95
kutishlariga zid ish qilsa, bu holat juda qattiq ruhiy iztiroblarni keltirib chiqaradi.
Shuning uchun ham har bir yosh o‘z do‘stini hafa qilib qo‘ymaslik, uning
ko‘ngliga qarab ish qilishga harakat qiladi. Agar ilk o‘spirinlikda do‘stlik
mazmunan
ancha yuzaki, bevosita muloqot maqsadlari asosida tashkil etilgan
bo‘lsa, yosh o‘tgan sari u hayot mazmuni va yuksak qadriyatga aylanib boradi.
Sevgi.
Agar do‘stlik attraksiya namoyon bo‘lishining birinchi ko‘rinishi
bo‘lsa, sevgi qalblar yaqinlashuvining muhim alomatidir.
Sevgi
- bu nafaqat
hissiyot, balki boshqalarni seva olish qobiliyati hamda sevimli bo‘la olishdir.
Shuning uchun ham o‘smirlar va o‘spirinlar uchun bu hissiyotning borligi juda
katta ahamiyatga egadir. Aynan o‘smirlir va ilk o‘spirinlikdagi sevgi beg‘ubor,
tiniq, samimiy bo‘lib, yosh o‘tgan
sari uning mazmuni boyib, boshqa qadriyatlar
ham o‘rin egallay boshlaydi. To‘g‘ri, o‘smir bilan o‘spirin sevgisida ham sifat
farqlari bor. Masalan, o‘smirlar bir-birlariga mehr qo‘yishganda ko‘proq
sheriklarning tashqi qiyofalari, intellektual imkoniyatlari
va ijtimoiy mavqelariga
e’tibor beradilar. Haqiqiy sevgi o‘spirinlik yillarining oxirlarida paydo bo‘lib,
uning asosiy mezoni endi tashqi belgi va afzalliklar emas, balki insoniy fazilatlar
bo‘lib xizmat qiladi.
Sevgi - bu shunday tuyg‘uki, u bir shaxsning ikkinchi shaxs ustidan mutloq
ustunligi yoki afzalligini inkor etadi. Bunday hissiyot esa sevgi bo‘lmaydi.
Shuning uchun ham o‘spirinlik yoshidagi yigit va qizlar guruhda muloqotda
bo‘lishni va bunda teng huquqli munosabatlar bo‘lishini xohlaydilar.
Bu talab
sevishganlar uchun ham qonun hisoblanadi. Do‘stlikdan farqli, bu yerda turli
ko‘rinishlar yoki turlarni ajratish mumkin emas. Bu hissiyot shundayki, u
tomonlarni faqat ahloqan va ma’naviy jihatdan yaqin bo‘lishini taqozo etadi.
Sevgan yurak ma’naviy jihatdan yaxshi, ulug‘ va
ijtimoiy jihatdan manfaatli
ishlarni qilishga qodir bo‘ladi. To‘g‘ri, ko‘pchilik ota-onalar o‘quvchilik yillarida
paydo bo‘lgan sevgi hissidan biroz cho‘chiydilar, uni cheklashga, hattoki, qizlarga
ta’qiqlashni ham afzal ko‘radilar. Lekin aynan shu hisning borligi yoshlarni
ulug‘vorroq, samimiyroq, har narsaga qodir va kuchliroq qiladi. Sevgida «ishi
yurishmaganlarning» esa boshqa sohalarda ham ishi yurishmaydi. Ular o‘zlarini
96
tushkun, baxtsiz, omadsiz hisoblaydilar.
Olimlar sevgining yoshlarda namoyon bo‘lishi va uning psixologik tahlilini
o‘rganishgan. Ma’lum bo‘lishicha, sevgining dastlabki bosqichi - o‘zaro yoqtirib
qolish -
Dostları ilə paylaş: