamentning aynan bir xil boshlang‘ich xususiyatlari
ularning qanday - ijobiy yoki salbiy tomonga rivojlanishini
oldindan belgilab
bermaydi. Shuning uchun tarbiyachining vazifasi bir xildagi temperamentni
boshqasiga o‘zgartirishga urinib ko‘rishdan iborat bo‘lmasligi kerak (bu mumkin
ham emas), balki muntazam ish olib borish yo‘li bilan
har bir temperamentning
ijobiy tomonlari rivojlanishiga ko‘maklashish va ayni paytda ushbu temperament
bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin bo‘lgan salbiy jihatlardan holi bo‘lishga yordam
berishdan iboratdir.
Faqat tarbiyalanmaganlik natijasi hisoblangan narsani temperament hisobiga
o‘tkazmaslik kerak. Masalan, xulq-atvorda sabr-toqat va o‘zini tuta bilmaslikning
yo‘qligi xolerik temperamentini bildirmaydi albatta, u har qanday temperamentda
ham aynan tarbiyada yo‘l qo‘yiladigan kamchilikning oqibati bo‘lishi mumkin.
Maktabda o‘quvchi jur’atsiz, deyarli o‘zini eplay olmaydigan bo‘lib ko‘rinishi, o‘ta
melanxolik tipdagi
odamning tasavvurini berishi, lekin amalda unday bo‘lmasligi
mumkin. Masalan, uning xulq-atvoriga o‘quv predmetlaridan orqada qolib
ketganligi ta’sir etgandir.
Dostları ilə paylaş: