92
qiziqishlari nuqtai nazaridan («prokurorlikka qiziqaman, demak, yurist bo‘lishim
kerak»), keyin uning qobiliyatlari nuqtai nazaridan («matematikani oson
yechaman, matematik yoki muhandis bo‘lsammikan?») va nihoyat, o‘smirdagi
qadriyatlar tizimidagi ahamiyatiga qarab («nochor kasallarga yordam bergim
keladi, vrach bo‘laman») toifalarga bo‘linadi va ajratiladi.
To‘rtinchi bosqich: amaliy qaror qabul qilish - kasbni tanlash. Bunda ikkita
muhim jihat bor: konkret ixtisoslikni uning kvalifikatsiyasi xususiyatlari, ishning
hajmi, og‘irligi, mas’uliyatliligi va unga yetarli tayyorgarlikning borligi. Lekin
oxirgi sotsiologik ma’lumotlarga ko‘ra, oliy o‘quv yurtini tanlash, konkret kasb-
hunarni tanlashdan oldinroq yuz bermoqda. Masalan, o‘spirin qiz «Men baribir
Nizomiy nomli universitetga kiraman», deydi va so‘ngra konkret fakultet
tanlanadi. Shuning uchun ham ko‘pincha, ixtisoslikdan, keyinchalik professiyadan
«sovib qolish»lar ana shunday ustanovkalar bilan tushuntiriladi.
Bundan tashqari, kasb tanlashga ta’sir qiluvchi yana boshqa omillar ham
borki, ularning hisobga olinishi ham ba’zan yoshlarning to‘g‘ri, o‘z imkoniyatlari
va qobiliyatlariga mos kasb - hunarning tanlanmasligiga sabab bo‘ladi. Masalan,
bunday omillarga oilaning moddiy shart - sharoiti, o‘qish joyining uydan uzoqligi,
o‘quv tayyorgarligining saviyasi, emotsional yetuklik, sog‘liqning holati va
boshqalar.
O‘zbekiston Respublikasida kadrlar tayyorlash Milliy dasturining 1997 yilda
qabul qilinishi birinchi Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, mustaqil fikrlaydigan,
yuksak malakali kadrlar tayyorlashga xizmat qiladi. Joylarda tashkil qilinayotgan
kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar, viloyatlar markazlari va Toshkent
shahrida tashkil etilgan Tashxis markazlari 9-sinfni tamomlagan yoshlarning
iqtidori va layoqati, qiziqishlarini o‘z vaqtida aniqlash, uni psixologik metodlar
yordamida diagnostika qilishni amalga oshiradi. Bu tadbirlar yoshlardagi kasb-
hunarga bo‘lgan yo‘nalishni adekvat qilish, o‘z yashash joyidan uzoq bo‘lmagan
sharoitda zarur, o‘z layoqatiga mos hunar egasi bo‘lib yetishishiga yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: